🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi @bagatpschool Channel on Telegram

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@bagatpschool


Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Official site: Coming soon...
Telegram:https://t.me/BagatPSchool
Facebook:https://fb.com/BagatPSchool
Instagram:https://instagram.com/BagatPSchool
YT:https://www.youtube.com/@BagatPSchool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Uzbek)

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kanali haqidannBog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi - bu o'quvchilarga yaqin va eng yuqori sifatli ta'lim berish maqsadida tashkil etilgan xususiy o'quv markazi. Bu kanal orqali siz yangi texnologiyalar va yangi metodikalar orqali o'z malakangizni oshirishingiz mumkin

Loyihaga a'zo bo'lib, siz o'zingizni professional o'qituvchingiz bilan tanishing va eng yangi bilimlarni oshiring. Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kanali orqali siz o'zingizni sifatli va muvofiqlashtirilgan ta'lim bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lasiz

Agar siz ham ko'p yil o'qishimizdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, unda Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib, ta'lim sohasidagi rivojlangan yangiliklarga ega bo'ling

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kanali bilan birga, siz o'z bilim va malakalaringizni rivojlantirishingiz va yangi yonalishlarda rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizni o'zimizni o'rtasidagi qulay yokiq ildizga taklif qilamiz - Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan butun dunyoqarashib kutishni quyidagilarni ulashish orqali boshlang!
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi - bu muvofiq texnologiyalar, sifatli ta'lim va eng yangi metodikalar bilan o'z malakalaringizni oshiring va professional o'qituvchilar bilan tanishing!
Obuna bo'ling va o'zingizni yangilash va rivojlantirishning eng qulay yo'li bo'lgan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kanalidan foydalaning!
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kanaliga ushbu havola orqali obuna bo'lishingiz mumkin: nnTelegram: https://t.me/BagatPSchoolnFacebook: https://fb.com/BagatPSchoolnInstagram: https://instagram.com/BagatPSchoolnYT: https://www.youtube.com/@BagatPSchool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Feb, 08:25


#Bogʻot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Bobur_day
#Chellenj

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-"B"sinf oʻquvchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tayyorlagan videoroligi.

💬@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Feb, 08:24


#Bogʻot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
🤚#5_TASHABBUS_AMALDA


🇺🇿Joriy yilning 7-fevral kuni Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining shaxmat murabbiysi Yaqubov Bahrom boshchiligida, o'qituvchi va xodimlar o'rtasida «Direktor kubogi» shaxmat turnirini bo'lib o'tdi.

🔰Musobaqada barcha professional va havaskor shaxmatchilar ishtirok etishdi.

🏆Bellashuv natijalariga ko'ra:

🥇Oliy toifali matematika fani o'qituvchisi: Kamalov Ne'matjon
🥈 Oliy toifali fizika fani o'qituvchisi: Rozzoqov Anvar
🥉 Bosh hisobchi: Quryozov Sirojbek g'oliblikni qo'lga kiritishdi
.


💬@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

25 Jan, 12:47


#Bogʻot_IM

🔠🅰️🔠🅰️🔠🔠🔠

🏠Bugun Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilariga o'z mutaxassisligi bo'yicha bilim darajalarini sinovdan o'tkazish maqsadida 2024-2025 o'quv yilidagi navbatdagi DTM namunasidagi sinov testi o'tkazildi.

DTM namunasidagi testlar o'quvchilarda kirish imtihonlari jarayonlariga tayyorgarliklarini yanada oshirishga va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishga yordam beradi.

👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

24 Jan, 17:15


#xalqaro_konferensiya

🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📶 Konferensiyada:
Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.

Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.

📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.

🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.

🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA

📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

23 Jan, 17:18


#Ish

Ish qidirayotgan oliy ma'lumotli kimyo fani o'qituvchilarini telegram orqali @Dilmurod_Ruzmetov ga yozishlarini so'raymiz!

Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashib qo'ying!

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

22 Jan, 10:30


#KUN_HIKMATI

Sekin harakat qilishdan qo‘rqmang, qotib qolishdan qo‘rqing.

