Latest Posts from Anvar Baxtiyorov (@anvar_bakhtiyorov) on Telegram

Anvar Baxtiyorov Telegram Posts

Anvar Baxtiyorov
Shunchaki boy bo’lishni emas, balki boylikka olib boradigan yo’lni sevgan inson ko’proq pul topadi.

Ushbu sahifada shaxsiy rivojlanish, biznes, marketing va sotuv haqida gaplashamiz.
2,307 Subscribers
59 Photos
4 Videos
Last Updated 08.03.2025 23:39

Similar Channels

Shaha Dolimov
19,697 Subscribers
Kopirayting
6,492 Subscribers

The latest content shared by Anvar Baxtiyorov on Telegram

Anvar Baxtiyorov

20 Nov, 14:01

2,208

🎙️ 10 barobar tezroq o’sish uchun eng muhim narsa nima?

Audiopodcastda shu mavzular haqida gaplashamiz:

– Qanday qilib tez o’sish mumkin?

– Qanday qilib o’zingiz, yaqinlaringiz, ota-onangiz xohlagan hayotga tezroq erishish mumkin?

– Qanday qilib ko’proq pul topish mumkin?


Diqqat bilan eshitishni tavsiya qilaman.

Foydali bo’lgan bo’lsa, 🔥 qoldiramiz!
Anvar Baxtiyorov

17 Nov, 20:05

2,210

O’z ishingni rostdan ham yaxshi ko’rishingni bitta belgisi.

Bu – g’oyalaringni amalga oshirishing uchun tezroq tong otishini kutishing.

Kechasi uxlamasdan, yangi rejalarni o‘ylab chiqish, ular ustida ishlash va har bir kichik muvaffaqiyatdan mazza qilish.

Agar sizda o‘z ishingizga nisbatan mana shunday hissiyot bo‘lsa, siz katta ehtimol bilan to’g’ri yo’ldasiz.

Bu hissiyot har doim katta natijalarga olib boradi. Chunki odam o‘zi sevgan ishida charchoqni sezmaydi.

Agar sizda aksincha holat bo’lsa, maqsadlaringizni va hozirgi kuningiz qanday o’tayotganini qaytadan ko’rib chiqishingiz kerak.
Anvar Baxtiyorov

30 Oct, 11:18

904

Targetdagi bo’layotgan muammaga yechim.

https://ttttt.me/

Mana shundan foydalanib link yaratinglar.

Keyin ishlashi kerak.

Agar ishlasa, manga xabar beringlar.

Shu post izohida yozsangiz bo’ladi.
Anvar Baxtiyorov

23 Oct, 15:43

2,832

27k bo'ldi.

30k ga chiqaramizmi?👇
Anvar Baxtiyorov

23 Oct, 15:39

2,574

26k🥳

O'zbekistonda yangi rekord🤩
Anvar Baxtiyorov

19 Oct, 12:02

2,985

Mas'uliyatsizlik!

Shaxsan man uchun insonda bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomon jihatlardan biri bu aynan - ma’suliyatsizlik.

O’z zimmangizga qandaydir ish yoki natijani qilishni oldingizmi?

Bo’ldi! Bunga bor kuch, diqqat, vaqt va energiyangizni qarating.

Agar ma’suliyatsizlik qilsangiz, borgan sari hammani oldida obro’yingiz tushadi. Sizga bo’lgan ishonch yo’qoladi.

Bir martalik xodim, hamkor yoki rahbar bo’lasiz.

Uzoq muddat bu sizga juda katta zarar keltiradi.
Anvar Baxtiyorov

11 Oct, 09:13

2,870

Hammasini boshidan boshlaganimda, nima qilgan bo’lar edim?

Marketing va sotuv sohasiga kirganimga 4 yil bo’ldi.

Hozirgi bilim, tajriba va natijalarimga erishishim uchun 4 yil vaqtim ketdi.

Lekin o’ylashimcha, bularga 2-3 barobar tezroq erisha olardim.

Youtube kanalimda yangi video chiqdi. Videoda aynan shu savolga javob berdim.

Ya’ni hammasini boshidan boshlaganimda, nimalar qilgan bo’lar edim?

Tezroq rivojlanishga yordam beradigan 7 eng muhim hayotiy darslar.

Hoziroq shu havola orqali videoni ko’rishingiz mumkim:👉 https://youtu.be/zES6Lj87hCQ?si=lSn1SOh4-vldRjkw
Anvar Baxtiyorov

06 Oct, 17:51

2,568

Ko'proq pul topishingizga xalaqit beradigan to'siqlarni qanday yengish mumkin?

Ko'pchilik biznes, marketing yoki sotuv sohasida ish boshlaganda turli xil to'siqlarga duch keladi.

Va boshida bu to'siqlarni yengish imkonsizdek tuyuladi. Lekin aslida unday emas.

Kelinglar, agar man vaqtni orqaga qaytarib, qaytadan boshlasam, bu muammolarni qanday hal qilgan bo'lar edim. Shuni ko'rib chiqamiz.

Balki, bu $500-$1000 daromadda to'xtab qolgan va ko'proq daromad topishni xohlaganlarga yordam berar.

Boshladik👇

1️⃣ Asosiy to'siqlarni aniqlab oling.

Odatda natijaga erishishda ko'pchilikga xalaqit beradigan to'sqinlik bu - tashqi sabablar emas, balki ichki miyadagi cheklovlardir.

Bu qo'rquv, shubha, o'ziga bo'lgan ishonchsizlik, o'z kuchiga ishonmaslik bo'lishi mumkin.

Bu to'siqlarni yengish uchun analiz qilishdan boshlang

- Man nimadan qo'rqaman?
- Man nima uchun natijaga erisha olishimga ishonmayapman?
- Harakat qilishimga nima xalaqit beryapti?


