Ta'lim Live

@talim_live


Ta'lim Live — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda

Murojaat uchun: @TalimLiveBot

Tijoriy hamkorlik uchun: t.me/United_agentligi/43

Ta'lim Live

23 Oct, 04:35


#diqqat #saylov_2024

🌀Qirg'iziston Respublikasidagi barcha vatandoshlarimiz diqqatiga❗️

O'zbekiston Respublikasining Qirg'iziston Respublikasidagi Elchixonasi hamda O‘sh shahrida joylashgan bosh konsulxonasida tashkil etilgan saylov uchastkalariga 27-oktabr yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasi Parlament saylovida siz aziz vatandoshlarimizni qatnashib faol bo'lishga chaqiramiz. Ovoz berish jarayonlari 27-oktabr kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha bo'lib o'tadi. Bemalol talabalar va fuqarolarimiz kelib o'z munosib nomzodlariga ovoz berishlari mumkin! Sizning ovozingiz - kelajak poydevori bo'lishini unutmang!



📍Elchixona lokatsiyasi: Embassy of Uzbekistan 0312 662 065
https://maps.app.goo.gl/6sVa81aACf35qGM38

📍Bosh Konsulxona lokatsiyasi:
https://maps.app.goo.gl/it2bGjYD27W6xmR3A

Murojaat qilish: @wayu_shikoyat

Hurmat ila O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'iziston vakilligi.

@uzbyoshlar_kg

🇺🇿O'zbekiston yoshlari Qirg'izistonda🇰🇬

Ta'lim Live

23 Oct, 03:55


⚡️Surxondaryo viloyatida nodavlat oliygohlar soni bittaga ko'paydi

Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida filialini tashkil etdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi.

Oliygoh viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, o'n oltita yo'nalish bo'yicha bakalavr va uch yo'nalish bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.

🌐 Onlayn ariza topshirish

📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Telegram | Instagram | Web-sayt

Ta'lim Live

03 Oct, 05:00


⚡️Super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratayotgan banklar

🏦 Oʻzmilliybank – 1344
👉 Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun:
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada;
• 60 oy muddatga yillik 24% stavkada;
• Miqdor: Shartnomaga asosan

👉 Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada
• Miqdori- Shartnomaga asosan

🏦 OʻzSQB – 1180
• 12 oy muddatga yillik 25% stavkada;
• 36 oy muddatga yillik 26% stavkada;
• Miqdori- 200 mln soʻmgacha

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Ta'lim Live

03 Oct, 04:27


‼️ Diqqat Diqqat ‼️
Oʻqishni koʻchirish uchun soʻngi imkoniyat.

🔁 Xorijdan oʻqishni koʻchirish "perevod"larini amalga oshirishingiz uchun soʻngi imkoniyat. Hattoki 2-3-4- kursdan ham perevod qilish mumkin. Shoshiling, kvotalarimiz soni cheklangan!

🔔Aloqa xatidagi hujjatlarni yetkazib berish xizmati yoʻlga qoʻyilgan: hujjat yetkazib berish

📚Ta'lim yo'nalishlari:
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Farmasevtika
• Yurisprudensiya
• Iqtisod
• Moliya
• Biologiya
• Pedagogika
• Tarix
• Psixologiya
• Boshlangʻich ta'lim
• Maktabgacha taʼlim
• Konchilik ishi
• Neft gaz

Litsenziya (№2502676 25.06.2024)

☎️ Murojaat uchun:
+998912465303 Yozish
+998919795303 Yozish

Ta'lim Live

28 Sep, 05:55


Ta'lim krediti mavzusida ovozli chat

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Ta'lim Live

28 Sep, 05:25


Бухоро шаҳрида жойлашган Осиё Халқаро Университетида қабул тугашига 2 кун қолди.