Bryus Li

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

21 Jan, 07:19


#OAV_biz_haqimizda

MY5 | O'quvchilarimiz xalqaro olimpiadada tarixiy natija qayd etishdi

Batafsil "Hudud" informatsion dasturining videolavhada kuzatishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

19 Jan, 16:28


#Bizning_qahramonlar

🔺21-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASIDA YURTIMIZ SHARAFINI YUKSAKLARGA KOʻTARGAN YOSH QAHRAMONLARIMIZ HAQIDA!

Batafsil videolavhada kuzatishingiz mumkin

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

18 Jan, 18:18


#Bizning_qahramonlar

⚡️XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 21-xalqaro Jautikov olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

📍Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ustoz va o’quvchilar, keng jamoatchilik va OAV vakillari, mas’ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarni qizg’in tabriklashdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu 21-xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘quvchilarimiz jami 19 ta medalni qo‘lga kiritishgan edi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

18 Jan, 11:14


Xorazmlik xalqaro olimpiada g'oliblari.

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

17 Jan, 16:03


#Xalqaro_olimpiada

BOGʻOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI OʻQUVCHISI MAQSADBEK EGAMBERDIYEV 21-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI GʻOLIBIGA AYLANDI

13-17-yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu nufuzli olimpiadada Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Maqsadbek Egamberdiyev bronza medalini qo'lga kiritdi.

Ushbu xalqaro muvaffaqiyat bilan barcha eldoshlarimizni tabriklaymiz!


@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

05 Jan, 14:14


#maktabimiz_haqida

Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari ilmga chanqoq, zukko, bilimdon oʻquvchilarini kutmoqda.

📍Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan ushbu video orqali yaqindan tanishib olishingiz mumkin!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

05 Jan, 06:40


#biz_haqimizda
#qisqacha

🤩 AGENTLIK TIZIMIDA HOZIRGI KUNDA:
14 ta Prezident maktabi;
9 ta ijod maktabi;
2 ta sport maktabi;
185 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari;
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Fan olimpiadalari markazi;
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
"Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

🗣Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

04 Jan, 12:33


#Bogʻot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Sertifikatlar

🏢Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-2025-oʻquv yili ''SERTIFIKATLARNI QO'LGA KIRITISH YILI'' deb e'lon qilingan.

❗️Maktabimizda ushbu shior amalda o'z natijasini bera boshlagani haqida oldinroq xabar bergan edik. Oʻquvchilar xalqaro darajadagi hamda umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha  milliy sertifikatni qo'lga kiritishda davom etmoqdalar.

😀😃😁😁😃 IELTS sertifikatini qo'lga kiritgan o'quvchilar:

IELTS 6.5–  11-sinf  Romonberdiyev Shahriyor

IELTS 6.5– 
11-sinf  Ozodboyev Abbosbek

IELTS 6.5–  11-sinf  Amanboyeva Mashhura

IELTS 6.5–11-sinf  
Madrimova Shirinoy

IELTS 6.0–  11-sinf
Abdullayeva Sohiba

IELTS 6.0–11-sinf  
Shonazarova Shaxzoda

IELTS 6.0–  11-sinf  Rustambayeva Saida

IELTS 6.0– 11-sinf
Xushnudov Komiljon

📊🇺🇸🇺🇸🇺🇸 sertifikatini qo'lga kiritgan o'quvchilar:

 CEFR B2 
11-sinf Xudoyberganova Durdona

 CEFR B2 
11-sinf Xudoyorov Azizbek

  CEFR B2  -
10-sinf  Baltabayev Jamolbek

 CEFR B2  -
7-sinf  Udanboyeva Asalxon

 CEFR B2  -
7-sinf Otaxonova Ruxshona

  CEFR B1  -
7-sinf Yaqubov Iso

  CEFR B2  -
8-sinf Ro'zmetova Gulnora

  CEFR B2  -
8-sinf Xudoyberganov Elyorbek


📊Umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatni qo'lga kiritgan o'quvchilar:

🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

📈 Ona tili fanidan

A+  11-sinf  Rustambayeva Saida

A   11-sinf Shonazarova Shaxzoda

B +  11-sinf Sultonova Dilnura

B+   9-sinf Otanazarova Muxlisa

B   11-sinf Amanboyeva Mashhura

C+ 11-sinf Egamberganova Jasmina

C+   11-sinf Xudoyberganova Durdona


🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

📈 Matematika fanidan

A 11-sinf Nurullayeva Sevara

A 11-sinf Safayev Sardor

B+   11-sinf Barganboyev Sherzod

B+ 11- sinf Yusufova Zeboxon

B   11-sinf. Sotiboldiyev Asadbek

B 11-sinf Abdullayeva Sohiba

B 10-sinf Shonazarov Iskandar

B 11-sinf Egamberdiyeva Karomat

B 11-sinf Satubaldiyev Javohir

B 10-sinf Ilhamova Sabina

C+ 11-sinf Sa'dullayev Murodjon

C+ 11-sinf Otaxonova Gulsevar

C   11-sinf Matnazarov Jalilbek


🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

📈 Fizika fanidan

C+ 11-sinf Barganboyev Sherzod

C 11-sinf Alisherov Nuryog'du

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari 2024-yil sentabr oyidan beri qo'lga kiritilgan sertifikatlar soni 38 taga yetdi
.
💬@BagatPSchool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

31 Dec, 18:04


#Bogʻot_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Yil_sarhisobi
#2024_yil

2024-YIL DAVOMIDA BOGʻOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

📍Oliy ta’limga kirish ko’rsatgichi 95% ni tashkil qildi;

📍“BIR BO’LSAK YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK VATANMIZ!” shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" bayram tadbiri bo'lib o'tdi;

📍Maktabimizda kutubxona mudiri va 5- sinf o'quvchilari bilan birgalikda "KITOB-ENG YAXSHI DO'ST" loyihasi tashkil qilindi;

📍19-sentabr maktabimizda "Zakovat" intellektual o'yinlarining 2024-yilning kuzgi mavsum 1-tur o'yini bo'lib o'tdi;

📍Maktabimizda 1-oktabr “ Ustoz va murabbiylar kuni” keng nishonlandi;

📍Maktabimizda Shaxmat va robotatexnika darslari yo'lga qo'yildi;

📍21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining  35 yilligi munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida "Qadring baland bo'lsin- ona tilim” deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi;

📍8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag’ishlangan tadbir maktabimizda keng nishonlandi;

📍2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmon ijrosini ta'minlash maqsadida  maktabda "YOSH AKADEMIKLAR" klubi tashkil qilindi;

📍20 nafar o’quvchimizga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi;

📍Oliy toifali o’qituvchilar soni 90%ni tashkil qildi;

📍4 nafar o’qituvchimiz IELTS 7.5 5 nafari CEFR C1 sertifikatini

📍15 nafari  umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlarni ;

📍9 nafar o’qituvchimiz xalqaro GMAT sertifikatlarini;

📍2 ta fizika,1ta informatika,1ta tarix va 1 ta matematika fan o’qituvchilarimiz ingliz tili fanidan CEFR B2 /B1 sertifikatlarini qo'lga kiritishdi;

📍"YOSH AKADEMIKLAR"klubi a'zolari Toshkent texnika universiteti professori,akademik Allayev Kaxramon Raximovich bilan uchrashuv tashkil qilindi;

📌2024 -yil yakuniga ko’ra:

➡️12 nafar o’quvchi IELTS;
➡️28 nafar o’quvchi Milliy;
➡️12 nafar o’quvchi Multilevel;
➡️1 nafar o’quvchi SATsertfikatini qo’lga kiritishdi;

📍Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan xalqaro Jautikov olimpiadasida bronza, Turmanistonda boʻlib oʻtgan xalqaro matematika olimpiadasida oʻquvchimiz oltin medalni qoʻlga kiritdi;

📍Ruminiyaning Buxarest shahrida o’tkazilgan 21-xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida o’quvchimiz BRONZA medalini qo’lga kiritdi va maktabimiz 3 ta xalqaro medalga egalik qilmoqda;

📍Asosiy fan olimpiadaning viloyat bosqichida jami 6 nafar o’quvchi g’olib deb topilib, respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi;

@BagatPSchool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

31 Dec, 17:33


#Sarhisob_bayrami

Yangi 2025-yil muborak bo'lsin!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

31 Dec, 07:46


#Tabrik

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, Aziz va muhtaram ustozlar, Qadrli hamkasblar!

