Ytittalaba

@ytittalaba


🏛 Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (sobiq Yeoju) talabasi tomonidan yuritiladigan norasmiy Telegram kanal!

O‘zaro muloqot uchun: @ytittalabachat

Kanalda reklama berish bo‘yicha: @ytittalaba_reklama_bot

Ytittalaba

22 Oct, 16:25


⚡️Universitetning barcha ta’lim shakli talabalari uchun eng muhim sanalar!

🗓️18.11.2024 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun onlayn darslar boshlanadi

🗓️15.12.2024 – xuddi shu talabalar uchun onlayn dars jarayonlari yakunlanadi

🗓️16.12.2024 – kunduzgi va kechki ta’lim shaklining 1-2-3-4-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️29.12.2024 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va qishki ta’til boshlanadi

🗓️06.01.2025 – sirtqi ta’lim shaklining 1-2-4-bosqich hamda 3-bosqich PREP yo‘nalishi talabalari uchun oflayn darslar boshlanadi

🗓️20.01.2025 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi

🗓️26.01.2025 – xuddi shu talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari yakunlanadi va 1-semestr to‘liq tugaydi

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 14:25


⚡️Hali yopilmagan 5-6 ta Faillaring bor, bir yarim oydan keyin esa yakuniy nazorat imtihonlari boshlanadi.

Kontraktdan ham qarzdorlik bor, uni yopish kerak, o‘qituvchilar bergan topshiriqlarni ham hali to‘liq bajara olmagansan.

O‘qishdan tashqari boradigan ishing yoki to‘garaging bor, u ham qaysidir ma’noda chala davom etyapti.

Mana shu payt ichingda o‘zingga o‘zing aytgan gaping:

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 12:50


⚡️Hozir avtovokzal atrofidan o‘tib ketayotgandim. Ko‘zim bevosita universitetimizning M binosiga tushdi va esdalik uchun rasmga olib qo‘ydim.

Ayrim talabalar universitetimizning M binosi borligini bilishmaydi. Chunki, ba’zan izohlarda “M blok ham bormi, bo‘lsa u qayerda?” degan savollarni ko‘rib qolaman.

Universitetning asosiy (A, B, C va D bloklar) binosidan tashqari M binosi ham mavjud va unda universitetning Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalari tahsil olishadi.

M bino joylashgan manzil:

Toshkent shahar, Bunyodkor shoh ko‘chasi 17

Geolokatsiya

Mo‘ljal: Toshkent Avtovokzal

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 09:20


⚡️Eslatib o‘tamiz, @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmati ham mavjud.

Ta’limga aloqador hamda talabalarga foydali bo‘lgan har qanday biznesingizni reklama qilib beramiz.

🎯 Kanalda reklama joylashtirish shartlari quyidagi havola ostida qoldirilgan:

Reklama joylashtirish shartlari

📥 Murojaat uchun: @ytittalaba_reklama_bot

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 06:50


⚡️Bizda ham e’tibor bersangiz, A binodagi o‘qituvchilar uchun ajratilgan liftga ba’zan talabalar chiqib qolishsa, o‘qituvchilar xuddi liftni o‘zlari qurib qo‘ygandek qovoq-tumshuq qilishadi.

Vaholanki, talabalar ham odam, orqa tarafdagi liftda joy bo‘lmagandirki, majburan old tarafdagi liftga kelishgandir.

Xullas, liftdan foydalanish masalasida bir murosaga kelib, barchaga birdek munosabatda bo‘lish kerak. Ajratmalik yoki tarafkashlik degan tushunchani olib tashlash kerak.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 06:41


⚡️Talaba eng oxirgi “сорт”dagi odam(mi)? (#)

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 06:15


⚡️Shaxsiy kabinetida hali ham “Kursdan-kursga o‘tmagan” deb yozilgan talabalar ushbu masala bo‘yicha tegishli dekanatlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

22 Oct, 05:01


⚡️Prezentatsiya tayyorlashga qiynalayotgan yoki tushunmayotgan bo‘lsangiz, endi u muammo emas!

Sababi, istalgan mavzuda prezentatsiya tayyorlash imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi Telegram kanalga obuna bo‘ling va o‘z mavzungizni taqdim eting:

📥 Telegram: @kiutppt
👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @shohruh6464

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 18:35


⚡️Kontrakt to‘lovidan 12 foizlik daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha maxsus videoqo‘llanma.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 14:55


⚡️Green Card lotereyasida rasman ro‘yxatdan o‘tdim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlanishiga esa 2 hafta vaqt qoldi xolos.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni juda ham oson va siz uni o‘zingiz uydan chiqmagan holda mustaqil to‘ldirsangiz ham bo‘ladi.

Green Card uchun faqatgina https://dvprogram.state.gov sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Mana bu havola ostida esa ushbu saytdan foydalanish va ma’lumotlarni qay tartibda kiritish kerakligi batafsil tushuntirib o‘tilgan.

Amerika – meni kut! 🗽

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 09:30


⚡️Men yana osh yeyishga qaytdim 😮‍💨

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 09:20


⚡️Bugun o‘zbek tili bayrami munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi va bir guruh amerikaliklar o‘zbek tilida bozor-o‘char qilishibdi.

Chet ellik elchilarning o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmati va o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan harakatini avval ham ko‘p ko‘rganmiz.

Demak, bu safar ham mazkur chellenj qaysidir ma’noda davom etibdi, qoyil!

Videoni, albatta, ko‘ring. Juda qiziq bo‘lgan, ayniqsa boshlovchi qizning harizmasiga shunchaki 5 baho!

