FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal @farstataxborot Channel on Telegram

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

@farstataxborot


Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi

Web saytimiz : www.farstat.uz
Facebook: facebook.com/farstataxborot

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal (Uzbek)

Farstat Axborot xizmati rasmiy kanali Farg'ona viloyati statistika boshqarmasining Telegram kanalidir. Bu kanal orqali Farg'ona viloyati statistik ma'lumotlarini hamda so'nggi yangiliklarni o'z ichiga olgan holda olishingiz mumkin. Farstat Axborot xizmati kanali o'zining web sayti www.farstat.uz va Facebook sahifasi facebook.com/farstataxborot orqali ham foydalanuvchilarga eng so'nggi va eng to'liq ma'lumotlarni taqdim etib kelmoqda. Farg'ona viloyati haqida statistik ma'lumotlarga ega bo'lish, so'nggi ijtimoiy taraqqiyotlar va yangiliklar bilan tanishing! Siz ham Farstat Axborot xizmati rasmiy kanaliga a'zo bo'ling va eng sara joylashtirilgan ma'lumotlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:57


💥Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga bajarilgan qurilish ishlari hajmi 8,2 % ga o‘sdi

🏢2024-yilning yanvar–noyabr oyida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi 3 288,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish davriga nisbatan 108,2 %ni tashkil etdi.

👇 Shundan yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:
🟣Farg‘ona shahri –7 622,3 ming so‘m
🟠Marg‘ilon shahri – 4 783,7 ming so‘m,
🟣Quvasoy shahri - 2965,4 ming so‘m qayd etildi.


Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:44


💥Farg‘ona viloyatida 11 oyda qancha tayyor kiyim ishlab chiqarildi?

🏢2024-yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 7,0 %, fizik hajm indeksi 137,3 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 2937,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:41


🏭Farg‘ona viloyati to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati raqamlarda

🏢2024-yilning yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 23,6 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 107,7 % ga o‘sgan holda ishlab chiqarish hajmi 9855,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:37


💥Uylarni raqamlashtirish – dolzarb masala

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ichki ishlar xizmatini yaxshilash, favqulotda vaziyatlar holatida ishlarni tashkil etishda manzillarni tez va to‘g‘ri topib borishda uylarni raqamlanganligi va ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi alohida o‘rin tutadi. Shu bois Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan, mazkur bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov tomonidan Furqat tumani “Shoyimbek” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:33


🏗Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarida eng yuqori ulush qaysi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda?

🏢2024-yil yanvar-noyabr oylari holatiga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar e’lon qilindi.

👇Unga ko‘ra:
♻️Farg‘ona shahri - 1886,2 mlrd so‘m
♻️Qo‘qon shahri - 445,4 mlrd so‘m
♻️Marg‘ilon shahri - 443,3 mlrd so‘m ga to‘g‘ri keldi.


Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 10:41


📌Quva tumanining umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi hajmi qanchaga yetdi?

🏢2024-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Quva tumanining chakana savdo aylanmasi hajmi 1 223,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 📊O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,8 % ni tashkil etdi.

⬇️Shundan:
🍱Uyushmagan savdo aylanmasi – 189,8 mlrd so‘m
🍽Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 25,3 mlrd so‘m
🚌Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 16,9 mlrd so‘m
♻️Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 96,2 mlrd so‘m

⬇️
Bundan tashqari:
👫Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi – 4 409,0 ming so‘m ga to‘g‘ri keldi.


Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 10:30


📌 “Xo‘jamag‘iz” MFYda uylarni raqamlashtirish yuzasidan o‘rganish jarayonlari o‘tkazildi

Joriy yilning 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorida aholini ro‘yxatga olishga doir vazifalarni bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limiboshlig‘i A.Abdurazakov ishtirokida Farg‘ona shahroga qarashli “Xo‘jamag‘iz” MFYning yangilangan sxematik xaritalarini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida ko‘cha nomi belgilarini ilish, xonadonlarning tartib raqamlarini to‘liq shakillantrish, aholi sonini aniqlash va raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 10:24


🛍Beshariq tumanida chakana savdo aylanmasi hajmi 8,2 % ga o‘sdi

🏢2024-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Beshariq tumanining chakana savdo aylanmasi hajmi 928,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 📊O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,2 % ni tashkil etdi.

