Avlod Media

@avlodmediauz


Avlod media — oliy ta'lim sferasidagi eng so'nggi yangiliklar va talabalar hayotiga oid voqea va hodisalar.
Kanaldan ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Taklif va murojaatlar uchun:
@AvlodmediaAdmin

Avlod Media

22 Oct, 14:20


5-7-noyabr kunlari Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersportning “Dota 2”  yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Tartibi: Musobaqa Toshkentdagi kibersport maydonida bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasalaridan kelgan ishtirokchilar guruh-saralash-final bosqichida Dota 2 (jamoaviy o‘yin) bo‘yicha kuch sinashadilar. Jamoa 5 kishidan iborat.

Eslatib o‘tamiz ushbu musobaqani mukofot jamg‘armasi 22.500.000 so‘mni tashkil qiladi.

@avlodmediauz

Avlod Media

22 Oct, 13:00


O'zbekistonda oilali talabalar uchun stipendiyalar joriy etiladimi?

Dunyo oliygohlarida turmush qurgan talabalar uchun qancha stipendiya to'lanadi?

Batafsil 👈

@avlodmediauz

Avlod Media

22 Oct, 04:52


Stomatologiya instituti Turkiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

Joriy yilning 17—20-oktyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori N. Haydarov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada bo‘lib qaytdi.

Muloqot davomida sun’iy intellektning tibbiyotda qo‘llanishi va bunday tizimlarni yaratishda sun’iy neyron tarmoqlar texnologiyasi afzalliklarini o‘rganish, davolovchi shifokorlarga tezkor tashxislash qarorlarini qabul qilishga yordam berish, sohada kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar belgilab olindi.

@avlodmediauz

Avlod Media

21 Oct, 13:16


📍Fotosuratlar uyida rassom Ahmad Isoyevning "Эгоист" nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma kuratori: Manushak Arushanova.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi
🗓22-oktyabr kuni
🕐soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kirish bepul 💵

Avlod Media

21 Oct, 12:36


“Tanga”mi yoki dengi?

Bilasizmi? Dengi so‘zi rus tiliga turkiy tildan o‘zlashgan. Tanga – dengi, tarvuz – arbuz shaklida rus tilini boyitgan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, rus tiliga o‘zlashib, til leksikasini boyitgan turkiy so‘zlar juda ko‘p.

Masalan: o‘tuk – utug
o‘choq – ochag
qaratash – karandash
qopqon – kapkan
tovar esh – tovarish
ayron – ayran
qovurdoq – kavardak
уorliq – yarlik
ovul – aul so‘zlari rus tilini boyitgan.

Batafsil 👈

@avlodmediauz

Avlod Media

21 Oct, 09:15


Oliy ta’lim tepasidagi 22 nafar xodimning 23 ta biznesi borligi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilarining biznes bilan shugʻullanish holatlarini tekshiribdi.

Agentlik xabariga koʻra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar boshqaruv xodimi 23 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib, biznes qilib kelgan.

@avlodmediauz

Avlod Media

21 Oct, 08:20


Texnikum bitiruvchilariga GPA asosida bakalavriatga o'tish imtiyozi beriladi

— boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

— oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

— oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

@avlodmediauz

Avlod Media

21 Oct, 06:28


Shavkat Mirziyoyev Green University'ga tashrif buyuradi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyati hamda sirkulyar iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishadi.

@avlodmediauz

Avlod Media

20 Oct, 17:56


Endi qizlar armiyaga borishadimi?

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirovning ayollarni ham armiyada xizmat qilishi kerakligi toʻgʻrisidagi  fikrdan so‘ng, qizlarni harbiy xizmatga jalb etish masalasi ijtimoiy tarmoqlarda asosiy mavzu bo‘ldi.

Xoʻsh, bu borada xorijiy tajriba qanday?
Jamoatchilik bu fikrni oqlaydimi?

Batafsil 👈

@avlodmediauz

Avlod Media

20 Oct, 13:10


Nega taʼlim sifati talabga javob bermaydi

Samaradorlikni oshirishda darslarda jahon standartlariga mos taʼlim usullaridan qay darajada foydalanilmoqda?
Maqolada ingliz tilini chuqur o‘rganish uchun  xalqaro tajriba “Bloom Usuli”dan foydalanish taklifi ilgari surilgan.

