Surxon MOHM offline📖📶🌏

@surxonmohm


Surxondaryo viloyati XTXQTMOHM

Surxon MOHM offline📖📶🌏

17 Oct, 06:20


Assalomu alaykum, xayrli kun, hurmatli ustozlar ushbu so'rovnomada ishtirok eting.

Surxon MOHM offline📖📶🌏

17 Oct, 06:12


https://forms.gle/FnaJP6ei2dC6C4AD9

Surxon MOHM offline📖📶🌏

05 Oct, 06:43


📣E'LON

🖥SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI!

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug'iga asosan Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi "vakant" bo'lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e'lon qilаdi:

➡️Pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi
➡️Ingliz tili fani o‘qituvchisi
➡️Axborot resurs markazi bosh mutaxassisi (kutubxonachi)

✔️ Vakant lavozimlarga pedagogika fanlari yo'nalishi bo'yicha oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr) nomzodlar
✔️ ta’limning zamonaviy metodikalarini bilishi;
✔️uch yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lishlari talab etiladi.

⌛️ Hujjatlar 2024-yilning 31-oktabrigacha qabul qilinadi.

📞Murojaat uchun telefon:
📱+998(99) 744-51-05
➡️Raimnazarov Hasan Ko‘charovich


Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube

Surxon MOHM offline📖📶🌏

04 Oct, 13:07


#Yangi_loyiha

“ONLAYN MAHORAT DARSLARI” TANLOVIGA START BERILDI


Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi
oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Onlayn mahorat darslari” tanloviga start berildi!

📣 Mazkur tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining texnologiya, musiqa, tasviriy san'at va chizmachilik fanlari o‘qituvchilari "ZOOM" havolasi orqali ishtirok etishlari mumkin.

❗️Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar e'londagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so'raladi.

🏆 Tanlov g‘oliblari pedagogik mahorat markazining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning 31-oktabriga qadar davom etadi.


Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube

Surxon MOHM offline📖📶🌏

04 Oct, 03:17


⭐️Hurmatli ustozlar!
Sizlarni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘QUVCHILARDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH VA RAQAMLI DUNYONI O‘RGANISHLARINI TASHKIL ETISHNING ISTIQBOLLARI” mavzusida o‘tkaziladigan respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz!

Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:
➡️ O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar.
➡️O‘quvchilarda raqamli dunyoda o‘qish va o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari.
➡️ Xalqaro baholash dasturlari materiallari asosida tadqiqotchilik va XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari.
➡️Fan o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari.

🗓 O‘tkazish sanasi: 2024-yil, 15-oktabr
O‘tkazish vaqti: 10:00
Maqolalarni qabul qilish:
2024-yil 13-oktabrga qadar (shu kuni ham)

☎️+998 99 093-86-43
+998 90 604-86-94

Surxon MOHM offline📖📶🌏

20 Sep, 06:34


Hurmatli ustozlar!

📌 Ushbu kanal maktablarda faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar uchun yaratilgan bo'lib, quyidagi yo'nalishlarda o'z faoliyatini olib boradi:

👉 o'qituvchilarning malaka oshirish faoliyatini metodik qo'llab-quvvatlash;

👉 “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga tegishli metodik materiallarni o'qituvchilarga yetkazib berish hamda jarayonlarni keng yoritib borish;

👉 ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlarni o'qituvchilarga tezkor yetkazish;

👉 ta'lim tizimida qabul qilinayotgan me'yoriy xujjatlar sharhini berib borish.

Ushbu kanal orqali barcha o'qituvchilarni bir joyga jamlash va ularning malaka oshirish (uzluksiz kasbiy rivojlanish) faoliyatini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

📌 Sizdan, hududingizdagi barcha o'qituvchilarni Malaka oshirish|CPD_official kanaliga a'zo bo'lishini ta'minlashingiz so'raladi.

MMTV, A.Avloniy nomidagi PMMI

Surxon MOHM offline📖📶🌏

19 Sep, 10:09


Ҳурматли устозлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024-йил 21-июндаги ПҚ-231-сон қарорига асосан мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларини узлуксиз касбий ривожлантиришнинг янги тизими жорий этилмоқда.

Унга кўра, эндиликда туман (шаҳар)лардан танлаб олинган таянч мактабларда «Касбий ривожланиш куни» ва барча мактабларда «Касбий ривожланиш соати» тадбирлари ташкил этилади.

