Latest Posts from Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati (@buloqboshipress) on Telegram

Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati Telegram Posts

Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati
Ushbu kanal orqali tumandagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz!

Rasmiy kanallarimiz:
--------
instagram.com/buloqboshipress
facebook.com/buloqboshipress
https://buloqboshi-tumani.uz/

https://www.youtube.com/channel/UCYh2jh1fQhldlAmb4eBffRg
3,512 Subscribers
22,174 Photos
2,285 Videos
Last Updated 01.03.2025 12:54

Similar Channels

Андижон Бугун
201,044 Subscribers
ANDIJON_TRK
2,822 Subscribers

The latest content shared by Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati on Telegram


Prezident Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

👉Tabrik matni: president.uz/oz/lists/view/7916

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

"Turon maktab teatri" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

🔷 Buloqboshi tuman 14-son bolalar musiqa va san'at maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etilgan "Turon" maktab teatri tanlovining tuman bosqichi yakunlandi.
Tanlovda tumandagi 35 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab jamoalari "Barkamol avlod" bolalar maktabi, madaniyat markazi, musiqa va sanʼat maktabi tomonidan tayinlangan hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan baholandi.
Qizgʻin boʻlib oʻtgan tanlov hakamlar hayʼati aʼzolari yakuniy hulosasiga koʻra:
👉1-oʻrin 13-maktab jamoasiga
👉2-oʻrin 27-maktab jamoasiga
👉3-oʻrin 55-IDUM jamoasiga va
👉4-oʻrin 6-maktab jamoalariga nasib etdi.
Tadbir soʻnggida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalarga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib oʻtamiz: 1-oʻrinni egallagan jamoa viloyat bosqichida tumanimiz shaʼnini himoya qiladi.
✍️  Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.me/buloqboshipress

🔴 Тошкентда «Hotel Business Forum» 2025 бошланди

🔴 «Инновациялар ва барқарорлик: меҳмондўстлик саноатидаги янги технологиялар» мавзусида «Hotel Business Forum-2025» ўз ишини бошлади

🔴 «Hotel Business Forum-2025»: меҳмондўстлик йўналишида кадрлар тайёрлашнинг янги тенденциялари

🔴 IV Миллий меҳмондўстлик мукофоти ғолиблари тақдирланди


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Milliy liboslar — har bir xalqning madaniyati, an'analari va tarixidan kelib chiqib, maxsus tayyorlangan kiyimlar. Ular odatda xalqning o'ziga xosligi, urf-odatlari va qadriyatlarini aks ettiradi.

✍️  Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉https://t.me/buloqboshipress

Булоқбоши туманига кириб келишдан бошлаб туманнинг барча худудларида ободонлаштириш, ахоли хонадонларининг ва савдо ,маиший хизмат кўрсатиш шохобчалари, ижиимоий соҳа обьектлари биноларининг ташқи фасадларини таъмирлаш, махсус рангда бўяш, ноқонуний қурилмаларни бузиш, дарахт ва кўчатларга шакл бериш ишлари қизғин давом этмоқда. Бунда ташкиот, корхона, муассасалар. шунингдек ахолии барча қатлами фаол иштирок этмоқда. Бу ишларга туман ҳокими ва сектор рахбарлари бошчилигида барча туман фаоллари иштирок этмоқда. Туманни қиёфаси тубдан ўзгариб бормоқда.

✍️  Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати.
👉 https://t.me/buloqboshipress

Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika fanidan – yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
Tarix fanidan – yozma;

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:

Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlari orqali beriladi.

✍️  Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉
https://t.me/buloqboshipress

@hilola_umarova

Buloqboshi tumanida "Prokuror kubogi" sovrini uchun Yunon-Rim kurashi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
🥋Ushbu musobaqada 50 nafar kurashchilar o'zaro bellashishdi.
🏆Musobaqa yakunida g'oliblar qimmatbaho sovg'a, medallar hamda diplom bilan taqdirlandilar.

✍️  Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉
https://t.me/buloqboshipress

❗️ Yoshlar bandligini ta'minlash asosiy vazifamiz.

Bugun Aloqa Bank deportamenti direktori Muxtorbek Xojimatov Buloqboshi tumanida bo'lib, tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan yoshlar bilan uchashuv tashkil etdi. Uchrashuv jarayonida yoshlarni qay tartibda kredit olish va undan to'g'ri foydalanish borasida tushuncha berib o'tdi.

✍️  Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉
https://t.me/buloqboshipress

OBOD YURT - FAROVON HAYOT TIMSOLI❗️

✍️  Buloqboshi tumani hokimligi Matbuot xizmati.
👉
https://t.me/buloqboshipress

Ёшларга эътибор давлат сиёсати даражасига кўтарилган юртимизда ёшларнинг билим олишлари, дам олишлари, спорт билан шуғулланишлари, айниқса, уларни касбга йўналтириш, бандликларини таъминлаш масалаларига алоҳида аҳамият қаратиб келинмоқда.

🔷 Бугун 3-сектор ҳудудида жойлашган маҳаллалардан уюшмаган ишсиз ёшлар ва пробация рўйхатида турувчи фуқаролар билан туман ИИБ бўлими ходими Э.Маматалиев ва Ёшлар агентлиги туман рахбари П.Адахамовлар учрашув ўтказдилар.

🔻 Ёшларнинг ҳар бири билан суҳбатлашиш асносида уларнинг муаммолари ўрганилди ҳамда ишсиз ёшларни ишга жойлаштириш бўйича масъулларга топшириқлар берилди.

✍️  Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати.
👉 https://t.me/buloqboshipress