أحدث المنشورات من Бу АмерикаУЗ® (@bu_amerikauz) على Telegram

منشورات Бу АмерикаУЗ® على Telegram

Бу АмерикаУЗ®
--> USA yangiliklari va qiziqarli faktlar kanali Bu Amerika UZ

--> Asosan Amerikada yashayotgan yoki endi kelgan yurtdoshlarimiz uchun kunlik yangiliklar va foydali ma'lumotlar

Murojaat uchun: @Amerika_admin
3,285 مشترك
933 صورة
1,265 فيديو
آخر تحديث 06.03.2025 10:16

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Бу АмерикаУЗ® على Telegram

Бу АмерикаУЗ®

26 Feb, 21:37

1,701

🏙️ Nyu-York Roosevelt mehmonxonasidagi immigrantlarni joylashtirish markazini yopadi

Nyu-York meri Erik Adams videoda boshpana so'rovchilarni qabul qilish va gumanitar yordam ko'rsatish markazi bo'lib xizmat qilgan mehmonxona tez orada yopilishini e'lon qildi. Bunga yangi keluvchilar soni kamaygani sabab qilib ko'rsatildi.

🔹 2023-yil may oyida Nyu-Yorkka har hafta 4 ming immigrant kelardi
🔹 Hozir bu raqam haftasiga 350 kishiga kamaydi
🔹 Boshpana so'rovchilarning 75 foizi Rooseveltga joylashtirilgan

Shahar yil davomida yana 53 ta markazni yopishni rejalashtirmoqda. Bu choralar "millionlab dollarlarni" tejashga yordam berishi kutilmoqda.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

26 Feb, 19:00

1,801

🇺🇸 Трампнинг тарафдорлари АҚШ Конституциясини Трамп яна бир муддатга сайланиши учун ўзгартирмоқчи, деб ёзади NBC.

1951-йилда Конституцияга киритилган 22-ўзгартиришга кўра, бир шахс икки мартадан ортиқ давлат раҳбари этиб сайланиши мумкин эмас.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

26 Feb, 18:59

2,019

🇺🇸 Трамп: Сиёсатчи Иқтисодчи

"Олтин карта" ҳақида: Трамп Америка фуқаролигини 5 миллион долларга сотмоқчи ва АҚШ давлат қарзини тўламоқчи: у EB-5 иммиграция инвесторлари дастурини янги “Олтин карта” билан алмаштирмоқчи.

Трампнинг қўшимча қилишича, россиялик олигархлар олтин карталарга даъво қилишлари мумкин. "Эҳтимол, биз бу карталарнинг бир миллионини ёки ундан кўпини сотамиз. Бундай ҳолда, биз 5 триллион доллар ишлаб оламиз ва агар биз ушбу карталарнинг 10 миллионини сотсак, биз 50 триллион долларга эришамиз ва АҚШнинг 35 триллион долларлик давлат қарзи бор, бу яхши бўларди."

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

24 Feb, 13:43

2,108

🇲🇽🇺🇸 Мексика картеллари кокаин ўрнига АҚШга тухум контрабандасига ўтишди.

Божхона маълумотларига кўра, 2024-йил октябрдан 2025-йил февралгача чегараларда тухум мусодара қилиш 29% га ошган.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

24 Feb, 08:34

2,180

❗️Олимлар туғма кўрликни енгишди — шифокорлар туғма кўр бўлган бўлаларни тарихда биринчи бор даволай олишди.

Болаларга AIPL1 генидаги мутация натижасида келиб чиққан туғма амауроз ташхиси қўйилган, шу сабабли улар бутунлай кўр бўлиб қолишган. Шифокорлар ушбу болалар кўзининг тўр пардасига геннинг соғлом нусхаларини жойлаштирдилар. Операциядан беш йил ўтгач ҳам улар яхши кўришмоқда.

Ҳозирда ушбу болалар ота-оналарининг юзларини таний оладилар, ҳатто ўқиш ва ёзишлари мумкин.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

24 Feb, 08:33

1,895

🇺🇸🏳️ “Толибон” АҚШ ҳарбийлари қолдириб кетган қурол ва техникалар қайтарилмаслигини айтди

Америкаликлар қолдириб кетган қуроллар уруш ўлжаси бўлиб, афғон халқининг қонуний мулки ҳисобланади. Агар кимдир уларни биздан тортиб олишга уринса, айнан ўша қуроллардан фойдаланиб жавоб берамиз, деди “Толибон” расмий вакили Забиҳуллоҳ Мужоҳид.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

24 Feb, 07:19

1,864

‼️O'zbekiston fuqarolari Kosta-Rikaga deportatsiya qilinmoqda: bir necha oila ularni AQShga qaytarishni so'ramoqda

4-fevral kuni AQShga noqonuniy yo'l bilan kirgan O'zbekiston fuqarolari Kosta-Rikaga deportatsiya qilindi. Bu haqda Byuro kanalli a'zosi Dinora   ismli ayol ma'lum qildi.

