Nyu-York meri Erik Adams videoda boshpana so'rovchilarni qabul qilish va gumanitar yordam ko'rsatish markazi bo'lib xizmat qilgan mehmonxona tez orada yopilishini e'lon qildi. Bunga yangi keluvchilar soni kamaygani sabab qilib ko'rsatildi.
🔹 2023-yil may oyida Nyu-Yorkka har hafta 4 ming immigrant kelardi
🔹 Hozir bu raqam haftasiga 350 kishiga kamaydi
🔹 Boshpana so'rovchilarning 75 foizi Rooseveltga joylashtirilgan
Shahar yil davomida yana 53 ta markazni yopishni rejalashtirmoqda. Bu choralar "millionlab dollarlarni" tejashga yordam berishi kutilmoqda.
@Bu_AmerikaUZ