Nima to'sqinlik qilayotganini bilish - bu ularni yengish uchun birinchi qadam.

2️⃣ Har bir murakkab vazifani oddiy va kichik qadamlarga ajrating

Katta vazifalar qo'rqinchli va stress keltirib chiqaradi va bu keyingi qadamga o'tishingizni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, har bir vazifani oddiy qadamlarga bo'lib chiqing.

Masalan, agar sizga yangi mijozlarni topish qiyin bo'layotgan bo'lsa:

1) Maqsadli auditoriyangiz qayerda bo'lishi mumkinligini ko'rib chiqing.
2) Reklama qilishingiz mumkin bo'lgan joylar yoki mijoz topishingiz mumkin bo'lgan usullar ro'yxatini tuzib chiqing.
3) Birma-bir reklama berishni yoki tuzgan ro'yxatingiz asosida mijozlar topishga harakat qiling.


Vazifani qadam-baqadam bajarish orqali siz stressni kamaytirasiz va natijaga tezroq erishasiz.

3️⃣ Mijoz nima uchun "yo'q" javobini berganini sabablarini toping

Har bir muvaffaqiyatsiz uchrashuv yoki qo'ng'iroqdan keyin mijoz nima uchun rad qilganini analiz qiling:

Balki, u mahsulotingizning qiymatini tushunmagandir.
Balki, unga qo'shimcha kafolatlar kerak bo'lgandir.
Balki, u o'sha paytda tayyor emas bo'lmagandir.


Har bir "yo'q" - bu dars. Qancha ko'p darslar bo'lsa, sotishni tezroq o'rganasiz.

4️⃣ O'zingizni maqsadingizga erishganingizni tasavvur qiling

Bu sohani endi boshlaganimda, man ko'p o'ylardim: maqsadimga erishganimda o'zimni qanday his qilaman?

Mani hayotim qanday o'zgaradi?
Qanday hayotda yashayman?
Yaqinlarim uchun nima qila olaman?


Maqsadingizga erishiganingizni aniq tasavvur qila olish - bu kuchli motivatsiya beradi. Qiyinchiliklarga duch kelganingizda, taslim bo'lmaslikka yordam beradi.

5️⃣ Mijozlaringizga e'tibor bering

Agar siz $3,000+ daromad qilishni xohlasangiz, mijozlaringizni tinglashni boshlang. Ularning ehtiyojlarini, savollarini, miyasidagi shubhalarini o'rganing.

Ko'pincha biz mijozlarni natija bera olmaganimiz uchun emas, balki ularga e'tibor yetishmasligi tufayli yo'qotamiz. Mijozingizni qanchalik yaxshi tushunsangiz, shuncha ko'p unga qimmatroq va aniq yechim taklif qila olasiz.

6️⃣ Vaqt sizning asosiy boyligingiz.

Biz ko'pincha vaqtni har qanday narsaga sarflash mumkin bo'lgan resurs deb o'ylaymiz. Lekin tez o'sishni istasangiz, vaqt sizning eng muhim boyligingiz ekanligini tushunishingiz kerak.

Shuning uchun chalg'itadigan barcha narsalardan xalos bo'ling.
Eng ko'p foyda keltiradigan vazifani aniqlang va unga e'tibor qarating.

7️⃣ Yondashuvingizni o'zgartirishdan hech qachon qo'rqmang.

Agar biror narsa ishlamasa, uni o'zgartiring. Marketing va sotishda siz ko'pincha jarayonga moslashishingiz kerak. O'tgan oy nimadir ishladi, lekin bu oy u natija bermayaptimi? Demak - bu yangi yo'llarni izlash vaqti kelganligini anglatadi.

Moslashuvchan bo'ling. Faqat o'zgarishga tayyor bo'lganlargina o'sishi mumkin.

Ushbu qadamlarning har biri haqida keyingi postlarda batafsilroq yozishim mumkin. Agar qiziq bo'lsa, 🔥qoldiring.
Anvar Baxtiyorov

29 Sep, 15:03

2,496

Reality showda foydali audio podkastlar yuborishni boshladim.

Realityga qo’shilganlar xabarlarni o’tkazib yubormanglar.

“Go’shtli” kontentlar boshlandi.
Anvar Baxtiyorov

29 Sep, 12:15

2,395

Bundan 6 oy oldin jiddiy qarorni qabul qildim.

Bu - barcha proyektlarni to’xtatish va jamoani 0 dan imkon qadar tizim bilan qurish bo’lgan.

Shaxsan man uchun proyektlar va monetizatsiya qilish yo’llar juda ham ko’p.

Lekin bir o’zim barcha ishlarni qila olmayman.

Bundan 6 oy oldin jamoamiz ham bunga tayyor emas edi.

Hozir kompaniyamizda ishlar ancha tartiblashgan. Barcha standart va reglamentlar yozilgan.

Oxirgi 3 oyda bir nechta proyektlarni MVP tarzda muvaffaqiyatli o’tkazdik.

Endi qisqa muddatda tez masshtablashishga tayyormiz deb o’ylayman.

Shuning uchun hozirda bizni jamoamizda:

- yordamchi prodyuser
- marketolog
- targetolog
- kontent-maker
- copywriterlar
- sotuv bo’limi rahbari
- sotuv menejerlar va stajorlar uchun bo’sh vakansiyalar bor.

Agar shu sohalarda bilim va tajribangiz bo’lsa, quyidagi havola orqali anketani to’ldiring.

👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeUFKDemCHj9HvQuAqegfuYC8BrEaopKYE3BLd9d8bwDrQ-zA/viewform?usp=sf_link

Sizlarni jamoamiz ko’rishdan xursand bo’laman.