"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

@uzbekcoaluz


Sayt: uzbekcoal.uz
Youtube, Twitter, Tiktok, Instagram: @uzbekcoaluz
Matbuot: t.me/Nemat_Dushayev
FB:facebook.com/uzbekcoal1
Murojaat: @uzbekcoal_bot
@antikorrupsiya_uzcoal_bot
+998781503980
[email protected]
Manzil: 110200, Toshkent vil. Angren sh. Istiqlol 1

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

22 Oct, 07:59


#Infografika
“Apartak” konida ko‘mir qazib chiqarish hajmlarining o‘sib borishi haqida ma’jumot

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

22 Oct, 04:07


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 4 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 14:37


Ўзбекистон халқига байрам табриги

Батафсил: https://uza.uz/posts/647925

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 13:14


“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’navaiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Qurilish-monttaj ishlari” filiali majlislar zalida tashkil etilgan bayram tadbirida respublika san’at ustalari qatnashdi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 05:37


#Muhim_sana

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'ldi

Til inson qalbining ko‘zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o‘sha xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Bejizga biz til so‘ziga ona so‘zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda yetkazishimiz lozim. Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so‘z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So‘ngra so‘zlarda jilolanib tinglovchiga yetkaziladi.

Mana, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi. O‘zbek tilining ikki tomli izohli lug‘atidan siqib chiqarib tashlangan ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, ibo, hayo va boshqa bir qancha o‘zligimizni anglatib turadigan so‘zlarimiz, istiqlolimiz sharofati ila nashr etilgan besh tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilgan. Bu barchamiz uchun quvonchli holat. Tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o‘tab kelmoqda.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham davlat tilida ish yuritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi 3 yilda bir necha buyruqlar chiqarilib, ijroga yo‘naltirilgan.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-yilgi rejaga muvofiq 4 nafar xodim Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish bo‘yicha malakasi oshirilgan.

Mamnuniyat bilan aytish lozimki, bugungi oshkoralik sharofati bois bu ishga alohida e’tibor qilinib, til muammolariday muhim va murakkab masalalar odilona hal etilmoqda. Har bir xalq o‘z tilini mukammal bilmog‘i, boshqa xalqlar tillariga hurmat bilan yondashmog‘i zarur.

Xasanboy Qosimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati mutaxassisi


Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 05:02


Bugun, 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

20 Oct, 16:24


#Faxriy_konchilar_ijodi

SAYFULLA MATKARIMOV

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

20 Oct, 08:46


Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

19 Oct, 18:35


20 октябрь куни кутилаётган об-ҳаво маълумоти

Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлигининг хабар беришича, 20 октябрь куни Тошкентда ҳаво ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 3-8 метр тезликда шамол эсади. Кечаси 9-11, кундузи 25-27 даража илиқ бўлади.

Батафсил: https://uza.uz/posts/647257

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

18 Oct, 13:05


“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bugun ertalab yoshlar o‘rtasida boshlangan an’anaviy “Zakovat” intellektual o‘yini nihoyasiga yetdi.

G'olib bo'lgan jamoalar sertifikat va pul mukofati bilan taqdirlandi.

🥇 1-o'rin “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali
🥈 2-o'rin “Kapital qurilish” filiali
🥉 3-o'rin Ijro apparati

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

3,337

subscribers

7,758

photos

585

videos