School English Teachers

@uzteachers


Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz

Yordamchi admin: @uzteachers_admin

Reklama xizmati: @uzteachers_ads

School English Teachers (Uzbek)

Sizning ingliz tilini o'rganishda yordam kerakmi? Agar yaqinroqroqroqroqlam yoki odamlar bilan ingliz tilini o'rganishingizni oshirishni hohlaysiz, mana bizning kanalimizga xush kelibsiz! 'School English Teachers' kanali - bu o'zbekistonli ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus yaratilgan kanal. Bizning kanalimizda siz ingliz tilini o'rganish uchun eng yangi usullar, darsliklar, mashqlar va ko'p boshqa foydali materiallar bilan tanishasiz. Bizning kenal har bir o'quvchining ingliz tilini o'rganish yo'li ustida yordam beradi va ularga motivatsiyani oshirishga yordam beradi. Kanalda faolliklarni ko'rish uchun birgalikda yig'ilishlar, onlayn darslar va maslahatlar bo'lib o'tadi. Agar sizning savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, @uzteachers_admin ga murojaat qiling. Tadbirlar uchun esa @uzteachers_ads ga murojaat qiling. O'rganishga tayyormisiz? Endi, 'School English Teachers' kanaliga aziz o'quvchilar! Hoş kelibsiz!

School English Teachers

22 Oct, 11:18


Ingliz tili fanidan 9-sinflar II bosqich (tuman bosqichi) Olimpiada namunaviy test topshiriqlarining javoblari.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

22 Oct, 11:14


11-sinf Ingliz tili fanidan II bosqich (tuman bosqichi) Olimpiada namunaviy test topshiriqlari. 2024-yil

👉 2022-yil | 👉 2023-yil

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

22 Oct, 11:12


10-sinf Ingliz tili fanidan II bosqich (tuman bosqichi) Olimpiada namunaviy test topshiriqlari. 2024-yil

👉 2022-yil | 👉 2023-yil

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

22 Oct, 10:15


9-sinf Ingliz tili fanidan II bosqich (tuman bosqichi) Olimpiada namunaviy test topshiriqlari. 2024-yil

👉 2022-yil | 👉 2023-yil

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

22 Oct, 06:27


⚡️Сhet tili hamda umumta'lim fanlari bo‘yicha test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganlarga to‘lovni qaytarib olish imkoniyati yaratildi

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

22 Oct, 05:04


Necha bal yig'sam attestatsiyadan o'taman?

Joriy yilda, attestatsiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

1️⃣-bosqich
Attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

2️⃣- bosqich
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

🔷 Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

🔷 Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»

🔷 Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

🔷 Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

☝️ Eslatma: Navbatdan tashqari attestasiyalarda natijasidan qat'iy nazar toifa tushirilmaydi.

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring!

School English Teachers

21 Oct, 14:09


😄
#joke_time

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

21 Oct, 13:50


O'zbek tili o'qituvchilari uchun hursandman. Yaxshi yangilik bo'libdi. Lekin ingliz tili o'qituvchilarini shu sanadan yomon xabar kutib turgan bo'lishi mumkin.
Sababi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 134-sonli Farmoni 9-bandida xalqaro standartlar talablariga javob bermaydigan Bilimni baholash agentligi tomonidan olingan sertifikatlarga 2025-yil 1-yanvargacha 50 foiz, 2025-yil 1-yanvardan esa 20 foiz ustama to'lash belgilab qo'yilgan. Bizning milliy sertifikat xalqaro standartlar talablariga javob beradi, sababi boshqa xalqaro imtihonlardan andoza olgan, shu sabab bu milliy sertifikatga tegishli emas deb o'ylagan edim. Lekin BMB xodimiga bog'lansam, bu band aynan milliy sertifikatga tegishli ekanini, 1-yanvardan 20 foizga tushirilishi mumkinligini aytishdi.
Lekin 50 foizni saqlab qolish uchun harakat qilishayotganini, bu bo'yicha kerakli joyga taklif kiritilganini ham aytib o'tishdi. Shu sabab hozirdan bir nima deb aniq aytib bo'lmaydi. Aynan milliy sertifikat uchun ustama 50 foizdan 20 foizga tushirilishi ham mumkin, 50 foiz saqlanib qolishi ham mumkin.
Qolgan tan olinadigan xalqaro sertifikatlarga 50 foiz to'lanishda davom etiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

21 Oct, 13:38


2025 yil 1 yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo'lgan o'zbek tili o'qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to'lanadi

Shavkat Mirziyoev O'zbek tili bayrami hamda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigida barcha ta'lim muassasalarida o'zbek tili va adabiyoti fanlarini o'qitish tizimini yanada takomillashtirish orqali ta'lim sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega ta'kidlandi.

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab umumta'lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo'lgan o'zbek tili o'qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to'lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag'batlantirishga xizmat qilishi ma'lum qilindi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

21 Oct, 05:51


⚡️ Attestatsiyaga maxsus platformamiz orqali tayyorlaning!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, huddi attestatsiya imtihonidagi kabi test platformani yo'lga qo'ydik!
Platforma sizga 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

4000 ga yaqin savollar bazasi
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi

Savollar oldingi yil attestatsiya imtihonlarida tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi. FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
Test platformaga full access (polniy dostup) narxi 95 ming so'm. To'lovdan keyin sizga invidiual link beriladi.
Attestatsiya imtihonlari tugaguncha (1-dekabrgacha) istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

👉 TEST NAMUNASI

Test platformaga link olish uchun ➡️ @uzteachers_admin ga yozing!
Tayyorgarligingizni biz bilan maksimal qiling!

Maqtanishmas-u, lekin platformamiz yordami bilan attestatsiyadan o'tganlar ko'pchilikni tashkil qiladi! 😉
👉 https://t.me/uzteachers/16408

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!

School English Teachers

21 Oct, 03:39


❗️Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi

🔰 Farmonga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

🔹chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi;

🔹matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o'qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.

Prezident maktablarining mahalliy o'qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lash tartibi joriy etiladi.

🔘 Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to'lanadi:

🔸Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta'lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o'qitish bo'yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

🔸Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo'yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lish.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

20 Oct, 04:27


Attestatsiya test sinovlariga tayyorlanish uchun onlayn repetitsiyalar boshlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilmoqda.

Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

Onlayn repetitsiya joriy yilning 19-25-oktabr kunlari oʻtkaziladi.

MMTV

➡️ https://demotest.uzedu.uz

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

18 Oct, 03:18


Attestatsiyaga arizasi rad etilgan ustozlar uchun ajoyib yangilik!

Tez orada, rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborishga ruxsat beriladi.

O'z faoliyatingizga hamda o'zingiz to'g'ringizdagi ma'lumotlarga befarq bo'lmang!
Manba: pka.tdi.uz

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

16 Oct, 04:12


9-sinf Ingliz tili fanidan II bosqich (tuman bosqichi) Olimpiada namunaviy test topshiriqlari. 2021-yil

👉 2022-yil | 👉 2023-yil

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

16 Oct, 04:12


Ingliz tili fanidan 2021-yilda o'tkazilgan fan olimpiadasida tuman bosqichida tushgan savollar 👇👇👇

👉 2022-yil savollari
👉 2023-yil savollari

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

School English Teachers

15 Oct, 15:55


⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 19–20-oktabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-24-19-20-10

Bilimni baholash agentligi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