⬇️Shundan:
🍱Uyushmagan savdo aylanmasi – 253,3 mlrd so‘m
🍽Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 19,7 mlrd so‘m
🚌Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 5,1 mlrd so‘m
♻️Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 238,4 mlrd so‘m


⬇️Bundan tashqari:
👫Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi – 3 800,3 ming so‘m ga to‘g‘ri keldi.


Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 10:16


🏗Marg‘ilon shahrida yirik qurilish tashlotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari qanchani tashkil etdi?

🏢2024-yilning yanvar-noyabr oylari holatiga yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami yirik qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Marg‘ilon shahriga 643,2 mlrd so‘m, yoki umumiy hajmga nisbatan 28,6 % ga to‘g‘ri keldi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 10:07


💥Bag‘dod tumanida mahallalar kesimida xonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 6-yanvar kuni Bag‘dod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Mahmudjonov tomonidan bag‘dod tumaniga qarashli “Maylaboy” mahalla fuqarolar yig‘inida yuqoridagi ishlar amalga oshirildi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 07:14


🏗Mulkchilik shakli davlat va nodavlat bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari

🏢Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 291,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 13 165,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 2,2 % va 97,8 % ni tashkil etdi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 07:01


🇦🇫Farg‘ona viloyati Afg‘oniston Respublikasiga qancha tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirdi?

🏢2024-yil yanvar-sentabr holatiga Farg‘ona viloyati Afg‘oniston Respublikasiga jami eksport hajmi 40, 9 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

👇Yillar kesimida tahlil qilinganda:
♻️2017 – 15,3 mln AQSh dollari
🟣2018 – 4,0 mln AQSh dollari
♻️2019 – 15,5 mln AQSh dollari
🟣2020 – 16,5mln AQSh dollari
♻️2021- 36,6 mln AQSh dollari
🟣2022 – 46,3 mln AQSh dollari
♻️2023 – 53,1mln AQSh dollariga to‘g‘ri keldi.


Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

06 Jan, 06:37


🏗Qurilish ishlarining umumiy hajmida norasmiy sektorning hajmi qanchani tashkil etdi?

🏢Viloyatda norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining ulushi 32,5 % ni tashkil etdi yoki 4 373,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 111,9 % ni tashkil etdi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

31 Dec, 02:19


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍2024-yil 1-dekabr holatiga Yoshlar uchun ajratilgan dehqon xo‘jaliklari hamda ularni Kadastr idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazilish holati to‘g‘risida ma'lumot.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

31 Dec, 02:19


Saida Mirziyoyeva Afro’za Hamdamovani rapid bo‘yicha jahon chempionatidagi ulkan yutug‘i bilan tabrikladi

"Atigi 15 yoshida u musobaqaning haqiqiy sensatsiyasiga aylandi, dunyo reytingining Top-20 taligiga kirdi va iqtidor hamda mehnatning chegarasi yo‘qligini isbotladi.

Barakalla, Afro‘za! Sen xalqimizning faxrisan! 🇺🇿", deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

@daryo_live

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

29 Dec, 13:41


#yangiliklar

Yaqinlariga qarab turgan 15 ming nafar aholining ishlashiga sharoit yaratiladi


🧠 Mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 ming nafariga uyida va 4 ming nafariga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi.

🏃 Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholinining ishlashiga sharoit yaratiladi.

Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.

🧮 "Ijtimoiy daftarlar mablag‘ining 30 foizini tuman hokimlariga “Inson" markazlari bilan mahalladagi uy-joy, yo‘l, suv va elektrni yaxshilash uchun ishlatishga ruxsat beriladi.

😮 Ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirish amaliyotidan voz kechiladi. Ularga o‘zini mahallasiga yaqin joydagi uyni ijaraga olishga ruxsat beriladi, xarajatlar davlat tomonidan to‘lab beriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

28 Dec, 16:37


2024-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan va bugun yaxshi an’anaga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Xo‘sh, ushbu loyiha doirasida 2024-yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi? Shu mavzu bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bosh mutaxassisi Aqlbek Normirzayev bilan suhbatlashdik.

💻- https://aniq.uz/uz/y/277417/t
📱- https://m.aniq.uz/uz/y/277417/t

Ko‘proq 👉 @aniquzbek

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

27 Dec, 11:10


https://telegra.ph/Yangi-qonunchilik-hujjatlari-organilmoqda-12-27-2

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

27 Dec, 10:19


💥Elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash

🏢Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2 548,9 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,1 % ini) tashkiletadi. 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 507,8 mlrd so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

27 Dec, 10:15


📚Viloyatimizda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlari qanchani tashkil etdi?

