Últimas publicaciones de Falastin🇵🇸 va Isroil🇮🇱 (@falastin_isroil) en Telegram

Publicaciones de Telegram de Falastin🇵🇸 va Isroil🇮🇱

Falastin🇵🇸 va Isroil🇮🇱
Bu yerda Falastin va Isroil oʻrtasidagi qaraman qarshiliklar va yangiliklarni koʻrishingiz mumkin.
Eng tezkor xabarlar bizning kanalda @Falastin_Isroil
1,229 Suscriptores
778 Fotos
553 Videos
Última Actualización 01.03.2025 07:19

Canales Similares

کومش نیوز
2,992 Suscriptores
Uz Air Force
1,073 Suscriptores

El contenido más reciente compartido por Falastin🇵🇸 va Isroil🇮🇱 en Telegram


Isroil havo hujumi natijasida G'azo shahri markazidagi Al-Zavaydada ko'chirilgan tinch aholiga boshpana berayotgan chodirni nishonga olganidan keyin kasalxonaga yetkazilgan qurbonlar orasida bir falastinlik chaqaloq ham bor.

https://t.me/Falastin_Isroil

Ertalab, Isroil bosqinchi kuchlari G‘azo shahri g‘arbidagi Rimal mahallasida joylashgan turar-joy binosiga havo hujumi uyushtirib, qirg‘in amalga oshirdi. Natijada, yetti nafardan ortiq falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi, bir qancha odam vayronalar ostida qolgan.

https://t.me/Falastin_Isroil

🇺🇿Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Siyosat , Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga 30 dan ortiq kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz.

Siz ushbu "Ilmiy" jildimiz orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.

Kanallarga a'zo boʻlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing.

Isroil va Livan o‘rtasidagi ehtiyotkorlik bilan qaralgan umid

📌 “Haaretz” gazetasining xavfsizlik manbalariga ko‘ra:

O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif uch bosqichni o‘z ichiga oladi:

1. Kelishuvdan so‘ng Hizbulloh kuchlarini Litani daryosining shimolidan olib chiqadi va Isroil janubiy Livandan chekinadi.

2. Isroil va Livan chegaralardagi tortishuvli hududlarni anneksiya qilish uchun muzokaralar o‘tkazadi.

3. Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi xalqaro tashkilot o‘t ochishni to‘xtatish bitimini nazorat qiladi.

📌 “Kan 14” telekanali yuqori darajali siyosiy manbaga asoslanib:

• Isroil Hizbulloh a’zolarini qamoqdan ozod qilmaydi.

• BMT va Fransiya tomonidan nazorat qilinadigan Livan armiyasi janubiy Livanda bosqichma-bosqich 10 ming askarni joylashtiradi.

📌 Vashingtondan Isroilga yuborilgan xabarda:

Hizbulloh o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzgan taqdirda va Livan armiyasi yoki xalqaro kuchlar hech qanday chora ko‘rmasa, Isroilga harbiy javob huquqiga ega bo'ladi.

📌 Isroil milliy xavfsizlik vaziri:

• Livan bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qarshi ekanligini bildirdi.

• Bosh vazir Binyamin Netanyahuning prinsipial roziligiga qaramasdan, bu kelishuvni katta xato deb atadi.

• U urushni to‘liq g‘alabagacha davom ettirish kerakligini ta’kidladi va Netanyahuning qarori o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hali yakuniy emasligini qo‘shimcha qildi.

• Hizbulloh va Isroil o'rtasidagi kutilayotgan o't ochishni to'xtatish bitimi faqat Isroil manfaatlari uchun xizmat qilishi ta'kidlangan.

https://t.me/Falastin_Isroil

Yediot Ahronot:

Isroil Livandagi kelishuvga rozi bo‘ldi:
Bayrut, Vashington va Tel-Avivdagi manbalarning tasdiqlashicha, Isroil Livandagi kelishuvni imzolashga “yashil chiroq” yoqdi, ammo hukumatning yakuniy qarori kutilmoqda.

Hisobotlarga ko‘ra, Netanyahu o‘tkazgan muhokamada kelishuvni davom ettirish uchun prinsipial rozilik berilgan, va AQSh vakili Amos Xokshteyn javobni Livanga topshirgan. Biroq boshqa hisobotlar hal qilinishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Isroil davlat radiosining qo‘shimcha qilishicha, Livan bilan kelishuv “hal qilingan”, va Bosh vazir Benyamin Netanyahu uni qanday e’lon qilishni o‘rganmoqda.

Radio, shuningdek, yuqori martabali xavfsizlik manbasiga tayanib, Isroil Amos Xokshteynga Livan bilan kelishuvni davom ettirish uchun “yashil chiroq” berganini aytdi.

Isroillik rasmiylarning ta’kidlashicha, Livandagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif borasidagi kelishmovchiliklar asosiy muammo emas va kelishuv bir necha kun ichida erishilishi mumkin.

AQShning yuqori martabali rasmiysi shunday dedi: “Biz Livandagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqdamiz, ammo hal etilishi kerak bo‘lgan ayrim masalalar hali ham bor.”

https://t.me/Falastin_Isroil

Isroil genotsidining 405-kunida G'azoda Sog'liqni saqlash vazirligining kundalik brifingi:

Isroil G'azo sektorida so'nggi 24 soat ichida tinch aholiga qarshi 3 marta qirg'in qildi, natijada 24 kishi halok bo'ldi va 112 kishi yaralandi.

2023-yil 7-oktabrdan beri hujjatlashtirilgan falastinlik qurbonlar soni 43 736 kishi halok bo‘ldi va 103 370 kishi jarohat oldi.

https://t.me/Falastin_Isroil

Yaman husiylari Qizil dengizda AQShning Avraam Linkoln samolyot tashuvchi kemasini nishonga olganini e'lon qildi.

https://t.me/Falastin_Isroil

“Makkabi Xayfa” futbol klubining isroillik tarafdorlari Qudsdagi Teddi stadionida “G'azo qabristondir” deb hayqirib, Falastin va Gollandiya bayroqlarini yoqishga urinmoqda.

https://t.me/Falastin_Isroil

Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng AQShning 47-prezidenti deb rasman e’lon qilinar ekan, Qo‘shma Shtatlar G‘azodagi davom etayotgan genotsid paytida Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda va buning natijasida o‘n minglab tinch aholi o‘limida shubhasiz sherik bo‘lmoqda — Dr. G'assan Abu Sitta

https://t.me/Falastin_Isroil

Al-Quds brigadalari - Falastinning G'arbiy Sohilidagi "Tubas bataloni" tomonidan Isroil bosqiniga qarshi olib borilgan shiddatli janglardan sahnalarni namoyish etdilar.

https://t.me/Falastin_Isroil