Bulungʻur yangiliklari | Расмий канал 🇺🇿 (@bulungur_xabarlari)の最新投稿

Bulungʻur yangiliklari | Расмий канал 🇺🇿 のテレグラム投稿

Bulungʻur yangiliklari | Расмий канал 🇺🇿
Reklama boʻyicha @BULUNGUR_ADMIN
E'lon berish @BULUNGUR_ADMIN

Bulung‘ur tumanidagi eng soʻnggi yangiliklar telegram yagona rasmiy kanaliga xush kelibsiz

Tumanimizga oid voqea hodisaga guvoh boʻldingizmi? bizga yuboring biz kanalga chiqaramiz👀
11,465 人の購読者
6,125 枚の写真
805 本の動画
最終更新日 25.02.2025 17:05

類似チャンネル

Prezident maktabi testlari
17,566 人の購読者

Bulungʻur yangiliklari | Расмий канал 🇺🇿 によってTelegramで共有された最新のコンテンツ


⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Kildon” podstansiyasining elektr tarmog‘idagi qizigan kontaktlarni bartaraf etish, elektr uskunasini almashtirish ishlari olib borilishi sababli bugun soat 12:10 dan 18:00 oralig‘ida Bulung‘ur tumanidagi Kildon, Sayiltepa, Nebo‘sa, Niyozmat, Kichik Kildon, Changal, Isori o‘roqli, Elobod, Avliyo Parpi, Kaptarxona, Qirqshodi, Beshkuvi, Chorbog‘ mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

Kanalimizga qo‘shiling va Elon joylang👇👇

https://t.me/Bulungur_xabarlari

⚡️Ma’naviyatli inson ongida jaholatga o‘rin qolmaydi

Bulungʻur tumanidagi Xo‘jamazgil va Cho‘yantepa mahallalarida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida "Ma'rifat ulashib", "Kitobxonlik oiladan boshlanadi", “Yoshlik navosi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy va musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda milliy qadriyatlarimiz, ularga rahna solayotgan omillar, ayniqsa, yoshlar ongiga taʼsir o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan informatsion xurujlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda din erkinligini taʼminlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlikparvar siyosat xususida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Kanalimizga qo‘shiling va Elon joylang👇👇

https://t.me/Bulungur_xabarlari

⚡️Yosh sportchilarimizdan quvonarli natijalar

Kichik o‘smir qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

1-5 fevral kunlari Toshkent shahri 13-14 yoshdagi kichik o‘smir qizlar ishtirokidagi O‘zbekiston chempionati bahslariga mezbonlik qildi.

Ushbu musobaqaning final bahslari 2 nafar o'smir qizlarimiz muvaffaqqiyatli ishtirok etib 1 ta oltin, 1 ta kumush medalni qo'lga kiritishdi.

Xususan, bulung'urlik sportchilardan Raxmonova Laziza 1-o'rinni, Bozorova Lola 2-o'rinni egallashdi.

Yosh sportchilarimizning kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!

Bulung'ur tumani hokimligi axborot xizmati

Kanalimizga qo‘shiling va Elon joylang👇👇

https://t.me/Bulungur_xabarlari

Diqqat savol

Amir Temur jang payti ularning o'rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o'rnini bosa olmaydi deb aytganlar.

📌 Sohibqiron kimga ta'rif berganlar?

Kanalimizga qo‘shiling va Elon joylang👇👇

https://t.me/Bulungur_xabarlari

⚡️Savdo-sanoat palatasining Bulung‘ur tuman bo‘limida navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bulung'ur tumani hokimligi axborot xizmati


Kanalimizga qo‘shiling va Elon joylang👇👇

https://t.me/Bulungur_xabarlari

Keb qoling, kilolab ob qoling!😮

Endi ISHONCH do‘konlarida Artel, Avalon va Shivaki texnikalarini kilolab xarid qilishingiz mumkin!

💰Kilolab narxlar:
✔️ 9 va 12 BTU konditsionerlar — 1 kg = 820 000 so‘m
✔️ Mikroto‘lqinli pech — 1 kg = 120 000 so‘m
✔️ Changyutkich — 1 kg = 350 000 so‘m
✔️ Televizor — 1 kg = 550 000 so‘m

🔥 Tugab qolmasidan ulguring!

Batafsil:
📞 +998735152222
🤖 @ishonch_chatbot

Barcha aksiya va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun @ishonch kanaliga obuna bo‘ling!

⚡️Bulung‘urlik tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi

Savdo-sanoat palatasi Bulung‘ur tuman bo‘limida navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan shaxslarning murojaatlari tuman hokimi S.Astonov hamda tumani hokimi o‘rinbosari Sh.Razzoqov tomonidan qabul qilindi.

Bildirilgan murojaatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qulay joy, shuningdek imtiyozli kredit masalalarida bo‘lib, har birining ijrosi uchun tegishli mas’ullar biriktirildi.

Bulung'ur tumani hokimligi axborot xizmati

Kanalimizga qo‘shiling va Elon joylang👇👇

https://t.me/Bulungur_xabarlari

Bulung‘urlik yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi

Bugun respublika ishchi guruhi vakillari Bulung‘ur tumani yoshlarining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun ularning muammoli masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma‘lumot o‘rnida, yo‘llanayotgan har bir taklif yoshlar manfaatidan kelib chiqib moliyalashtirilishi belgilangan

🎄𝘽𝙐𝙇𝙐𝙉𝙂'𝙐𝙍𝙇𝙄𝙆𝙇𝘼𝙍
Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/Bulungur_xabarlari

⚡️Aholi chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻriklardan oʻtkazildi

Bulung'ur tumanidagi 2-son oilaviy poliklinikasida hudud aholisi uchun  chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrik tashkil etildi.

Unda Samarqand viloyat tibbiyot muassasalaridan 19 turdagi malakali tibbiyot xodimlari jalb qilindi va 2 ta mobil avtobusda oftolmolog, EXO kardiogramma va UZI apparatlari ham oʻz faoliyatini olib bordi.

Shuningdek, “Sogʻlom avlod” jamoasi tomonidan kasalliklar yoʻnalishlari boʻyicha bepul dori-darmonlar, koʻzoynak va sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tarqatma materiallar berildi.

Jarayon davomida mingga yaqin aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi hamda aniqlangan kasalliklar boʻyicha ambulator va statsionar davolanish uchun yoʻllanmalar berildi.

Shuningdek, tumandagi “Fozil yo'ldosh" mahallasidagi xonadonlarda ham aholi salomatligi uchun “koʻchabay” targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🎄𝘽𝙐𝙇𝙐𝙉𝙂'𝙐𝙍𝙇𝙄𝙆𝙇𝘼𝙍
Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/Bulungur_xabarlari

Bulungʻur tumani “Mirzaariq” mahallasida tuman prokurori I.Mustanov, tuman hokim S.Astonov,sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda kelib tushgan murojaatlarning 9 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat va mablagʻ talab etiladigan 31 ta murojaatlar nazoratga olindi.

🎄𝘽𝙐𝙇𝙐𝙉𝙂'𝙐𝙍𝙇𝙄𝙆𝙇𝘼𝙍
Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/Bulungur_xabarlari