🏢2024-yilning yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 551,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 📊Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,3 % ni tashkil etdi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

27 Dec, 08:03


💥Qo‘shtepa tumanida mahallalar kesimida xonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

Hammamizga ma’lum mamlakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 27-dekabr kuni Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i M.Axrorov tumandagi “Katta Beshkapa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari bilan hamkorlikda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qanday olib borilayotganligi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi raqamlanmagan xonadonlarga kirib, xonadon egalariga uylarni raqamlashtirish bo‘yicha hamda nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati yuzasidan ko‘cha boshilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

16 Dec, 12:59


📌Sanoat sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar

Sanoat – iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 17,4 foiz ulushini tashkil etdi. 2024-yilning 1-dekabr holatiga sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 6 611 taga yetdi. Shundan – 94,6 foizini ishlab chiqarish sanoati, 2,6 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 1,8 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash va 1,0 foizini suvbilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tashkil etgan.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

16 Dec, 12:54


📌“Shodiyona” MFYda muhim tadbirga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 16-dekabr kuni mazkur bo‘lim bishlig‘I A.Abdurazakov tomonidan Farg‘ona shahriga qarashli “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

16 Dec, 12:49


💥Rishton tumanining tashqi savdo aylanmasi raqamlarda

🏢2024-yil yanvar-oktabr oylariga Rishton tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 13,5 mln AQSh dollariga yetdi.

👇Shundan:
✈️Eksport – 8,5 mln AQSh dollari
🛩Import – 5,0 mln AQSh dollari miqdorida qayd etildi.


Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

16 Dec, 12:39


📌Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi tomonidan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 16-dekabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi tomonidan "4 invest (asosiy)" hisobotini taqdim etish tartibi yuzasidan yirik va kichik tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda shahar, tuman statisika bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i L. Yefimova ishtirok etib, hisobot topshiruvchi respondentlarga hisobotda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni to‘g‘ri, sifatli va shaffofligini ta’minlagan holda ma’lumotlarni kiritish, kutilayotgan chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlarni xato va kamchiliklarsiz taqdim etilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

16 Dec, 12:12


🌾Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar

🏢Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi, xo‘jalik yuritish jarayonida yuridik shaxs huquqiga ega xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. 2024-yilning 1-dekabr holatiga Farg‘ona viloyatida mazkur sohada 1 436 ta korxona va tashkilotlar tashkil etdi.

👇Hududlar bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning eng ko‘p qismi:

🟣So‘x t - 8,3 foiz
🟣Farg‘ona t -7,9 foiz
🟣 Yozyovon t - 7,7 foiz korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.


Facebook ▪️ Telegram▪️ Web sayt▪️ Youtube

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Вилоят ҳокимлари бу йил биттадан намунавий кўча қилиб, ногиронлиги борлар учун қулай шароит яратиши керак эди.

Андижон, Самарқанд, Сурхондарё, Тошкент вилоятида бу борадаги ишлар бошланган, қолган вилоятлар лойиҳа ҳам қилмагани, маблағ ҳам бермагани кўрсатиб ўтилди.

Мутасаддиларга бу ишларни икки ойда якунлаб, келгуси йил ҳар бир туманда яна биттадан кўчада қилиш вазифаси қўйилди.

Бош прокурор ўринбосари И.Адҳамовга бу борада ўзгариш қилмаганларга қатъий чора кўриш топширилди.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Президент бу йил ижтимоий ҳимоя бўйича қилинган 34 та муҳим янгиликка қўшимча 28 та янги ташаббусни илгари сурди.

Келгуси йилда 1 миллион 200 минг аҳолини камбағалликдан чиқариш учун таълим, тўгарак, касб-ҳунар, тиббиёт масалаларини ҳал қилиш ва яшаш шароитини яхшилаш зарурлиги таъкидланди.

Тойлоқ ва Косонсойда “Илк ривожланиш марказлари” очилиб, камбағал оиладаги ва ногиронлиги бўлган 4 минг 200 нафар болага боғча таълими берилди.

