Últimas Postagens de Бу АмерикаУЗ® (@bu_amerikauz) no Telegram

Postagens do Canal Бу АмерикаУЗ®

Бу АмерикаУЗ®
--> USA yangiliklari va qiziqarli faktlar kanali Bu Amerika UZ

--> Asosan Amerikada yashayotgan yoki endi kelgan yurtdoshlarimiz uchun kunlik yangiliklar va foydali ma'lumotlar

Murojaat uchun: @Amerika_admin
3,285 Inscritos
933 Fotos
1,265 Vídeos
Última Atualização 06.03.2025 10:16

Canais Semelhantes

Amerikadagi O'zbeklar
14,287 Inscritos

O conteúdo mais recente compartilhado por Бу АмерикаУЗ® no Telegram

Бу АмерикаУЗ®

04 Mar, 04:51

1,310

🚔 ICE Nyu-Jersidagi immigratsiya markazining ishini qayta tiklaydi

Nyuarkda yana 1 ming o'rinli migrantlar uchun mo'ljallangan Delaney Hall markazi ochilmoqda. Bu shtatdagi eng yirik markazga aylanadi. Markaz Nyuark aeroportidan uch mil uzoqlikda joylashgan bo'lib, bu amaldorlarning so'zlariga ko'ra, "Tramp siyosati doirasida" deportatsiyalarni tezlashtiradi, deb yozadi NBC New York.

Shartnoma 15 yilga tuzilgan va 1 milliard dollarga baholanmoqda. ICE ochilishning aniq sanasini aytmayapti.

Ma'muriyat jinoyatchilarga e'tibor qaratishga va'da berganiga qaramay, fevral oyida ICE sudlanganligi yoki ayblanganligi yo'q 1800 dan ortiq odamni qo'lga oldi, bu yangi hibsga olishlarning 41% ni tashkil etdi.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

02 Mar, 21:07

1,660

One week from today, clocks will spring forward one hour on Sunday, March 9, as daylight saving time begins across most of the United States. This will result in later sunrises and sunsets.⁣

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

02 Mar, 21:06

1,730

🇺🇸🇺🇦 Трамп ва Зеленский ўртасидаги тортишувнинг ўзбекча таржимаси.

Манба: Kunuz

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

02 Mar, 21:05

1,324

🇺🇸 Трамп гиёҳванд модда сотувчилари учун ўлим жазосини жорий этмоқчи

Жазо жуда қаттиқ бўлиши керак. Агар эътибор берган бўлсангиз, ўлим жазоси мавжуд бўлган ҳар бир мамлакатда гиёҳванд моддалар билан боғлиқ муаммо йўқ, деди Оқ уй раҳбари.

Mазкур жазо “инсонварлик” жиҳатдан муқобил экани, чунки наркотик сотувчиси “камида 500 кишини ўлдириши”ни таъкидлади.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

02 Mar, 21:04

1,436

Исроил Рамазон ва Пасха ойлари давомида Ғазода вақтинчалик оташкесимга рози бўлди.

АҚШ элчиси Стив Уиткоффнинг таклифи асосида оташкесим келишуви қабул қилинди.

Исроил гаровдаги маҳбусларнинг ярмини озод қилади, қолганлари эса доимий оташкесим келишувидан сўнг озод қилинади.

Нетаняҳу идораси бу қарорни ҳозирги оташкесим муддати тугашига бир неча соат қолганида расман тасдиқлади.

Пасха
– яҳудийларнинг Песах байрами бўлиб, у Яҳудий тақвимининг нисан ойида (одатда март-апрел ойларига тўғри келади) нишонланади. Бу байрам Яҳудийларнинг Мисрдаги қулликдан қутулиши ва Мусо алайҳиссалом бошчилигида озодликка чиқишини хотирлаш учун ўтказилади.


@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

01 Mar, 17:44

2,151

Amerika Vaqti bilan Ramazon taqvimi.

Shtatlar bo'yicha taqvimlar kerak bo'lsa adminga murojaat qilsangiz tashlab beradi.

Manba
@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

01 Mar, 17:31

1,634

#Тезкор

⚡️Трамп маъмурияти Зеленский билан муносабатни тугатди – Bloomberg

Доналд Трамп маъмурияти Украина президенти Володимир Зеленский билан муносабатларни узди. Бу ҳақда Bloomberg хабар бермоқда.

Нашр манбаларига кўра, Трамп Украинадаги можарога барҳам бериш ҳаракатларидан воз кечмайди, аммо Киевга босимни кучайтириши ва Зеленский билан бевосита мулоқотдан қочиши мумкин.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

01 Mar, 17:29

1,693

🇺🇸🇲🇽 АҚШ Трампнинг чегарага оид талабларини бажармаса, Мексика билан уруш бошлаши мумкин, — Wall Street Journal АҚШ Мудофаа вазирлигига таяниб хабар қилди.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

28 Feb, 19:41

1,622

🏛️⚖️ Nyu-York meri advokatlari Erik Adamsga qarshi ishni butunlay yopishni talab qilmoqda

Gothamist nashrining yozishicha, Erik Adamsning himoyachilari prokuraturani xizmat hujjatlarini oshkor qilishda ayblamoqda, buning natijasida sud xolis bo'lmay qolgan va ish siyosiy tus oldi.

Ommaviy axborot vositalariga sobiq federal prokuror Daniel Sassunning Adamsga qarshi ishni nega yopib bo'lmasligini tushuntirgan xati sizib chiqdi. Bosh prokuror o'rinbosari Emil Bovning buyrug'i bilan tergovni to'xtatishdan bosh tortgandan so'ng, Sassun iste'foga chiqdi va Bov mer Tramp ma'muriyati uchun muhim, chunki u noqonuniy immigratsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berishi mumkinligini aytdi.

Adamsga qo'yilgan ayblovlar
▪️ Sentyabr oyida u turkiyalik amaldordan 100 ming dollar noqonuniy xayriya va to'langan sayohatlar olganlikda ayblangan.
▪️ U aybini rad etadi va iyunda Demokratik partiyaning praymerizida ishtirok etadi.

Sud hozircha aprel oyiga belgilangan jarayonni bekor qildi va ishni butunlay yopish variantini ko'rib chiqmoqda.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

26 Feb, 21:43

3,065

‼️ Tramp 14 yoshdan katta barcha muhojirlarni USCIS rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish va barmoq izlarini topshirishga majbur qildi

USCIS saytida barcha noqonuniy muhojirlar uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tish talabi e’lon qilindi.

Shuningdek, ilgari barmoq izlarini bermagan muhojirlar (masalan, quruqlik orqali AQShga kirgan kanadaliklar) 2025-yil 25-fevraldan boshlab yoki 14 yoshga to‘lganidan keyin 30 kun ichida buni bajarishlari shart.

Aks holda, muhojirlarga 5000 dollar jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish sayti shu hafta ishga tushadi.

Yaqinlarga ulashib qo'yamiz!
@Bu_AmerikaUZ