Sizlarni qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan yangi – 2025-yil bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Vatanimizning porloq kelajagi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ma’suliyatli va mashaqqatli faoliyatingizga ulkan zafarlar, ilmiy, ijodiy ishlaringiz va intilishlaringizda muvaffaqiyatlar, oilangizga totuvlik, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

2025-yil barchamizning xotiramizda abadiy yaxshiliklar bilan eslanadigan yil bo'lishiga tilakdoshmiz! Yurtimiz tinch, yaqinlarimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

31 Dec, 07:31


Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

29 Dec, 14:41


⚡️Абитуриент қайси фанларни танласа, келгусида қайси йўналишларга тўғри келиши аниқ бўлди

Янги фанлар мажмуаси тасдиқланди.

2025/2026-ўқув йили
учун бакалавриат таълим йўналишлари мақбуллаштирилиб, уларга мос тест синови (касбий (ижодий) имтиҳон) топшириладиган фанлар мажмуаси қайта тасдиқланди.

Қабул бошланганда абитуриентлар фақат фанлар мажмуаси танлайди. Бундай вазиятда кўплаб абитуриентлардан “мен фалон фанларни танласам, бу келгусида қайси йўналишларга тўғри келади?”, деган саволлар келиб чиқади.

Буни билиш учун юқоридаги файлда кўрсатилган фанлар мажмуаси билан танишиб чиқинг.

👉 @yangi_oylikbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.

Ўқитувчи | Мактаб таълими каналига обуна бўлинг 👇👇👇

https://t.me/+fIFNV3-cyDcyYjEy
https://t.me/+fIFNV3-cyDcyYjEy

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

24 Dec, 18:18


Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

Biz jamoamiz bilan ushbu
@bagatpschool kanalidagi obunachilarimiz sonini ikki barobar oshirish haqida o'ylab qoldik. Buning uchun bizga sizning yordamingiz kerak bo'lmoqda!

Maktabimiz faoliyatini yoritib boruvchi ushbu kanalga barcha yaqin insonlaringizni taklif etishingizni va kanalimiz manzilini telegram guruhlariga tashqatishda bizga yaqindan yordam berishingizni so'rab qolamiz!
Buning uchun barchangizga rahmatlarimiz bo'lsin!


@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

24 Dec, 17:23


#OAV_biz_haqimizda

Xorazm viloyatida Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

24 Dec, 10:01


#Jarayon
#CHSB
#2_kun
#3_smena

📌Ayni damda Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-sinf o'quvchilariga II chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash(CHSB) sinovlari bo'lib o'tmoqda.

O'quvchilar ushbu sinov imtihonini onlayn tarzda topshirmoqda.

Jarayon Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ZOOM platformasi orqali nazorat qilinmoqda.

💬@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

24 Dec, 07:10


#Jarayon
#CHSB
#2_kun
#2_smena

📌Ayni damda Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o'quvchilariga II chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash(CHSB) sinovlari bo'lib o'tmoqda.

O'quvchilar ushbu sinov imtihonini onlayn tarzda topshirmoqda.

Jarayon Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ZOOM platformasi orqali nazorat qilinmoqda.

💬@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

24 Dec, 03:50


#Jarayon
#CHSB
#2_kun
#1_smena

📌Ayni damda Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-sinf o'quvchilariga II chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash(CHSB) sinovlari bo'lib o'tmoqda.

O'quvchilar ushbu sinov imtihonini onlayn tarzda topshirmoqda.

Jarayon Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ZOOM platformasi orqali nazorat qilinmoqda.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

23 Dec, 14:24


#ChSB_imtihonlari
#1_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida II chorak yakuni boʻyicha ChSB imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

📸 Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

06 Dec, 04:45


#Sizlardan_umidimiz_katta...

Respublika bosqichida omad yor bo'lsin!!!

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

05 Dec, 18:28


#Asosiy_fan_olimpiadasi
#natija

📊 Asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichida IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI tizimidagi maktablar qo‘lga kiritgan sovrinli o‘rinlar reytingi

🌐 Telegram | Facebook

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

05 Dec, 15:44


#Olimpiada
#Bogʻot_IM

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABINING BIR GURUH O'QUVCHILARI TAQDIRLANDI

📍Xabaringiz bor, 25-noyabrdan 4-dekabrgacha asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli olimpiadada Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o'quvchilari munosib ishtirok etib, faxrli o'rin va pul mukofotlarini qo'lga kiritdilar.