Вилоят ҳокимларига ўзидаги ҳар бир туманда биттадан шундай тажрибани ташкил қилиш топширилди.

Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳ.Умаровага 2025 йилда камбағаллик юқори 1 мингта маҳаллада биттадан оилавий боғча фаолиятини йўлга қўйиш топширилди.

Янги йилдан оилавий боғча ўринларини 15 фоизига камбағал оила фарзандлари қабул қилинади ва боғча тўлови қисман қоплаб берилади.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Камбағал оилалардаги ўзи ҳаракатлана олмайдиган 23 минг одамга ота-онаси, турмуш ўртоғи, фарзандлари, ака-укаси ёки опа-синглиси қараб ўтирибди.

Келгуси йилдан маҳалладаги ижтимоий ходимлар ва хусусий сектор иштирокида бу одамларни 19 мингига уйида ва 4 мингига кундузги қатнов асосида қараб туриш йўлга қўйилади.

Натижада яқинига қараб турган 15 минг аҳолинининг ишлашига шароит яратилади.

Хусусий сектор бундай хизматни кўрсатган камбағал оилалар харажатининг 80 фоизини давлат қоплаб беради.

Бу тажриба Тошкент шаҳрида келгуси йил 1 мартгача, бошқа ҳудудларда 2025 йил якунигача йўлга қўйилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Камбағал оиладаги 460 минг одам тиббий ёрдамга, 6 мингта оила эса уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож.

Шу боис 2025 йилда муҳтож одамларнинг жарроҳлик амалиёти учун Тиббий суғурта жамғармасига қўшимча 185 миллиард сўм ажратилади. “Ижтимоий дафтарлар” маблағи фақат камбағал оилаларни яшаш шароитини яхшилаш, тиббиёт, таълим хизматларини кўрсатиш ва даромадини оширишга сарфланади. Адолат бўлиши учун, эндиликда бу маблағлар тумандаги камбағаллар сонига қараб тақсимланади.

Ижтимоий дафтарлар маблағининг 30 фоизини туман ҳокимларига “Инсон" марказлари билан маҳалладаги уй-жой, йўл, сув ва электрни яхшилаш учун ишлатишга рухсат берилади.

Яна бир масала – ҳозирда 400 та кўп қаватли ижтимоий уйда 25 минг аҳоли истиқомат қилади. Лекин улар яқин қариндошлари ва одатий яшаш шароитидан анча узоқлашиб қолаётгани таъкидланди.

Шу муносабат билан эҳтиёжманд аҳолини битта ижтимоий уй-жойга жойлаштиришдан воз кечилади. Уларга ўзини маҳалласига яқин жойдаги уйни ижарага олишга рухсат берилади, харажати қоплаб берилади.

Ижтимоий ҳимоя агентлиги директори М.Оллоёровга бу борада тегишли топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Камбағал оила фарзандларини чет тили, IT ва касб-ҳунарга ўқитиш учун қўшимча имкониятлар яратилади.

Мутасаддиларга 1 мартгача тўгараклар очиб, камбағал оиладаги 118 минг ёшларни ўқитишни бошлаш топширилди.

Тўгарак харажати 80 фоизгача бюджетдан қопланади.


Камбағал оилалар фарзандларини тайёрлаб, 2025 йилда 3,5 минг ёшларни олийгоҳга грант асосида қабул қилиш зарурлиги қайд этилди.

Олийгоҳ ректорлари ҳам камбағал оиладан жами 4 минг нафар ёшларни ўқитишга бош-қош бўлади. Вазир Қ.Шариповга бу борада тегишли топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Ҳозирги кунда 65 турдаги ижтимоий хизмат ва ёрдам олиш учун фуқароларимиз туғилганлик, ногиронлик тўғрисида, пенсия, талабалик гувоҳномаси, банк картаси каби 10 дан ортиқ ҳужжатни кўтариб юришга мажбур.

Бундай оворагарчиликка чек қўйиш вақти келганини таъкидлаб, Президент барча ҳужжатларни ўрнини босадиган битта – ижтимоий карта жорий этилишини эълон қилди.

Ижтимоий карта билан автобус ва метрода бепул юриш, электр, газ ва ўқиш харажатига компенсация олиш мумкин бўлади, нафақа ва ёрдам пуллари ҳам шу картага тушади.

