ZIYO FORUM UZ

@ziyoforum_uz


📚 Ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi

🔸 Instagram: instagram.com/Ziyo_Forum/
🔸 Facebook: fb.com/ZiyoForum
🔸 Telegram rus tilida: @ZiyoForum
🔸 Sayt: https://ziyoforum.uz/

ZIYO FORUM UZ

21 Jan, 00:26


☄️Yoshlarning taklifidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi tomonidan talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kibersport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni mahalliy va xalqaro darajada tanilishiga yordam berish maqsadida joriy yilning 5-7 noyabr kunlari Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersportning “Dota 2”  yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Tartibi: Musobaqa Toshkentdagi kibersport maydonida bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasalaridan kelgan ishtirokchilar guruh-saralash-final bosqichida Dota 2 (jamoaviy o‘yin) bo‘yicha kuch sinashadilar. Jamoa 5 kishidan iborat.

Eslatib o‘tamiz ushbu musobaqani mukofot jamg‘armasi 22.500.000 so‘mni tashkil qiladi.

ZIYO FORUM

ZIYO FORUM UZ

21 Jan, 00:24


🇺🇿21 — oktyabr O'zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kun.

Til — davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

ZIYOFORUM

ZIYO FORUM UZ

21 Jan, 00:16


🎖️Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning Toshkentdagi ma'ruzasi qanday o'tdi?

14 oktyabr kuni poytaxtda iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning ma'ruzasi bo'lib o'tdi, bu kuzning asosiy ta'lim tadbirlaridan biriga aylandi.

Siz ma'ruzada bo'ldingizmi?

@ziyoforum

ZIYO FORUM UZ

21 Jan, 00:09


🎖️Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol O'zbekistonga kelmoqda.

«Yangi O'zbekiston» universiteti tomonidan 14-oktabr kuni talabalar, biznes egalari, olimlar va iqtisodiyot sohasidagi ishbilarmonlar uchun Jan Tirolning ochiq ma'ruzasi tashkil etiladi.

🎓Uchrashuvda olim tomonidan monopoliyalarni boshqarish va xalq farovonligiga erishish mavzularida suhbat o’tkaziladi.

Ma'lum qilinishicha, tadbir o'zbek va rus tillarida sinxron tarjima qilinadi.

📍Uchrashuv 14-oktabr kuni soat 16:00 da «Intercontinental Hotel Tashkent» mehmonxonasida (Trilliant) bo'lib o'tadi.

Uchrashuvda qatnashish uchun chiptalarni iticket.uz saytida xarid qilish mumkin: https://iticket.uz/ru/events/concerts/lecture-by-nobel-prize-laureate-jean-tirole-pursuing-common-goods/32254.

@ziyoforum

ZIYO FORUM UZ

21 Jan, 00:06


🏆 «Ziyo Forum» ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan tashkillashtirilgan bepul robototexnika kursini tamomlagan o’quvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi🤩

Tez orada yangi guruhlarga qabul e’lon qilamiz, bizni kuzatishda davom eting😉

@ziyoforum.uz

ZIYO FORUM UZ

21 Jan, 00:02


📸📸 O'zbekistonda ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirishga bag'ishlangan tadbirdan fotoreportaj.

@ziyoforum