1.Matematika 11-sinf
🥇1-o'rin Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o'g'li

2.Fizika 9-sinf
🥇1-o'rin Farhodov Oybek Fahriddin o'g'li

3.Rus tili va adabiyoti 9-sinf
🥇1-o'rin Sultanova Shabnam Sadulla qizi

4.Informatika 11-sinf
🥈2-o'rin Sotiboldiyev Asadbek Aybekovich

5.Matematika 11-sinf
🥉3-o'rin Berganboyev Sherzod Islomboy o'g'li

6.Matematika 9-sinf
🥉3-o'rin Matyoqubov Boburjon Bahromovich

✍️Ma'lumot o'rnida, g'olib o'quvchilarimizning uch nafari asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida ishtirok etishadi.

Maktab jamoasiga muvaffaqiyat va g'alabalar davomiy bo'lishini tilab qolamiz!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

05 Dec, 11:58


XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

📍Xabaringiz bor, 25-noyabrdan 4-dekabr kuniga qadar Urganch shahridagi 15-umumta'lim maktabida 1 700 nafardan ortiq 9-10-11-sinf o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚Bugun eng kuchlilar bir manzilda jam bo‘ldi. Olimpiadaning taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok qilib, barcha g‘oliblarni tabrikladilar.

📝Shundan so‘ng 15 ta fan bo‘yicha 1-2-3-o‘rin egalariga diplom hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

➡️1-o‘rin uchun - 2 million 250 ming so‘m
➡️2-o‘rin uchun - 1 million 500 ming so‘m
➡️3-o‘rin uchun - 1 million 125 ming so‘m pul mukofoti ajratildi.

✍️Ma'lumot uchun, jami g‘oliblar soni 135 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 45 nafar 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etishadi.

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

21 Nov, 14:05


Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga ma`qullandi

Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling👉
@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

21 Nov, 09:32


#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 21-noyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

20 Nov, 08:17


#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

20 Nov, 04:58


#Yurtim_bayrogʻi
#Boot_IM

Davlatımız  bayrogʻi-faxr va iftixorimiz!

🇺🇿 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yillik munosabati bilan 8-sinf o'quvchilari ishtirokida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda 8-sinf o'quvchilari kimyoviy tajribalar yordamida bayrog'imiz ko'rinishini hosil qilishdi.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

19 Nov, 16:26


#Favqulodda_vaziyatlar
#Bogʻot_IM

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo'yicha amaliy mashg'ulot o’tkazildi.


Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar vaqtida harakatlanish bo'yicha amaliy o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

19 Nov, 10:11


IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ta'lim samaradorligini oshirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida aytib o’tildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar ayni vazifani bajarishda tizimda lokomotiv boʻlib, ularning tajribasi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar, Agentlik faoliyati, tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra tayinlangan Agentlik direktori o‘rinbosari, Agentlik direktorining tegishli buyrugʻiga koʻra tayinlangan Fan olimpiadalari markazi direktori jamoaga tanishtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

19 Nov, 07:49


#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

18 Nov, 18:07


🇺🇿#millat_bayrogʻi
⚡️#Bogʻot_IM

🇺🇿Bogʻot tuman ixtoslashtirilgan maktabi jamoasi 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz bo’ylab davom etayotgan “Millat bayrogʻi” shiori ostidagi chellenjda faol ishtirok etdi.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

18 Nov, 16:02


🇺🇿#Yurtim_bayrogʻi
#Bogʻot_IM

Davlatimiz bayrogʻi-faxr va iftixorimiz!

🇺🇿 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o'quvchisi Ro'zmatova Charosxonning "Bir bayroq ostida birlashamız" mavzusida tayyorlagan video taqdimoti.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

18 Nov, 14:00


🇺🇿Rekord darajada kattalikdagi O‘zbekiston bayrog‘i Toshkentga olib kelindi

Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan rekord darajada — 100 metr kattalikdagi bayrog‘imiz 14-noyabr kuni Xorazmdan Toshkent tomon yo‘lga chiqqan edi.

Bayrog‘imiz bir necha kun davomida Xorazm Ichan Qal'asi, Buxoro Arki va Samarqanddagi Registon maydonida bir guruh harbiylar, yoshlar va boshqa vatandoshlarimiz qo‘llarida hilpirab, poytaxt tomon harakatlandi.

Bayroq bugun o‘zining so‘nggi yo‘nalishi — Toshkentga yetib keldi.