Бу тизим 1 июлгача Тошкент шаҳри ва Янгийўл туманида синовдан ўтказилади, йил якунигача ҳамма жойда ишга туширилади.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Йиғилиш кун тартибидаги навбатдаги масала ногиронлиги борлар билан ишлаш бўлди.

Йил бошидан ногиронлиги борлар Жиззах, Қашқадарё, Навоий, Сирдарё ва Сурхондарёда 10 фоизга кўпайди. Бу кўрсаткич 20 та туманда 12 фоиздан юқори.

Қайси ҳоким бу масалани ичига кириб, сабабларини ўрганди, деган саволга ижобий жавоб йўқлиги қайд этилди. Республика бўйича 33 та туманда ногиронлиги борларни реабилитация қамрови 1 фоизга ҳам етмаслиги танқид қилинди.

Шу боис соҳа учун масъуллар келгуси йилда реабилитация бўйича кескин ўзгариш қилиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Бунинг учун ҳар бир вилоят, туман шифохонасида реабилитация хизматлари йўлга қўйилади. 12 та ногиронлик реабилитация марказида эрготерапия, физиотерапия, даволаш-гимнастика хизматлари қамрови 5 карра оширилади.

7 та тиббиёт олийгоҳида реабилитация кафедралари очилади, профессор-ўқитувчилар Корея тажрибаси асосида қайта ўқитилади. Республика реабилитация марказига Корея ва Япониядан экспертлар олиб келиниб, маҳаллий мутахассислар малакаси оширилади.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Касаллик туридан келиб чиқиб, аҳолига уй шароитида бажара оладиган оддий машқларни ўргатиш орқали ҳам минглаб одамлар соғлиғини тиклаш мумкинлиги таъкидланди.

Маҳалладаги ижтимоий ходимлар ногиронлиги бор уйга уй шароитида қилинадиган машқлар дастури ва соғлом овқатланиш менюсини эслатма қилиб тарқатиши белгиланди.

Реабилитация ишларининг самараси ногиронлиги борларни ҳаракати, мулоқоти, ўзига ўзи хизмат кўрсатишидаги ўзгаришларга қараб баҳоланади, бунинг учун шифокорларга устама берилади.

Қашқадарё вилояти ҳокимига реабилитация бўйича тажриба яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Ногиронлиги борларга бериладиган протез ва реабилитация воситалари рўйхати 18 тадан 30 тага, маблағи эса 1,5 баробарга оширилди.
Бунинг эвазига йил бошидан 100 минг одамни эҳтиёжи таъминланди.

Энди рўйхатга яна 7 турдаги воситалар қўшилиши белгиланди.

Ижтимоий хизмат агентлигига вилоят ҳокимлари билан биргаликда 2025 йилда 80 минг муҳтож одамга зарур протез воситаларини етказиб бериш топширилди.

Яратилган имкониятлар ҳисобига бу йил тадбиркорлар 40 минг ногиронлиги борларни ишга олди.

Буни янада кенгайтириш мақсадида 1 январдан ногиронлиги бўлган ишчилар учун ижтимоий солиқ 1 фоиз этиб белгиланади. Корхоналарга сурдотаржимон, психолог ва кўзи ожизлар учун ҳамроҳлик хизмати харажати учун 50 миллион сўмгача субсидия ажратилади.

Бундай одамларни ишга жойлаган хусусий бандлик компанияларига 500 миллион сўмгача грант берилади. Бунда, ушбу компаниялар ишлаш истаги бор одамларни аниқлаб, уларни ўқитади, корхона талабига мослаштиради, иш даврини дастлабки 6 ойида ҳамроҳлик қилади.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Дунёда ногиронлиги бор одамларга тўғри келадиган 100 дан ортиқ спорт тури бор. Лекин, бизда бундай одамларга спорт билан шуғулланишга фақат 22 та тури бўйича тиббий хулоса берилади.

Эндиликда халқаро андозалар асосида ногиронлиги борларга спорт турлари ҳам кенгайтирилиши, уларни бунга лаёқати касаллик турига қараб автоматик белгиланиши қайд этилди.

Натижада спорт билан шуғулланишга йўлланма олиши мумкин бўлган ногиронлиги борлар сони 286 мингдан 440 мингга ошади.

