Davronbek Turdiev @davronbekturdiev Channel on Telegram

Davronbek Turdiev

@davronbekturdiev


Davronbek Turdiev (English)

Welcome to the Davronbek Turdiev Telegram channel, where you can find valuable insights and tips on personal development, business strategies, and entrepreneurship. This channel is curated by Davronbek Turdiev, a seasoned entrepreneur and motivational speaker with years of experience in helping individuals and businesses reach their full potential. Whether you are looking to boost your productivity, improve your leadership skills, or learn how to navigate the challenges of the business world, Davronbek Turdiev's channel is the perfect place for you. Join us today and embark on a journey towards success and fulfillment with the guidance of a true expert in the field. Don't miss out on this opportunity to take your personal and professional growth to the next level!

Davronbek Turdiev

15 Sep, 02:47


Xabib Nurmagamedovdan ko'ra ko'proq uni hurmat qilaman .....

Do'stlarni qanday to'g'ri tanlash kerak !


@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

02 Sep, 15:07


Davronbek Turdiyev bilan suhbat audiosi
🎙 Kitoblar va taʼlim

Davronbek Turdiev

31 Aug, 02:59


ILMIYOT

"Har qanday o'ta rivojlangan texnologiyalarni mo'jizadan ajratib bo'lmaydi"

Artur Klarkning uchinchi qonuni.

Bir necha asrlar oldin insonlar quyosh tutunishini ko'rib, uni bo'ri yutib yubordi - deb o'ylashar edi. Hozir esa maktab bolasi ham quyosh tutinishi nima uchun sodir bo'lishini sizga aytib berishi mumkin. Tabiatda bor qonunlarni topib, ular boshqaradigan kuchlarni ishlatishni o'rganganimizdan so'ng, oldin bo'lishi mumkin emas bo'lgan narsalarni amalga oshirolyapmiz.

Bir necha ming kilometr uzoqlikda joylashgan insonni oldiga bir necha soat ichida uchib borish mumkinligi uyoqda tursin, biz hattoki hech qayerga bormay ham bir birimizni ko'rib gaplasha olamiz.

Shu postni o'qiyotganingizgayam sabab ilmiyotdir. Agar ilmiy rivojlanish bo'lmaganida, katta ehtimol bilan haliyam g'orlarda o'tirgan bo'lar edik. Menimcha ilmiyot kabi insoniyatning rivojlanishiga ta'sir qilgan narsa bo'lmasa kerak. Meditsina va internetdan tortib, kosmik kemalargacha, barchasi ilmiyot. Atrofingizdagi 99% narsa aynan ilmiy izlanishlar tufayli yuzaga kelgan.

Yuqoridagilarni rad qilib bo'lmas fakt sifatida qabul qilsak, meni hayratga soladigan bir holat yuzaga keladi: nima uchun deyarli hech kim ilmiyotga qiziqmaydi?

Rivojlangan mamlakatlar Marsga insonni uchiraman - deb turgan bir paytda, bizda yozning o'rtasida chiroq o'chib turibdi.

Qanaqa firkda bo'lishingizdan qat'iy nazar: mamlakatimizda ilmiyotni rivojlantirmas ekanmiz, biz hech qachon taraqqiyot va barqarorlikka erisholmaymiz!

@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

27 Aug, 04:11


PROFESSIONAL

Men anchadan beri o'zimning YouTube kanallarimga video joylamayapman. Buning sababi juda oddiy: menga yaxshi montajer operator kerak. Men bilan ishlash niyatini bildirganlar bo'ldi albatta, ammo deyarli hech bir kelgan odam menga to'g'ri kelgani yo'q. Hammada bir xil muammolar: intizomsizlik, gigiyenik muammolar, ishga bo'lgan layoqatsizlik va o'z ishida o'sishni xohlamaslik. Ilgari qo'limda ishlagan montaj ustasiyam huddi shu "kasallikka" chalingan edi.

Deyarli 25 ga yaqin montajer operatorlarni ko'rib chiqdim, ulardan 4 - 5 tasi to'g'ri keladiganga o'xshadi. Hozircha jim-jitlik.

Hozirgi informatsion dunyoda haqiqiy professional topish juda qiyin bo'lib qolgan. Qani ko'ramiz, balki kimnidir ishga olarman yaqin orada. Bitta narsani o'zim uchun aniq tushundim, kerakmas odamni ishga olgandan ishchisiz qolib ketgan yaxshi ekan. Ishlayman - deganlar ko'p, ammo to'g'ri keladiganlari juda kam.

Qissadan hissa shuki: agar siz ishingizning haqiqiy ustasi bo'lsangiz, siz deyarli hech qachon ishsiz qolmaysiz va insonlarni iloji bo'lsa muxtojlikdan ishga olmang, ozgina sabr qilsangiz yaxshi odamni topasiz.