P.S.: Bayrog‘imiz erk va mustaqilligimiz timsoli sifatida yuksaklarda abadiy hilpirab tursin, ilohim!


👉 @BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

18 Nov, 04:52


#millat_bayrogʻi

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzidir. Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor.

Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga bitmas-tuganmas iftixor bagʻishlaydi.

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi davlatimiz ramzi qabul qilingan sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

17 Nov, 16:31


#millat_bayrogʻi
#chellenj_davom_etmoqda

🤩 Ixtoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan mamlakatimiz bo’ylab davom etayotgan “Millat bayrog’i” shiori ostidagi chellenjda faol ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

17 Nov, 06:55


Robocoding olimpiadasi.

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

17 Nov, 06:53


#Bogʻot_IM
#Robocoding_olimpiadasi

Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Robo-Coding" Olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.

Olimpiadada maktabning 5-8- sinflari jamoalar va 9-11- sinflaridan jamoalar 3 ta shart bo'yicha bellashdilar.

🏆G'olib bo'lgan jamoalar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

09 Nov, 09:50


Mukofot haqiqiy egasiga topshirildi

Bahodirov Ahrorbek 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalini qo‘lga kiritdi va navbatdagi xalqaro olimpiadadagi ishtiroki sabab taqdirlash marosimiga kela olmadi. Haqli ravishda 112 500 000 so‘m miqdordagi pul mukofoti qahramonimizning onalari Mahmuda opaga topshirildi.

Mahmuda opa, rahmat sizga, o‘g‘lingizni kitobga, ilmga qiziqtirganingiz uchun rahmat, o‘z yutuqlaringizdan farzandingiz yutuqlarini ustun qo‘yganingiz uchun rahmat!

Men uchun Mahmuda opa kabi onalar zamonamiz qahramoni. Jamiyatimizda sizdek onalar ko‘payishini xohlayman. Bilim bilan topilgan pul yaxshiliklarga buyursin!

@hilola_umarova

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

09 Nov, 07:11


#Xushxabar
#Viloyat_hokimi_olimpiadasi

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi "Viloyat hokimi olimpiadasi"da  g‘oliblikni qo'lga kiritdi!

🥇O'quvchimiz Farhodov Oybek Faxriddin o'g'li fizika fanidan viloyatda 1-o'rin sohibiga aylanib 5 MILLION so'm pul mufokotini qo'lga kiritdi.

📍Eslatib o'tamiz, o'quvchimiz 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi(IJSO-2024) ishtirokchisi, hokim olimpiadasining oldingi bosqichlarida ham, STEM fanlar olimpiadalarida  ham bir necha marta sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan edi.

🗣Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi va o'quvchimizning fidoiy ustozi Baltayev Boynazarga g'alabalar muborak bo'lsin!!!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

09 Nov, 06:05


U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Mohira, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

09 Nov, 06:05


Daler Rahimov

Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.

56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.

Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.

Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.

Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.

@hilola_umarova

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

09 Nov, 06:05


Asl qahramonlar kim?

Bugun yuzdan ortiq taqdirlanayotgan yoshlar hamda oʻqituvchilar nigohida xursandchilik, hayajon va gʻururni his qildik. Men esa oʻsha daqiqalarda ota-onalarga yuzlanib, ularning har biriga qayta-qayta rahmat aytgim keldi. Chunki ota-onaning ishonchi va koʻmagisiz oʻquvchi va oʻqituvchilarning mehnati yuzaga chiqmasdi.

Qadrli ota-onalar, farzandingizga bergan e'tiboringiz uchun men ham sizlardan minnatdorman.

Bugungi medallarning hammasi SIZNIKI!

@hilola_umarova

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

09 Nov, 06:05


2024-yil 8-noyabr!

Havas, xursandchlik va e’tiroflar kuni sifatida ko‘plab insonlarning yodida qoldi.

122 medal!

Bu tarixiy rekord! Qancha faxrlansak oz, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 medalni qo‘lga kiritishdi.

9 mlrd so‘m!

Bu viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan summa.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
– oltin medal sohibiga – 187,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 168,75 mln soʻm;
– kumush medal sohibiga – 112,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 93,75 mln soʻm;
– bronza medal sohibiga – 75 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 56,25 mln soʻm berildi.