Мутасаддиларга келгуси йилда адаптив спорт қамровини 1,6 баробарга ошириб, 45 мингга етказиш топширилди. Бу одамларни спорт билан шуғуллантирадиган мураббийлар ойлиги 1 январдан 1,5 баробар оширилади

Жойлардаги 130 та спорт мактаби, 90 та махсус таълим муассасаси ва 29 та “Мурувват” уйидаги спорт объектлари адаптив спорт турларига мослаштирилади.

Жойларда 300 та янги “воркаут” майдончалари қурилади, уларда ҳам худди шундай шароитлар бўлади.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Боғча ва мактаб ёшидаги ногиронлиги бор болаларнинг таълим билан қамрови Қашқадарё, Самарқанд, Сурхондарё, Тошкент вилоятида энг пастлиги кўрсатиб ўтилди.

Республика бўйича бундай болаларни 16,5 минги мактабга, 17,5 минги боғчага бормайди, яна 11 минг бола махсус мактаб-интернатларда ота-онасидан узоқда ўқияпти.

Шунинг учун Ижтимоий ҳимоя агентлиги, ММТВ, вилоят ҳокимларига 1 февралгача ҳар бир туманда биттадан боғчада инклюзив таълим гуруҳини очиш топширилди. 1 сентябргача 954 та мактабда инклюзив синф ташкил қилиниб, яна 1 минг 800 нафар ногиронлиги бор бола таълим олиши учун шароит яратилади.

Ижтимоий ҳимоя агентлигига ҳаракати чекланган болаларга мактабга келиб-кетиш харажатини 75 фоизини қоплаш тизимини жорий қилиш топширилди.

Шунингдек, ментал ва жисмоний нуқсони бор болаларни ўқитадиган 90 та махсус мактабни кўп функцияли мактабга айлантириш кераклиги таъкидланди. Бу орқали ногиронлиги бор 2 минг бола ота-онаси билан яшаб, яқин ҳудуддаги мактабда ўқиш имконига эга бўлади.

Янги ўқув йилидан Тошкент шаҳрида битта шундай мактаб фаолияти йўлга қўйилиб, намуна қилинади.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Яна бир тажриба – шу йили ногиронлиги бор болалар учун 73 та кундузги парваришлаш ва “Ғамхўрлик” гуруҳлари ташкил қилинди.

Бу соҳага хусусий секторни олиб кириш учун қўшимча имкониятлар яратилади.

Яъни, тадбиркорларга ҳар бир бола учун кунига 100 минг сўмдан субсидия, хоналарни жиҳозлашга 30 миллион сўмгача арзон кредит ажратилади.

Буни ҳисобига Қорақалпоғистон, Андижон, Қашқадарё, Самарқанд, Тошкент вилояти ва Тошкент шаҳрида ногиронлиги бор 2 минг болани кундузги парваришлаш тизими йўлга қўйилади.

Бу тизим 1 октябргача қолган вилоятларда ҳам жорий қилинади.

Мутасаддилар олдига келгуси йилда 15 минг ногиронлиги бор болани таълимга жалб қилиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X

FARSTAT Axborot xizmati | Rasmiy kanal

13 Dec, 18:28


Шу йилни ўзида меҳрибонлик ва болалар уйларидан 300 нафар ўғил-қизлар оилавий муҳитга қайтди.

Ҳозирда оилавий муҳитдан ажралган ҳолда таълим-тарбия олаётган яна 500 нафар бола бор.

Масъул идораларга Миллий гвардия тажрибаси асосида 500 нафар болани оилавий болалар уйига жойлаштириш ва таълим олиши учун шароит яратиш топширилди.

Назоратсиз ва қаровсиз болалар яшаши, ўқишига ихтисослашган мактаблар рўйхати қайта кўриб чиқилади, уларда бундай болалар учун 5 фоиз квота бўлади.

Бунда ушбу мактабларга болаларни Ижтимоий ҳимоя агентлиги йўлланмаси асосида юбориш кўзда тутилади.

Умуман, ногиронлиги бор ҳамда ота-она меҳридан бебаҳра қолган болаларнинг сифатли таълим-тарбия олиши ва оилавий муҳитга қайтишини ташкил қилиш масалаларини мувофиқлаштириш Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Ш.Мирзиёева зиммасига юклатилди.

Йиғилишда муҳокама қилинган масалалар юзасидан мутасаддиларнинг ҳисоботлари тингланди.

Facebook|Instagram|X