Xorazm | BBA Telegram Posts

Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi rasmiy telegram kanali
Bog’lanish: @BBAXorazmbot
e-mail: [email protected]
Bog’lanish: @BBAXorazmbot
e-mail: [email protected]
1,589 Subscribers
4,841 Photos
655 Videos
Last Updated 13.03.2025 13:14
Similar Channels

19,128 Subscribers

4,352 Subscribers

2,179 Subscribers
The latest content shared by Xorazm | BBA on Telegram
#Abituriyent2025 #BaholashMezoni
☄️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
📖 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️ 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
💼 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️ 60 ta savoldan jami 156,0 ball.
✅ 2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
📚 Fanlar majmuasi bu yerda
✍️ Javoblar varaqasi bu yerda
✍️ @BBAXorazm
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
#Abituriyent2025 #JavoblarVaraqasi
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
✍️ Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.
📚 Fanlar majmuasi bu yerda
✍️ @BBAXorazm
2025-yil 12-mart kuni kimyo va biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.
👮 Ichki ishlar organlariga ishga kiruvchi nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi
🗓 Joriy yil 12-mart kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan taqdim etilgan nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.
📖 Test sinovlarida ishtirok etgan nomzodlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha imtihon topshirdi.
⚠️ Test topshiruvchilarga 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt berildi.
📂 Test sinovi natijalari belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
✍️ @BBAXorazm