Bu hali hammasi emas!

Ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

Bu katta natija!

O‘quvchilarimiz nafaqat ota-onasi va ustozlari, balki Prezidentimiz ishonchini ham oqladi. Bugungi raqamlar ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarning shirin mevasi bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman.

@hilola_umarova

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 16:35


#Kasaba_uyushmalari_kuni

11-noyabr kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan tayyorlagan videorolik.

🎗Barchani ushbu bayram bilan tabriklaymiz!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 14:08


. ⚡️⚡️⚡️⚡️

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️


#Prezident_farmoni_ijrosi
#OʻzFA_akademik_bilan_mahorat_darsi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ta'lim muassasalarining o‘quvchilari oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etilishi alohida belgilab oʻtilgan.

⚡️Mazkur farmon ijrosiga muvofiq  Bugun Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yosh akademiklar klubi a'zolari zoom platformasi orqali Toshkent davlat texnika universiteti  Texnika fanlari doktori, professor, xalqaro elektrotexnika fanlari akademigi  ALLAYEV QAHRAMON RAXIMOVICH bilan mahorat darsi bo'lib o'tdi, suhbat davomida hozirgi kundagi fizika fani bo'yicha dolzarb bo'lgan masalalar haqida ma'lumot berib o'tdi.

⚡️@BagatPSchool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 11:33


#Xalqaro_taqdirlash

Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.

Bugun 2023/2024-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏆Ushbu taqdirlash marosimida Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Maqsadbek Egamberdiyev va uning fidoiy ustozi Ne'matjon Kamalovlar ham ishtirok etishmoqda.

🎗Maktab jamoasining keyingi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 10:46


#bizning_jamoa

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Maqsadbek Egamberdiyev va ustozi Ne'matjon Kamalov taqdirlash marosimida ishtirok etishmoqda.

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 10:42


📣 9 milliard soʻm: mukofot jamgʻarmasi 5 yilda 11,5 barobarga koʻpaydi

🔹 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlari hamda asosiy olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichlari gʻoliblarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd. soʻm yoʻnaltirildi.

👉 Bu koʻrsatkich 2019-yilgi 780 mln soʻmdan qariyb 11,5 barobarga koʻpdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 10:42


Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot

Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.

Bugungi taqdirlash marosimida:

oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;

kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;

bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.

👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 10:42


Axborot 24 | Fan olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash marosimi
#8nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 10:08


📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal

🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:

Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);

Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);

Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);

Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);

Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);

Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;

Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;

Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);

Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);

Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);

Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;

Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;

Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 09:52


👏 4 ta nufuzli olimpiadada — 11 ta medal

Joriy yilda yurtimiz oʻquvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza), xususan:

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida 87 ta davlat (340 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida — 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza;

Buyuk Britaniyaning Bat shahrida 110 ta davlat (600 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 65-Xalqaro matematika olimpiadasida — 2 ta kumush, 3 ta bronza;

Eronning Isfaxon shahrida 46 ta davlat (230 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida — 1 ta bronza;

Misrning Aleksandriya shahrida 91 ta davlat (362 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta bronza, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda 61 ta (10 ta oltin, 15 ta kumush va 36 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.

___

👏11 медалей на 4 престижных Олимпийских играх

В текущем году учащиеся нашей страны завоевали 11 медалей (1 золотую, 4 серебряных и 6 бронзовых) на самых престижных международных олимпиадах, в частности:

56-я Международная олимпиада по химии в Эр — Рияде, Саудовская Аравия, с участием 87 стран (340 учащихся) 1 золото, 2 серебра, 1 бронза;

На 65-й Международной олимпиаде по математике в Бате, Великобритания, с участием 110 стран (600 учащихся) — 2 серебра, 3 бронзы;

На 54-й Международной олимпиаде по физике в Исфахане, Иран, с участием 46 стран (230 учащихся) — 1 бронза;

На 36-й международной олимпиаде по информатике, проходившей в Александрии, Египет с участием 91 страны (362 школьника), была завоевана 1 бронза, а также 61 медаль (10 золотых, 15 серебряных и 36 бронзовых) на региональных международных олимпиадах.

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

08 Nov, 09:38


#Taqdirlash

Ushbu taqdirlash marosimida Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchi va ustozlari ham ishtirok etishmoqda.

