Последние посты MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal (@buxoro_viloyati_mg) в Telegram

Посты канала MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal
Respublika hamda Buxoro viloyati MG faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo`lgan voqea va hodisalar, shuningdek, huquqiy ma'lumotlar yoritib boriladi.
2,217 подписчиков
24,244 фото
1,085 видео
Последнее обновление 06.03.2025 22:46

Похожие каналы

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23,686 подписчиков
Buxoro yoshlari | Расмий канал
14,312 подписчиков
Bolalar psixologiyasi Markazi
1,061 подписчиков

Последний контент, опубликованный в MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal на Telegram

MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

20 Feb, 13:49

604

Rakurs 24| Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida
- - -
Ракурс 24| Миллий гвардия фаолиятига оид Қонун, қарор ва фармойишлар ҳақида


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover | TikTok | OAV
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

20 Feb, 13:35

552

#Buxoro

Prezidentimizning 2024-yil 5-fevraldagi 55-sonli qaroriga muvofiq, Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish hamda taʼlim-tarbiya sohasida munosib ishtirok etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Aynan ushbu yoʻnalishda “Maktab – oila – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi hamda hamkorlikdagi chora-tadbirlar yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Mazkur yoʻnalishdagi ishlarning bugungi holatini oʻrganish maqsadida hududlarda ish olib borayotgan ishchi guruh oʻrganishlari Buxoro viloyatida davom ettirildi.

Website | Telegram |
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

09 Feb, 04:58

418

SO‘Z MULKINING SULTONI ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 584 YILLIGI
———
СЎЗ МУЛКИНИНГ СУЛТОНИ
АЛИШEР НАВОИЙ ТАВАЛЛУДИНИНГ 584 ЙИЛЛИГИ

🌐 Website | 📲 Telegram | 💻 Facebook | 🖥 Instagram | 📹 Youtube | 🎥 Mover |🎼TikTok |📲 OAV
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

08 Feb, 15:27

711

⚡️Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kelgusidagi rejalar belgilab olindi

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik J.R.Shernazarov rahbarligida umumtaʼlim maktab oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi hamda davomatini yaxshilash borasidagi ishlarini yanada yaxshilash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasining Bolalar bilan ishlash bo‘limi hududiy inspektor-psixologlaridan iborat 100 dan ziyod harbiy xizmatchilar qatnashdi.

Yigʻilish avvalida oʻquvchilarning davomatini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar alohida qayd etib oʻtildi. “Maktab – ota-ona – mahalla” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyilgan ishlar natijasida qisqa vaqt ichida oʻquvchilarning davomatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilganligi eʼtirof etildi.

Taʼkidlash joizki, hozirda yuqori sinf oʻquvchilari davomati bilan bogʻliq muammolar aniqlanib, tahlil etib kelinmoqda. Elektron platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari bilan ayrim sinflardagi real davomat oʻrtasida tafovut sabablari doimiy ravishda oʻrganib kelinayotganligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda davomat koʻrsatkichlarini aniq va ochiq koʻrsatish, buning uchun joylarda zarur tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, inspektor-psixologlarga davomat masalasini doimiy tahlil etib borish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz muddatida bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

08 Feb, 04:54

782

Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boyicha boshqarmasi boshligi Jo`raqul Shernazarov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov boshqa huquq-tartibot organlari rahbarlari, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda dastlab Qarorga asosan viloyat hududida jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga barham berish maqsadida amaliyotga tatbiq etilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Jumladan, energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar, quyosh panellarini o‘rnatishning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hisoboti tinglandi.
Shundan so‘ng, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, markaziy ko‘chalardagi chorrahalarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarni va sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, o‘rnatilgan svetoforlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan yangi loyihalar ham muhokama qilindi.
Ushbu loyihalarning barchasi qo‘llab-quvvatlanib, viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l transport hodisalarini oldini olish eng ustuvor vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.
Seminar davomida "Raqamlashgan, obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida viloyat hududidagi barcha aholi xonadonlari, ko‘cha va jamoat joylarida, maishiy va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona va tashkilotlarda o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy videokuzatuv moslamalarining ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.
Jarayonda ushbu kuzatuv kameralarining afzalliklari, jinoyatlarni issiq izidan fosh etishda ularning o‘rni va roli xususida maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlash pultiga ulanishning afzalliklari xususida maʼlumotlar taqdim etilib, bugungi kunda tizimda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar ham ko‘rsatib o‘tildi.
Yakunda davlatimiz rahbarining ushbu Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun taqdimoti qilingan loyihalar yuzasidan oylik, chokarlik, yarim yillik hamda yil davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining ijrosini bekamu ko‘st bajarish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

07 Feb, 13:01

512

So‘z mulkining sultoni A.Navoiy va shoh va shoir Z.M.Boburning hayoti va ijodi.