“Bloom Usuli” afzalliklari haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin

Batafsil 👈

@avlodmediauz

Avlod Media

20 Oct, 07:03


Yakshanba kunini samarali o'tkazish uchun tavsiyalar

Dam olish
Yetarli miqdorda uyqu olish tangangiz va ruhingizni tiklashga yordam beradi.

Vaqtni rejalashtirish
Bugun qilishingiz kerak bo'lgan barcha ishlaringizni iloji boricha oxirigacha qiling. Chunki bu sizga energiya beradi. Agar qilmasangiz, energiyangizni olib turadi.

O'zingizni rivojlantirish
Majburiy kitob va ishlaringizdan tashqari, yangi kitoblar o'qing, yangi til, hunar o'rganing. Bu siz uchun haqiqatdan YANGI BILIM bo'lishi kerak.

Kino ko'ring
Bu filmlarni tomosha qilib bo'lgandirsiz. Shunday bo'lsa, ham yana bir marotaba tomosha qilishga arziydigan film:

Kollini ishi,

https://t.me/yakshanbadamolishkuni/1075

Shovshankdan qochish,

https://t.me/yakshanbadamolishkuni/1076

P.s agar siz bundan ham yaxshisini bilsangiz, izohlarda yozib qoldiring.

@avlodmediauz

Avlod Media

19 Oct, 13:55


Ta’limga ajratilayotgan mablag‘ 20 foizga ko‘paytiriladi

17-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib chiqib, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga ajratilayotgan mablag‘larni 20 foizga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, mazkur loyiha mahalliy Kengashlarda muhokama qilinadi va yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Mablagʻ ajratilgani yaxshi ammo bu oʻzini qay darajada oqlay oladi?

@avlodmediauz

Avlod Media

18 Oct, 11:11


Samarqand davlat chet tillari instituti talabalar yotoqxonasi qurilishi ham to‘xtatildi

Viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

@avlodmediauz

Avlod Media

18 Oct, 09:44


Agrar universiteti yotoqxonasining qurilishi ko‘plab kamchilik va sifatsiz ishlar tufayli to‘xtatildi

Ma’lum bo‘lishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan.

Xususan, Bo‘lim bosh inspektori Ismoil Hamidovning so‘zlariga ko‘ra, devorlarga gipsokarton plitalarini yopishtirish jarayonida karkas uchun metall profillar o‘rniga oddiy gips ishlatilgan.

Xonalardagi kirish eshiklarining sarbastlari loyihalarga zid ravishda bajarilgan va tom yopish ishlarida umuman loyihaga amal qilinmagan. Bu obyektda texnik va ichki nazorat ishlamaganligini ko‘rsatadi, deya xabar beradi inspeksiya.

@avlodmediauz

Avlod Media

18 Oct, 06:02


Seni nima kutyapti?🤩

1️⃣-o‘rin: Bosh sovrin - 1.000.000 so‘m, mualliflik videosi va intervyusida ishtirok etish.
2️⃣-o‘rin: Intervyuda ishtirok etish va jamg‘armaning sovg‘alari.
3️⃣-o‘rin: Fonddan sovg‘alar.

Qanday ishtirok etish mumkin

Kelajakda O‘zbekistonni qanday ko‘rishingni aytib beradigan xat yozib, shaxsan Qushbegi 8, Ziyo Forum manziliga yoki shu havola orqali yuboring:
https://forms.gle/yS5wUVEW1ZT5RqGQ9

Oxirgi muddat: 30.10.2024

@avlodmediauz

Avlod Media

17 Oct, 15:02


⚡️ O‘quv dasturlari e'lon qilindi

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Avlod Media

17 Oct, 03:19


Talaba o‘zi bilishi ammo hammaga ham aytavermasligi kerak bo‘lgan kodlar mavjud!

1. Plastik karta raqami
2. Passport seriya raqami
3. Hemis parol
4. Telefon raqamiga ro‘yxatdan o‘tish uchun jo‘natilgan kodlar


Nima uchun bularni sir saqlash kerak?

Batafsil 👈

@avlodmediauz