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

01 Nov, 13:38


#Bogʻot_IM
#zakovat

BOGʻOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI JAMOASI O'QITUVCHILAR O'RTASIDA BO'LIB O'TADIGAN ZAKOVAT O'YININING RESPUBLIKA BOSQICHIDA ISHTIROK ETISH UCHUN TOSHKENT SHAHRIGA JOʻNAB KETDI.

Xabaringiz bor, 3-noyabr kuni O‘qituvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o‘tkaziladi!

🏆Ushbu turnirda ishtirok etuvchi Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
🛩

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi tarkibi:

1. Dilmurod Roʻzmetov
2. Doniyor Xojaniyazov
3. Mohinur Masharipova
4. Anvar Rozzoqov
5. Gulmira Iskandarova
6. Ikrom Ro'zmetov

🗣Maktab jamoasiga omad yor boʻlishini va respublika bosqichida gʻalaba bilan qaytishini tilaymiz!!!

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

01 Nov, 11:31


#Jadidlar_izidan
#Boot_IM

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada rivojlantirish , ajdodlarimizning boy ma'naviy merosini keng targ'ib qilish orqali ularni kitobxonlikka jalb etish maqsadida "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi oʻtkazildi.

🎗Bugun Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mazkur tanlovning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi va unda 7-11 sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Bunda:
🥇1-oʻrin Xudashukirova Dinora
🥈2-oʻrin Ramonberdiyev Shaxriyor
🥉3-oʻrin Yaqubov Isobek g'olib deb topildi.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

31 Oct, 15:58


#yangi_baholash_tizimi

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA CHSB JARAYONLARI BO'LIB O'TDI.

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati va mas’ul ustozlari boshchiligida Bog'ot tumanidagi yangi baholash tizimiga o'tgan 6-14-25-son umumta’lim maktablarida birinchi chorak yakuni bo‘yicha summativ baholash sinovlari o‘tkazildi.

🎗Ma'lumot o'rnida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi 339-son buyrug‘i 4-ilovasi ushbu jarayonlar uchun huquqiy asos hisoblanadi.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

30 Oct, 15:51


. 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

#BIZNING_SHUNDAY_OʻQUVCHILARIMIZ_BOR

🟡Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi ABDULLAYEVA SOHIBA ZAKIRJAN QIZI matematika fanidan 80.49% ko'rsatgichli Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

💫O'quvchimizni maktab jamoasi nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz! Kelgusi o'qishlariga  ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🔵@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

30 Oct, 15:51


. 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

#BIZNING_SHUNDAY_OʻQUVCHILARIMIZ_BOR

🟡Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi BARGANBOYEV SHERZOD ISLOMBOY O'G'LI matematika fanidan 95.88% ko'rsatgichli Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

💫O'quvchimizni maktab jamoasi nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz! Kelgusi o'qishlariga  ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🔵@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

30 Oct, 15:51


. 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

#BIZNING_SHUNDAY_OʻQUVCHILARIMIZ_BOR

🟡Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi YUSUFOVA ZEBOXON DILMUROD QIZI matematika fanidan 94.58% ko'rsatgichli Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

💫O'quvchimizni maktab jamoasi nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz! Kelgusi o'qishlariga  ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🔵@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

22 Oct, 15:15


#Fakultativ_darslar

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida robototexnika darslar doimiy yo'lga qo'yilgan.

Maktabning robototexnika va sun'iy intellekt fani o'qituvchisi Masharipova Iqbol tomonidan olib borilayotgan darslarga o'quvchilarning qiziquvchanligi kundan kunga ortib bormoqda.

@BagatPschool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

22 Oct, 15:06


#Bogʻot_IM
#Qadring_baland_blsin_ona_tilim

21- oktyabr -O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari N.Bobojonova, M.Nurmetova, Z.Ro'zimovalar 7-8-9-sinf o'quvchilari ishtirokida "Ona tilim-mening faxrim" mavzusida ochiq dars mashg'ulotlari  o'tkazdilar.

👍Kanalga a'zo bo'ling:
@BagatPSchool

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

21 Oct, 10:25


#Test_natijalari

Joriy yilning 19-oktabr kuni 9,10,11-sinf o'quvchilarimizdan DTM na'munasidagi testlar olinganligi haqida
xabar qilgan edik.

🗣Bugun ushbu test natijalari e'lon qilindi!

@BagatPschool