G’ofurjon Abdurahmonov のテレグラム投稿

Andijon shahar hokimi
Governor of Andijan city
Governor of Andijan city
5,176 人の購読者
4,592 枚の写真
196 本の動画
最終更新日 10.03.2025 19:23
類似チャンネル

43,186 人の購読者

3,641 人の購読者

1,550 人の購読者
G’ofurjon Abdurahmonov によってTelegramで共有された最新のコンテンツ
Infografikada bayramni bayram demasdan ishlaydigan tashkilot va tezkor xizmatlar ro‘yxati bilan tanishing.
ANDIJON AXBOROTI | YANGI YIL BAYRAM TADBIRI. ANDIJON SHAHRI
📱 Telegram I 📱 Instagram I 📱
Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘li qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.
"Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30-yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir”, dedi Prezident.
Aytilishicha, Koshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.
Ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib berish masofasi va muddati bir necha ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yo‘lovchilarni muntazam tashishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kelgusida ushbu temir yo‘l liniyasi Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi.
Davlatimiz rahbari joriy yil 11-noyabr kuni Falastin muammosiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari arab-islom sammitida ishtirok etib, tinchlikka eltuvchi bir nechta xayrli tashabbuslarni ilgari surgan edi. Jumladan, Prezidentimiz Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, urushda jabrlangan bir guruh falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini ta’kidlagandi.
"Ming-minglab begunoh bolalar, ayollar va keksalar o‘limiga sabab bo‘layotgan bu vayronkor va mudhish hujumlar insoniyat yangi tarixining eng qora sahifasiga aylanmoqda. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari, maktab va shifoxonalar, masjidlar, butun boshli shaharlar yo‘q qilib tashlanayotgani, millionlab tinch aholi boshpanasiz qolib, ocharchilik va kasalliklarga mahkum bo‘layotganini iztirobsiz kuzatish mumkin emas. Urushdan jabr ko‘rgan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekistondagi klinikalarda bepul davolashga tayyor ekanimizni bildiramiz", degan edi O‘zbekiston Prezidenti.
Ushbu xayrli tashabbus ortidan kecha O‘zbekiston tomonidan Toshkent-Misr-Toshkent yo‘nalishida maxsus yo‘lovchi charter reys amalga oshirildi. Mamlakatga 100 nafar urush hududlarida aziyat chekkan falastinlik bolalar va ayollar olib kelindi. O‘zbekistonga kelgan bemor bolalar va ayollar, ularga hamrohlik qiluvchilar endilikda davlat tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va sog‘lomlashtirish sihatgohlariga joylashtiriladi. Ularning hayotga to‘laqonli moslashuvini ta’minlashga ko‘mak beriladi.
Bayram kunlari:
1-yanvar – Yangi yil.
8-mart – Xotin-qizlar kuni.
21-mart – Navro‘z bayrami.
31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr).
9-may – Xotira va qadrlash kuni.
7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha).
1-sentyabr – Mustaqillik kuni.
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
8-dekabr – Konstitutsiya kuni.
Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov Turkiyalik investorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yil 2-chorakda 5 mln AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirishga erishildi.
📱 Telegram I 📱 Instagram I 📱
Facebook
Uchrashuv davomida hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yil 2-chorakda 5 mln AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirishga erishildi.