Қуйидаги йўналишлар бўйича кириш имтиҳонлари учун ҳозироқ рўйхатдан ўтинг:

Тиббиёт:
Даволаш иши
Стоматология
Фармацевтика

Техника:
Ахборот тизимлари ва технологиялари
Кончилик иши
Технологик машиналар ва жиҳозлар (темир йўл транспорти)
Технологик машиналар ва жиҳозлар (кимё саноати)
Энергетика муҳандислиги
Нефт ва нефть-газни қайта ишлаш технологияси

Педагогика:
Педагогика
Психология
Бошланғич таълим
Мактабгача таълим
Тарих
Жисмоний маданият

Иқтисод:
Иқтисод
Молия ва молиявий технологиялар

Тиллар:
Филология ва тилларни ўқитиш (Ўзбек тили)
Филология ва тилларни ўқитиш (Рус тили)
Филология ва тилларни ўқитиш (Инглиз тили)

Рўйхатдан ўтиш: qabul.oxu.uz

Қўшимча маълумотлар учун биз билан боғланинг:
+998553050009

Батафсил

www.oxu.uz

Ta'lim Live

27 Sep, 06:02


⚡️Nodavlat oliy ta'lim muassasalari reytingi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rasul Kusherbayev boshchiligidagi «Yosh ziyokor» nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi o‘rtasida memorandum imzolandi hamda uyushma tomonidan nodavlat oliygohlar reytingi ishlab chiqildi.

Reytingni hisoblashda 5 ta ko‘rsatkich asos qilib olindi. Bular;

100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan sirtqi o‘rinlar;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar,
100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba.

O‘zbekistonda nodavlat OTM statistik ko‘rsatkichlari:

100 talabaga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchi - 3 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari - 1 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan sirtqi o‘rinlar - 54 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar - 48 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba - 53 ta.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Ta'lim Live

25 Sep, 06:32


⚡️Tarix yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Davlat va nodavlat tashkilotlarda:
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tarix fani o‘qituvchisi;
➡️ O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

Bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
➡️ Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ Davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;

Yo‘nalish bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatlarining turlari:
➡️ pedagogik;
➡️ ilmiy-tadqiqot;
➡️ ma’naviy-ma’rifiy;
➡️ tashkiliy-boshqaruv.

Boshqa yo'nalishlar:
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Psixologiya
➡️ Dasturiy injiniring
➡️ Maktabgacha ta'lim
➡️ Boshlang’ich ta'lim
➡️ Maxsus pedagogika
➡️ Pedagogika va psixologiya
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Ta'lim Live

25 Sep, 06:01


📣 Faqat Siz qoldingiz hujjat topshirmagan!

⌛️Harakatni hozirdan boshlamasangiz bo'lmaydi! Chunki Osiyo Xalqaro Universitetida qabul tugashiga oz fursat qoldi!

Sizni:
Kuchli professorlar jamoasi va xalqaro darajadagi ta'lim;
O‘quv jarayoni uchun barcha qulayliklar;
O‘qishni orzu qilgan yo‘nalishingiz — hammasi faqat Sizni kutmoqda-ya

📥 Shoshiling, bugungi qaroringiz kelajagingizni belgilaydi! Hujjat topshirishga vaqt oz qoldi.

📞 Murojaat uchun: +998553050009

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | YouTube

Ta'lim Live

23 Sep, 09:34


⚡️Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

🎓 Ushbu bakalavriat yo‘nalishi buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi o‘z ichiga davlat va xususiy tashkilotlar, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari, moliyaviy tashkilotlar, auditorlik muassasalari, autsorsing xizmatlari, sug‘urta, soliq va bank tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlaydi.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyatlar asosida ishlashlari mumkin:
➡️ Hisobchi-buxgalterlik;
➡️ Auditorlik faoliyati;
➡️ Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
➡️ Iqtisodiy hisob-kitob;
➡️ Autsorsing faoliyati va boshqalar.

Boshqa yo'nalishlar:
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Psixologiya
➡️ Maktabgacha ta'lim
➡️ Boshlang’ich ta'lim
➡️ Maxsus pedagogika
➡️ Pedagogika va psixologiya
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Ta'lim Live

20 Sep, 07:15


⚡️Iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Bu ta’lim yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklarga ega boʻlasiz.
➡️ Davlat moliya boshqaruvchisi;
➡️ korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi;
➡️ investitsiyalarni boshqaruvchi
xalqaro moliyachi;
➡️ bank xodimi;
➡️ bank hisobchisi va auditor buxgalter;
➡️ byudjet hisobchisi menejeri.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Ta'lim Live

20 Sep, 06:50


⚡️Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Maktabgacha ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi;
➡️ Ixtisoslashtirilgan bolalar
maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachisi;
➡️ Oilaviy tarbiyachi;
➡️ Mehribonlik uyi tarbiyachisi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Ta'lim Live

20 Sep, 06:18


Uyg‘ondingizmi? Sizni ham Nordikda kutyapmiz!


