Bugun Buvayda tumani 5-maktabda Milliy gvardiya boshlig‘i I.Jo‘raqo‘ziyev va Tuman hokimi maslahatchisi O.Asqarova ishtirokida “Erta turmush, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvda qizlarning huquqiy ongi va xabardorligini oshirish, ularni ta'lim olishga chorlash, shuningdek, jamiyatdagi turli salbiy holatlarga qarshi kurashish usullari haqida muhim tavsiyalar berildi.
Maxsus ma'ruzalar va muloqotlar asosida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yoshlarning kelajakdagi mustahkam hayot yo‘lini tanlashlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buvayda xabarlari ⬇️⬇️⬇️
https://t.me/Buvaydaxabarlari