@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

24 Aug, 09:37


29 kun ichida Ingliz tilida professional darajada gap tuzib, so'zlashishni o'rganing!

Ingliz tili dunyodagi eng ko’p o’rganiladigan tildir.

53 ta mamlakatlarning rasmiy tili hisoblanadi.

Britaniya kengashi ma’lumotlariga ko’ra hozirda butun dunyo bo’ylab 1.5 milliarddan oshiq insonlar ushbu tilni o’rganmoqda!

Albatta tilni o’rganish davomida turli xil qiyinchiliklarga duch kelishadi.

4-yillik tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkunki…

O’quvchilarimning 70-80% yangi so’zlarni eslab qolish va gramatik nuqtai nazardan to’g’ri gap tuzishga qiynalishadi, bu esa chet tilining negizi hisoblanadi.



📌Hi English kursi boshlanishiga bor yog'i 1-kun qoldi. Qatnashish uchun shoshiling

Site : Hienglish.uz
Savollar bo'yicha: @Hamrayev_I

🔰@hienglish_xm

Davronbek Turdiev

22 Aug, 13:01


REJALASHTIRISH

Muvaffaqiyatda kerak bo'ladigan eng asosiy xususiyatlardan biri, bu rejalashtirishdir. Agar siz ishingizni o'z kayfiyatingizga, vaqtingizga va energiyangizga qarab to'g'ri rejalashtirishni bilmasangiz, siz ko'p ishlaringizni oxirigacha yekaza olmaysiz!

Kundalik hayotni to'g'ri rejalashtirish uchun, bir nechta usullar bor. Ulardan eng mashxuri: Get Thins Done. Ushbu usul, samaradorlik bo'yicha dunyoda taniqli bo'lgan mutaxassis David Allenga tegishli. Muallif aytishicha aynan uning usuli insonlarga eng katta natijani berishi mumkin. Bu usulni va "Get things Done" nomli kitobni butun dunyo bo'yicha millionlab odamlar ishlatishadi va ularning gaplariga qaraganda usul haqiqatdan ham juda samarali. Ammoooo.... ikkita asosiy haqiqatni hech qachon unutmang! Birinchidan, mashxur - degani, yaxshi ishlaydi - degani emas. Ikkinchidan, insonlarning fikriga emas, obyektiv isbotlarga ishonish kerak. Shuning uchun yaxshilab tushunib oling, agar usul insonning tabiatini inobatga olmasa demak u to'g'ridan to'g'ri foyda berolmaydi.

Yuqoridagi gapimni chuqurroq tushuntirish uchun ozgina mushaklarni shug'ullantirish haqida gaplashsak. Agar siz mushaklaringizni samarali shug'ullantirmoqchi bo'lsangiz, siz (yoki murabbiyingiz) mushaklar nimalardan iborat, nima uchun o'sishini va kuchayishini yaxshi tushunishingiz kerak. Qisqa qilib aytganda mushaklar adaptatsiya yani moslashuv mehanizmlari tufayli o'sadi. Siz mushaklaringizga yuklanma berganingizda, ular stress holatiga uchraydi (stress nazariyasi va uning bizga ta'sirini Tasodifga Aldanganlarning ikkinchi sonida batafsil aytib berganman) va bu stress mushaklarni yaxshi tomonga o'zgartirishni boshlaydi. Yani ma'lum vaqt o'tganidan so'ng mushaklaringiz mashg'ulotdan oldingi holatidan sal kuchliroq bo'ladi, bu holatni ilmiyotda "superkompensatsiya" deyiladi. Olimlarning izlanishlariga qaraganda, mushak to'qimalarining "superkompensatsiya" holati og'ir mashg'ulotdan so'ng 14 - kunga yuzaga keladi. Yani samarali va to'xtovsiz o'sishni hohlasingiz eng og'ir yuklanmalarni 2 haftada bir marta bajaring.

Yuqoridagi ma'lumot ilmiy izlanishlarning natijasi, bu natijalarni olimlar havodan olishmagan, bu natijalar tanamizning fiziologiyasidan kelib chiqib qayd etilgan. Endi tasavvur qiling shu bilimlarga ega inson bilan umuman fiziologiyani tushunmaydigan insonning mashg'ulotlarini. Agar qolgan o'zgaruvchilar bir xil bo'lsa, bilimi bor odamda samara ko'proq bo'ladi. Doim!

Shuning uchun miyamiz qanday ishlashini, dangasalikning kelib chiqishini, inson xarakterini, miya fiziologiyasini, miya qayerdan energiyani olishini va shu kabi yuzlab yoki minglab narsalarni bilmay turib, qanday qilib samarali rejalashtirish tizimini o'ylab topish mumkin? Siz: tajribaga asoslanib - deyishingiz mumkin, ammo yo'q! Inson tajribasi bu subyebtiv kechiruv va bir kishida ish bergan narsani aynan nima uchun ish berganini subyebtiv tajribaga asoslanib aniqlab bo'lmaydi.