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 07:15


⚡️6-Case bo‘yicha pulli Retake imtihonlariga ariza yozadigan talabalar belgilangan imtihon to‘lovini istalgan mobil ilovalar yordamida to‘lashlari mumkin.

Yuqorida namunaviy videoqo‘llanma joylashtirildi.

Manba

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 06:40


⚡️Bugun 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Garchand, o‘zbek tili o‘z ona yurtida eng past nazar bilan qaralsa-da, o‘zini “O‘zbekman!” deb aytadigan millionlab insonlar hattoki bitta so‘zni ham to‘g‘ri yoza olmasa-da, ayrim yangi avlod vakillari “sh” harfini “w” harfiga almashgan bo‘lsa-da, bechora o‘zbek tili bizdan yuz o‘girmay kelyapti.

Bu uchun unga alohida respekt!

Kanalni ancha vaqtdan buyon kuzatadiganlar bo‘lsa yaxshi bilishadi-ki, men mazkur kanalni imkon qadar imloviy qoidalarga rioya qilgan holda yuritishga harakat qilaman. Barcha onlayn murojaat va muloqotlarimda ham shu tartibga amal qilaman.

Xuddi shunday, obunachilardan ham shuni so‘ragan bo‘lardim-ki, o‘zbek tilida so‘zlashishdan, muloqot qilishdan va o‘zbek tilida yozishdan uyalmang.

Zero, bu tilni asrovchi va rivojlantiruvchi insonlar faqat o‘zimiz! Chetdan boshqalar kelib rivojlantira olmaydi.

O‘zbek tilim – bayraming muborak! 🇺🇿

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 05:55


⚡️O‘quv xonalariga kirish va chiqish vaqtida ID kartangizni nazorat qurilmasidan o‘tkazishni unutmang.

Davomatingiz attendance.kiut.uz saytiga avtomatik tarzda ko‘chib o‘tadi.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

21 Oct, 04:00


⚡️Shaxsiy kabinetga kirish uchun sayt – student.kiut.uz

Test shaklidagi yakuniy nazorat imtihonlari va Retake imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sayt – cabinet.kiut.uz

O‘tiladigan darsliklar yuzasidan o‘quv qo‘llanma va materiallar bilan tanishish uchun sayt – intranet.kiut.uz (kunduzgi va kechki), pt.kiut.uz (sirtqi)

Kontrakt shartnomasini yuklab olish uchun sayt – contract.kiut.uz

Talabalik ID kartasini olish uchun ariza qoldiriladigan sayt – id.kiut.uz

O‘qish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun sayt – student.kiut.uz

O‘qishdagi davomatni onlayn tarzda tekshirib boradigan sayt – attendance.kiut.uz

Mazkur saytlarga qay tartibda kirish mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni mana bu yerda yozib o‘tganman.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Oct, 08:15


⚡️student.kiut.uz saytiga qaysi holatlarda kirib bo‘lmaydi?

– agarda saytga kirmoqchi bo‘lgan shaxs talaba bo‘lmasa, ya’ni talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lsa;
– agarda talaba talabalik safidan chetlashtirilgan bo‘lsa;
– shaxsiy ma’lumotlar (pasport seriya raqami yoki maxsus parol) noto‘g‘ri kiritiladigan bo‘lsa

Siz talabalikka tavsiya etilgansiz, saytga barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kirityapsiz ammo, student.kiut.uz saytiga kira olmayotgan bo‘lsangiz, unda tegishli dekanatingizga murojaat qiling.

Mana bu havola ostida universitetdagi dekanatlar bilan bog‘lanish uchun maxsus ichki telefon raqamlar ro‘yxati keltirilgan.

Ro‘yxatdan o‘zingiz tahsil oladigan dekanat telefon raqamiga belgilangan ish kunlari va ish soatlarida murojaat qiling.

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Oct, 06:25


⚡️Esingizda bo‘lsa, yil avvalida yangi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab universitetda marhum rektorimiz, professor Janpolat Kudeybergenov nomidagi stipendiya ta’sis etilishi haqida xabar bergandik.

Bugundan e’tiboran mazkur stipendiyaga hujjat topshirish jarayoni boshlanibdi.

Stipendiya uchun hujjat topshirish jarayonlarida universitetning faqatgina kunduzgi ta’lim yuqori bosqich (2-3-4-kurs) talabalari hamda magistratura bosqichida tahsil oladigan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Albatta, stipendiya uchun ma’lum bir talablar o‘rnatilgan. Ushbu talablar bilan batafsil mana bu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Agarda siz o‘zingizni belgilangan talablarga javob bera oladigan talaba, sifatida ko‘rsangiz yoki o‘zingizni namoyon qila olsangiz, hujjatlaringizni topshiring.

Men ham hujjatlarimni topshiraman )

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

20 Oct, 06:00


⚡️Eslatib o‘tamiz, @ytittalaba Telegram kanalida reklama joylashtirish xizmati ham mavjud.

Ta’limga aloqador hamda talabalarga foydali bo‘lgan har qanday biznesingizni reklama qilib beramiz.

🎯 Kanalda reklama joylashtirish shartlari quyidagi havola ostida qoldirilgan:

Reklama joylashtirish shartlari

📥 Murojaat uchun: @ytittalaba_reklama_bot

👉 @ytittalaba

Ytittalaba

18 Oct, 19:10


⚡️Kelasi hafta uchun yangilangan dars jadvali e’lon qilindi!

Mazkur yangilangan dars jadvalini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

📥 Yangilangan dars jadvali

Odatda dars jadvali yangilangandan keyin ayrim darslarning boshlanish vaqti yoki o‘quv xonalari raqami o‘zgargan bo‘lishi mumkin.

Ushbu jihatlarga e’tiborli bo‘ling!

👉 @ytittalaba