TEXNO NEWS

@texna_uzb


🔹Eng so’ngi texno ma'lumotlar va eng qaynoq innovatsion yangiliklar olami!

Reklama: 👨‍💻 @Texno_News_ADS

TEXNO NEWS

20 Oct, 17:11


🛜 Londonlik olimlar 6G tarmog’ini rekord darajada tezlashtirishdi — 938 Gbit/s, bu 5G'dan 9000 marta tezroq.

Bu qanchalik tezligini tasavvur qilish uchun: bunday tezlikda 100 Gb fayl bir soniyadan kamroq vaqt ichida yuklanadi, bunga eng keng chastotali diapazondagi radio to’lqinlarni birlashtirish orqali erishildi.

Mualliflarning fikricha, ularning texnologiyasi kelajakdagi 6G tarmoqlarining asosini tashkil qilishi mumkin. Ular hozirda smartfon ishlab chiqaruvchilar va provayderlar bilan muzokaralar olib borishmoqda.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

19 Oct, 10:17


🦠 Saratonning har qanday turiga yaqinda davo topiladi! Olimlar tanani saraton o’simtalarini yo’q qilishga o’rgatuvchi birinchi vaksinani ixtiro qilishdi.

• Vaksina organizmga o’zgartirilgan bakteriyalarni chiqaradi — ular immun hujayralarini metastaz va mutatsiyalarni nishonga olib, yo’q qilishga o’rgatadi.
• Ushbu davolash yo’li sog’lom hujayralarga zarar yetkazmaydi va qaytalanishni oldini oladi.
• Vaksina sichqonlarda allaqachon sinovdan o’tkazilgan — u melanoma va hatto eng xavfli ichak saratonini muvaffaqiyatli yo’q qildi.
• Yaqinda olimlar har bir bemor uchun shaxsiy vaksinalarni eng qisqa vaqt ichida ishlab chiqishni boshlashadi.

Mana buni yaqin yillardagi eng yaxshi yangiliklardan biri desa bo’ladi!

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

18 Oct, 10:42


💻 NVIDIA-ning yangi video kartalari chiqarilish sanalari va narxlari ma’lum bo’ldi:

• RTX 5090 — 2025-yil yanvarida. Narxi — 1999-2499 dollar;
• RTX 5080 — yanvar oyida, 1199-1499 dollar;
• RTX 5070 — fevral oyida, 600-699 dollar;
• RTX 5060 — mart, 300-350 dollar.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

18 Oct, 07:01


⚡️Tadqiqot: Bolalikda video o’yinlarni o’ynash ulg’ayganda daromadga va muvaffaqiyatga ta'sir qiladi.

So’rovnoma shuni ko’rsatdiki, yoshligida video o’yinlarni o’ynaganlar, o‘ynamagan odamlarga qaraganda ish joyida lavozimi ko’tarilish ehtimoli 71 foizga, daromadi esa yiliga o’rtacha 5451 dollarga ko’proq bo’lgan.

Buning sababi — o’yinlar strategik fikrlashni rivojlantiradi va jamoaviy ishlashga o’rgatadi. Bu ko’nikmalar kelajakda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

16 Oct, 05:12


🤖 Xitoyliklar jinoyatchilarga qarshi kurashish uchun robot sharni ishlab chiqishdi — u 35 km/soat tezlikda harakatlanadi va to’r otadi.

Robot ham suzishi va o’ziga o’xshash robotlar jamoasida ishlashi mumkin. Ishlab chiquvchilar aytishicha, uning korpusini deyarli hech narsa bilan sindirib bo’lmaydi.

Kelajakda bunday robotlarni aeroportlar, elektr stansiyalar va boshqa muhim obyektlarda patrul sifatida ishlatishmoqchi, lekin hozircha bu faqat prototip.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

14 Oct, 12:47


🎾 Dunyodagi eng qadimgi tennis turniri — Uimbldon o’zining 147 yillik tarixida birinchi bor hakamlarni sun'iy intellektga almashtiradi.