Педагогларни узлуксиз касбий ривожлантириш тадбирларининг биринчи босқичи аниқ ва табиий фанлар йўналишида жорий йилнинг октябрь ойидан бошлаб йўлга қўйилиши режалаштирилган.
Узлуксиз касбий ривожлантириш тадбирлари ва соҳага оид янгиликлардан тизимдаги раҳбар ва педагог ходимларни тезкор хабардор қилиб бориш мақсадида “Узлуксиз касбий ривожланиш” телеграмм канали ташкил этилди.

Каналда педагогларни узлуксиз касбий ривожлантириш тадбирлари ҳамда таълим тизимига оид меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар, ўқув-методик материаллар ва уларнинг мазмунига доир долзарб маълумотлар тезкор тарзда ёритиб борилади.

Каналимизни кузатиб боринг ва ҳамкасбларингизга тавсия этинг!

Uzluksiz kasbiy rivojlanish rasmiy kanali

Surxon MOHM offline📖📶🌏

10 Sep, 05:49


2024-yil 10-sentabr kuni yaqin hududlardan soat 12:00 gacha hamda uzoq va tog'li hududlardan soat 13:00 gacha yetib kelganlar (uzrli sababga ko'ra kechikkan bo'lsa, qoldirilgan mashg'ulotlarni o'zlashtirib olish sharti bilan) tinglovchilar safiga kiritiladi.

Belgilangan muddatdan kechikkanlar tinglovchilar safidan chetlashtiriladi.

Surxon MOHM offline📖📶🌏

10 Sep, 05:49


2024-yil 9 - 14-sentabr haftaligida pedagoglarni an'anaviy malaka oshirish uchun xizmat safariga yuborish to'g'risidagi buyruqda F.I.Sh. bor bo'lishiga qaramasdan 9-sentabr kuni DARSGA KELMAGAN pedagoglar haqida Termiz shahri va tumanlar kesimida MA'LUMOT.

Surxon MOHM offline📖📶🌏

24 Aug, 14:05


2024-yil 26-30-avgust haftaligiga rejalashtirilgan offline (an’anaviy) malaka oshirish kurslari to‘liqligicha joriy yilning
30-sentabr - 5-oktabr haftaligiga ko‘chirildi.

Surxon MOHM offline📖📶🌏

24 Aug, 14:03


Sizlardan 2024-yil 26-30-avgust haftaligiga rejalashtirilgan offline (an’anaviy) malaka oshirish kurslari to‘liqligicha joriy yilning
30-sentabr - 5-oktabr haftaligiga ko‘chirilganligi haqidagi xabarni tegishli umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlariga yetkazishda amaliy yordam berishlaringizni so‘raymiz.

Surxon MOHM offline📖📶🌏

09 Jul, 07:09


Ilmiy unvon muborak bo'lsin!

Bugun Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Hojiboyev Ilhomjon Islomjonovichga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berilgani e’lon qilindi.

Markaz jamoasi ushbu unvon bilan  Ilhomjon Islomjonovichni tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Surxon MOHM offline📖📶🌏

23 Jun, 18:07


Assalomu alaykum. Ushbu xatga asosan joriy yilning 24-29-iyun kunlari tashkil etilishi rejalashtirilgan offline (an'anaviy) malaka oshirish kurslari 2024-yilning 26-31-avgust haftasiga ko'chirilganligini ma'lum qilamiz.

Surxon MOHM offline📖📶🌏

22 Jun, 09:46


⚡️Malakali va izlanuvchan o‘qituvchilar uchun ajoyib imkoniyat!

🗣 "Orzu qanoti" maktablari 2024–2025-o‘quv yilida Termiz shahri hamda Muzrabot tumanida o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda!

📣Shu munosabat bilan quyidagi fanlar o'qituvchilari uchun tanlov eʼlon qilinadi:

Boshlang‘ich sinflar;
Matematika;
Informatika va AT;
Fizika va astronomiya;
Kimyo;
Biologiya;
Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari;
Musiqa madaniyati;
Tasviriy san’at;
Texnologiya;
Ona tili va adabiyot;
Ingliz va rus tili (o‘zbek sinflar uchun);
Tarix:
Jismoniy tarbiya;
ChQBT.

– Davlat umumta'lim maktablaridagi imtiyozlar bizda ham qo'llanadi;
– shuningdek, 50% (ish natijalariga ko'ra 100% gacha) ustama beriladi;
– o'qituvchilar bepul tushlik bilan ta'minlanadi.

🗂 Obyektivka va portfoliolarni quyidagi telegram manzilga yuboring:

📞 +998 99 046 07 08
+998 91 237 85 85

@qarshiyev_j_m