Dinoraning xabar berishicha, 4-fevral kuni bir necha o'zbek oilasi Meksika chegarasidan o'tib, boshpana so'ragan. Immigrantlar San-Diyegodagi qamoqxonaga jo'natilgan.

"19-fevraldan 20-fevralga o'tar kechasi bizni immigratsion qamoqxonadan olib, samolyotga o'tqazishdi va Kosta-Rikaga olib ketishdi. Bu yerda bizni immigrantlar uchun boshpanaga joylashtirishdi. Bu yerda odamlar ko'p, o'zbeklar ham ko'p. Endi biz Amerikaga qaytish uchun advokat topishga harakat qilyapmiz", - deya xabar berdi Dinora.

Ayolning ta'kidlashicha, AQShdan Kosta-Rikaga uchganlarning barchasidan pasportlari olib qo'yilgan. Qo'llariga faqat hujjatlarning nusxalari berilgan. Pasportlarni O'zbekistonga deportatsiya qilishdan oldin qaytarishga va'da berishgan. Immigratsiya bo'yicha advokatlarning fikriga ko'ra, bunday vaziyatda AQShdan yuridik yordam berishi dargumon va O'zbekiston fuqarolarini Amerikaga qaytarishning iloji bo'lmaydi.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

24 Feb, 07:12

1,675

Aviakompaniyalar vazn uchun to'lov joriy etishni ko'rib chiqmoqda: og'ir vaznli yo'lovchilar ko'proq to'lashi mumkin – Fox News

📍Aviatsiya vakillari yangi tashabbusni muhokama qilmoqda: yo'lovchilarning vazniga asoslangan avia chiptalar uchun to'lov joriy etish. Bunday yondashuv aviakompaniyalarga yoqilg'i sarfini kamaytirishga va uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam berishi mumkin.

📍Unda aytilishicha, Chiptalar narxini hisoblashda yo'lovchilarning vaznini hisobga olish kerak. 2013-yilda Samoa Air aviakompaniyasi "vazn solig'i" deb nomlangan shunga o'xshash tizimni joriy qilgan edi, unda yo'lovchilar o'z vazniga qarab to'lashgan, ammo bu tizim keng tarqalmagan. 2024-yil fevral oyida Finnair samolyotlarning muvozanatini va yuklanishini hisoblashni yaxshilash uchun Xelsinki aeroportida yo'lovchilarning qo'l yuki bilan birga vazni to'g'risidagi ma'lumotlarni ixtiyoriy ravishda yig'ishni boshladi.

📍Ekologiya bo'yicha mutaxassislar har bir ortiqcha funt bortda yoqilg'i sarfini oshirishini ta'kidlashadi va samolyot vaznini 1% ga kamaytirish taxminan 0,75% yoqilg'ini tejashga imkon beradi.

@Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

24 Feb, 02:47

1,826

АҚШ Президенти Дональд Трамп "Толибон"дан қуролларни қайтаришни талаб қилди
 
Дональд Трамп йиллик Консерватив сиёсий ҳаракатлар конференциясидаги нутқида қуйидагича таъкидлади: “Биз Афғонистонга 2-2,5 миллиард доллар ёрдам берамиз, бу яхши, лекин мен қуролларимизни қайтариб беришларини хоҳлайман... Уларда танклар, юк машиналари, қуроллар, тунги кўриш ускуналари бор. Бизникидан яхшироқ. Бу ақл бовар қилмайдиган нарса. Мен бу ускунани қайтариб олмоқчиман".

👉 @Bu_AmerikaUZ
Бу АмерикаУЗ®

23 Feb, 12:52

1,501

Uchar mashinalar allaqachon haqiqatga aylangan.

Alef Aeronautics kompaniyasi Kaliforniya yo‘lida elektromobilning boshqa avtomobil ustidan “sakrab o‘tayotgani” tasvirini e’lon qildi.

Kompaniya allaqachon 3 mingta oldindan buyurtma olgan. Avtomobil 300 ming dollarga tushadi.

@Bu_AmerikaUZ