Onlayn ro‘yxatdan o‘tish
⬇️

➡️ https://qabul.nordicuniversity.org/uz

Bakalavriat
Magistratura
PhD
O‘qishni ko‘chirish

+998555084400/@nordic_chat_bot

Nordik rasmiy kanali

Ta'lim Live

19 Sep, 08:33


⚡️Pedagogika va psixologiya ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

👨‍🏫👩‍🏫 Pedagogika va psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.

Ushbu yo'nalishni tamomlagach,
➡️ Pedagog-psixolog: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagog-psixolog va ijtimoiy pedagog bo‘lib ishlash;
➡️ O‘qituvchilik: akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlash;
➡️ Tarbiyachilik: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash;
➡️ O‘quv-metodik: mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash,
➡️ ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash mumkin.  

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Ta'lim Live

19 Sep, 08:04


🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida darslar boshlandi!

🏫 Universitetda yangi o‘quv yili juda qizg’in dars atmosferasi bilan start oldi. Talabalar bilim olishda faol ishtirok etmoqda va akademik yutuqlarga intilmoqda.

💡 Agar hali oliygoh tanlamagan bo‘lsangiz, endi bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ushbu universitetda qabul jarayonlari yakunlanish arafasida va talaba bo‘lish uchun oxirgi imkoniyat eshigi ochiq!

📚 Universitetda 20 ta bakalavr va 8 ta magistratura yo'nalishlari bo'yicha qabul ochiq.

❗️Qabul 1-oktabrga qadar davom etadi.

Litsenziya (№ 364928, 10.11.2022)

📨 Hoziroq ariza qoldiring: qabul.oxu.uz

📞 Qo'shimcha savollar uchun bog'laning: +998553050009

🌐 www.oxu.uz

Ta'lim Live

19 Sep, 06:32


⚡️Rasman: Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra,

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;

"3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.

Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (ta'lim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi.

Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi.

Manba

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Ta'lim Live

16 Sep, 09:37


Respublika bo'ylab 50 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari ro'yxati. (2024-yil uchun tumanlar kesimida)

Do‘stlaringizga ham ulashing, ajabmas, siz tufayli ish topib ketsa.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live

Ta'lim Live

16 Sep, 09:04


📣 Osiyo xalqaro universiteti 2024/2025-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ga qabul e’lon qiladi!
(Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)


🔍 Ixtisosliklar:

08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi
🎓 Tayanch doktorantura (PhD): 9 oʻrin
🎓 Doktorantura (DSc): 2 oʻrin
📚 Stajyor-tadqiqotchi: 1 oʻrin

10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
🎓 Tayanch doktorantura (PhD): 10 oʻrin
🎓 Doktorantura (DSc): 2 oʻrin
📚 Stajyor-tadqiqotchi: 1 o'rin

13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
🎓 Tayanch doktorantura (PhD): 11 o'rin
🎓 Doktorantura (DSc): 2 o'rin
📚 Stajyor-tadqiqotchi: 1 o'rin

14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya
🎓 Tayanch doktorantura (PhD): 9 o'rin
🎓 Doktorantura (DSc): 2 o'rin
📚 Stajyor-tadqiqotchi: 1 o'rin

14.00.21 - Stomatologiya
🎓 Tayanch doktorantura (PhD): 7 o'rin
🎓 Doktorantura (DSc): 1 o'rin
📚 Stajyor-tadqiqotchi: 1 o'rin

🗓 Hujjat topshirish vaqti: 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha.

📥 Hujjatlarni topshirish: daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali

🔗 Batafsil ma’lumot: https://www.oxu.uz/kvota-2025

📞 Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 55 305 00 09

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Youtube