Barchamizga ma‘lumki har yili fevral oyi ikki buyuk siymo so'z mulkining sultoni o‘zbek va jahon ma'naviyatiga katta hissa qo'shgan mutafakkir A.Navoiy hamda shoxlarning shoiri va shoirlarning shoxi Z.M.Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ko'plab ma‘naviy-ma‘rifiy kechalar, g‘azalxonlik va she‘rxonlik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Anashunday tadbirlardan biri Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo'yicha boshqarmasida ham Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda ikki buyuk siymolarning tavalludiga bag‘ishlangan "Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar ikki buyuk siymolarning bosib o'tgan hayot yo'llari, jahon ma'naviyatiga qo'shgan katta hissasi, shuningdek, shox va shoir Z.M.Boburning harbiy jang san'ati to‘g‘risida so'z yuritadilar.
Tadbir davomida ikki buyuk siymo uchun tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

07 Feb, 10:27

564

📹 MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI QO`RIQLASH BOSHQARMASINING MAKTABLARDAGI O`TKAZILAYOTGAN VATANPARVARLIK TADBIRLARIDAN LAVHA

Kanalga ulanish 👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

07 Feb, 05:31

623

“Oila qadriyatlar beshigi” mavzusida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi psixologik ta’minlash guruhi psixologlari hamda boshqarma Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi mas’ul ofitser xodimlari bilan hamkorlikda Romitan tuman qo‘riqlash bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi “Oila qadriyatlar beshigi” mavzusida navbatdagi nazariy va amaliy trening mashg‘uloti olib borildi. Mashg‘ulotni yanada samarali o‘tkazish va ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida vizual ko‘rinishdagi materiallardan ham foydalanildi. Ma’ruza so‘nggida xodimlar o‘zlariga kerakli savollarga mazmunli javoblarni olishdi. Shundan so‘ng xodimlarning yashash joyi, oilaviy ahvolini yaqindan o’rganish maqsadida ularning o’zi va oila a’zolari bilan suhbatlar o’tkazildi.

Kanalga ulanish 👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

07 Feb, 04:21

643

#Hamisha_barhayot_buyuk_siymolar

📜 Buxoro shahridagi Prezident maktabida fevral oyi oʻzbek adabiyotining zabardast shoirlari Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan "Hamisha barhayot buyuk siymolar" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy bayram dasturi boʻlib oʻtdi.

🎤 Tadbir 2-qismda tashkil etildi. 1-qismda oʻquvchilar Navoiy va Bobur ijodidan sheʼr, gʻazal, sahna koʻrinishlari hamda kuy-qoʻshiqlar ijro etib, badiiy kechaga zavq-u shavq ulashdilar.

📚2-qismda mehmon sifatida tashrif buyurgan BuxDU filologiya fakulteti professori, adabiyotshunos olima N.J.Bekovaning Alisher Navoiy va Bobur ijodi yuzasidan ilmiy maʼruzasi tinglandi, Buxoro viloyati Milliy gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nasriddin Bozorovlar ham soʻzga chiqib, shoirlar haqidagi oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilаr.

Kanalga ulanish 👉 @Buxoro_viloyati_MG
MILLIY GVARDIYA BUXORO VILOYATI | Rasmiy kanal

02 Feb, 07:19

566

Harbiy xizmatchilarning oila a‘zolari uchun sayohat tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash, hamda ularnining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadda bugungi kunda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshrib kelinmoqda.
Anashunday tadbirlardan biri harbiy xizmatchilarning oila a’zolari farzandlarining madaniy xordiq chiqarishlarnini ta’minlash maqsadida respublikamizda yagona bo‘lgan "VARNET" issiqxona akademiyasiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida harbiy xizmatchilarning oilalar va farzandlari hayvonot va nabodot olamiga sayr qilib, suv havzasidagi baliqlarini, boshlari uzra rang-barang noyob qushlar charx urib uchib yurishini hayrat bilan tomosha qildilar.
Tashkil etilgan sayohat barchada katta taassurot qoldirishdi.
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan bu kabi tadbirlar an'anaviy tarzda davom ettirilmoqda.