Bu yilgi turnirda sinovdan o'tgan va avvalroq Avstraliya shuningdek, AQSh chempionatlarida odamlar o’rniga ishlatilgan maxsus neyron tarmoq kelasi yildan boshlab autlar va xatolarni aniqlaydi.

Uimbldon har yili 300 ga yaqin laynsmenlarni (chiziqli hakamlar) jalb qilgan. Tashkilotchilar ularga «ko'p yillik xizmatlari uchun» minnatdorchilik bildirib, texnologiya «bunday muhim qadam uchun yetarlicha ishonchli» ekanligini ta’kidlashdi.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

11 Oct, 05:42


⌚️Apple Watch foydalanuvchiga shamollashni uning birinchi alomatlari paydo bo’lishidan uch kun oldin bilishga yordam berdi. Hammasi WachOS 11 operatsion tizimining chiqishi bilan paydo bo’lgan Vitals ilovasi tufayli.

Ilova tana harorati, nafas olish va yurak urish tezligini doimiy ravishda kuzatib boradi. Normal qiymatlarni bilganligi sababli, tanadagi o’zgarishlarni darhol sezadi.

Boshqa Apple Watch foydalanuvchilari ham Vitals ilovasini maqtashmoqda. Asosiy kamchiligi: dastur to’g’ri ishlashi uchun uxlayotganda ham soatni yechmaslik kerak.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

10 Oct, 05:59


🏎️ McLaren o’zining eng tez sportkarini namoyish etdi — gibrid W1 avtomobili 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erishadi.

Unga «Formula 1 texnologiyasiga ega» benzinli V8+ elektr motori o’rnatilgan. Jami 1275 ot kuchi, maksimal tezligi esa 350 km/soatgacha. Lekin akkumulyatori shunchalik kichikki, yonilg’isiz zaryadi faqat 3 km masofani bosib o’tishga yetadi.

Jami 399 nusxada chiqariladi, narxi 2.1 million dollar.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

09 Oct, 07:48


⚡️Jeff Bezos kabi samarador ishlashni xohlaysizmi? Kunni telefonsiz bir soatlik sayrdan boshlang — soat 10 ga qadar toza havoga chiqing.

Milliarder 2018 yildan beri ushbu qoidaga amal qilmoqda: ishdan oldin «to’liq uyg’onish» uchun kunni sekin va ongli ravishda boshlash kerak. Nevrologlar ham ushbu amal miyani uyg’otib, to’g’ri qaror qabul qilishga yordam berishini tasdiqlashdi.

Lekin bu layfxak faqat 8 soatlik uyqudan keyin ishlaydi.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

07 Oct, 04:17


⚡️Google IT mutaxassisni 2,7 milliard dollarga sotib oldi.

Noam Shazir uzoq vaqt Google'da ishlagan, u jamoasi bilan o’z davrining ChatGPT'si bo’lgan Meena chatbotini ishlab chiqqan. Ammo biroz vaqt o’tgach Google ushbu loyihani yopdi, Noam esa ishdan ketdi.

Google'dan ishdan ketgach u o‘zining CharacterAI startapiga asos solgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Yaqinda esa Google dasturchini qaytarish uchun uning kompaniyasini 2.7 milliard dollarga sotib oldi.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

02 Oct, 13:14


🎉 Mana bu kutilgan xabar bo'libdi...

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!

TEXNO NEWS

02 Oct, 08:43


⚡️Shifokorlarga teridan tomirlarni ko’rishga yordam beradigan ajoyib tibbiy gadjet.

Texnologiya qondagi gemoglobin tomonidan so’riladigan, ammo atrofdagi to’qimalar tomonidan aks ettiriladigan yaqin infraqizil nurlanish yordamida ishlaydi. Aks ettirilgan yorug’lik asosida qurilma qon tomirlarining «xaritasini» tuzadi: real vaqtda va hech qanday qo’shimcha narsalarsiz.

🕊@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!