Agar siz kitoblardan, internerdan yoki kusrlardan rejalashtirish, vaqtni boshqarish va dangasalikni yengish kurslarini izlamoqchi bo'lsangiz, ma'lumot nimaga asoslanganligini tekshirib ko'ring. Agar u shaxsiy tajribaga asoslangan bo'lsa ammo hech qanday ilmiy tadqiqot orqali tekshirilmagan bo'lsa, demak u ma'lumot shunchaki fikr.

Foydali maslahat: bugundan boshlab bloknot tutib, kundalik topshiriqlaringizni yozib, rejalashtirib boring. Keyingi postlarda bu mavzuni chuqurroq ko'rib chiqamiz.

Davronbek Turdiev

22 Aug, 11:53


UFC men uchun eng katta “narkotik” Ko'rmasam turolmayman. Siz ham ko'rasizmi???



🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

21 Aug, 16:08


🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

20 Aug, 00:23


To'g'ri uxlash haqida video hohlaysizmi? Videolarimda maksimal darajada isbotlangan faktlar keltirishga harakat qilyapman.

Kimga ishonishni o'zingiz hal qiling

Har holda menga ishonish kerak emas, tekshirish kerak.

🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠


🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

18 Aug, 11:18


TAZ
Senda ko'plab muammolar bor

Va bu muammolar seni qiynayapti Shundaymi?

Senga aytadigan bir donagina gapim bor holos:

“Bu muammolar bo'lmasa, hayot ham bo'lmaydi”🤫

🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠

🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

17 Aug, 00:25


YouTubeda tomosha qiling: Ingliz Tilini O'rganish Eng Yaxshi Usul?
https://youtu.be/0NfVHCI2LVo

Davronbek Turdiev

15 Aug, 00:39


TAYMER

Dangasalikni yengishda menga yordam bergan eng zo'r usullardan biri

Bu “Pomidor” usuli.

“Pomidor”da taymer ishlatiladi.

🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠


🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

14 Aug, 02:43


Post orqali vaqtingiz maroqli o'tdi degan umiddaman. Albatta sarflagan vaqtingizga rozi bo'ling. Sizlarga bundanda a'lo kayfiyat va pozitivlik tilayman. Mabodo videoda negativlik aralashgan bo'lsa, demak bu hammamiz mukammal emasligimizdan dalolatdir.

🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

12 Aug, 03:34


OSHQOZON

“Oshqozon miyadan aqlli” degan gapni eshitganmisiz?

Oshqozon zararli narsani chiqarib tashlashi mumkin

Miya esa har qanday “musor”ni saqlab qolaveradi.

Kitob o'qing... Lekin tanlab o'qing!



🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

10 Aug, 23:33


UZ REPORT

25 - iyun, soat 18:30 da Uz Report tv da navbatdagi intervyuim bo'lab o'tgandi.

🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠

🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

09 Aug, 21:45


SAVOLLAR

Savollar juda ko'p

Tugamaydi manimcha.

Shuning uchun savol - javob formati Shunaqa videolar shaklida bo'ladi.

Savollar bo'lsa izohlarda yozing

Balki keyingi post

Sizning savolingizga javob bo'lishi mumkin.

🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠



🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

09 Aug, 13:47


Shunaqa savollar ham bo'lib turadi

🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠

🏆@DavronbekTurdiev

Davronbek Turdiev

08 Aug, 00:23


O'ZBEK

Bugun eslab qolish bo'yicha Rossiya ochiq chempionati tugadi.

Rossiyaning eng kuchli mnemonistlari bilan bellashdik.

Bu yerga kelgan har bir o'zbekistonlik

O'zini sal g'alati his qiladi, sababi bu yerni insonlari bizga tepadan pastga qarashadi.

Bir paytlar biz ham intellektual yetuk bo'lishimiz mumkinligini

Aynan Rossiyada isbotlab berganman. Bu safar esa mening shogirdlarim O'zbekistonliklar nimaga qodirligini ko'rsatib

qo'yishdi.

Juda og'ir aqliy kurashda O'zbek birinchi o'rinni oldi!

Nafaqat birinchi balki 3 - o'rin ham aynan o'zbek mnemonistiga tegishli bo'ldi.

Ko'p yo'nalishlarda olgan o'rinlarimiz boshqa davlatdanligimiz uchun alohida taqdirlanmadi.

Lekin umumiy hisobda yutdik! Yutdik!

Yutdik!!! Kimligimizni va nimaga qodirligimizni ko'rsatib qo'ydik!

Bizni qo'llab quvvatlaganlarga rahmat.

Xudo xohlasa bu boshlanishi!

🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠🧠



🏆@DavronbekTurdiev