SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

@sirdaryomilliymarkaz


Sirdaryo viloyati PYMO'MM

Bizning youtube kanalimiz
https://www.youtube.com/channel/UCjOmnRRrcdAPjrV_8zys2Tg
Facebookdagi kanalimiz
https://www.facebook.com/SirdaryoPedagogikaMarkazi/
Website: https://sirdaryomoi.uz/

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

22 Oct, 09:31


🇺🇿TAYINLOV

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI


O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga asosan Atabayev Hamid Zokirjonovich — Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktorining Akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Atabayev Hamid Zokirjonovich mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi bo'lim boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

21 Oct, 17:55


#EVENT
#INTERVYU

4-qism

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Sirdaryoda taʼlim olib, bugungi kunda respublikamizning nufuzli tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan tayyorlangan suhbat jarayonidan lavhalar.

Hayotingizda sizga eng ko'p ta'sir qilgan va qo‘llab-quvvatlagan inson kim bo‘lgan?

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

21 Oct, 15:47


21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida
21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
"Tushungan topadi" o‘yini iboralar va ularning ma'nosini tushunishga asoslangan aqliy o‘yin bo'lib,tinglovchilarda zo'r qiziqish uyg'otdi.

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

21 Oct, 12:24


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

21 Oct, 03:03


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

20 Oct, 10:10


#EVENT
#INTERVYU

3-qism

MAVZU;Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning o‘zaro integratsiyasi

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Sirdaryoda taʼlim olib, bugungi kunda respublikamizning nufuzli tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan tayyorlangan suhbat jarayonidan lavhalar.

Sirdaryodagi bolalik yillarini qanday eslaysiz va bu yillar faoliyatingizga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

19 Oct, 14:42


#EVENT
#INTERVYU

2-qism

MAVZU;Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning o‘zaro integratsiyasi

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Sirdaryoda taʼlim olib, bugungi kunda respublikamizning nufuzli tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🎓Ushbu loyiha ustozlarga kasbiy rivojlanishlariga katta motivatsiya berib, ta’lim, ilm-fan va amaliyot o‘rtasida ko‘prik yaratishga xizmat qiladi. Sobiq o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari ustozlarning fidokorona mehnati evaziga ro‘yobga chiqqan bo‘lib, kelajakka dadil qadam tashlashlariga turtki bo‘lgan.

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

18 Oct, 13:45


#YANGI_LOYIHA
#EVENT

✍️1-qism

MAVZU;Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning o‘zaro integratsiyasi

🎓Sizning sobiq o'quvchingiz hozirgi kunda qanday natijalarga erishgan?

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Sirdaryoda taʼlim olib, bugungi kunda respublikamizning nufuzli tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Boqiyev Farxod Esanovich Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari. Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “Shuhrat” medali sohibi ishtirok etdi va o'z so'zida ta'limni rivojlantirishda ustozlarni o'rni muhimligi va bunga davlatimiz rahbarining yaratayotgan imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tadbir tashkilotchilaridan biri Umurzakov Jamoliddin Sherbekovich“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati departamenti boshlig‘i. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti. "Iqtisodiyot va boshqaruv" kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) bu tadbir tashrif buyurgan mehmonlarga ham motivatsiya berganligini ta'kidladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ korxonasiga Sirdaryo viloyati pedagoglari jamoasining tashriflarini birgalikda tashkil etish masalasini ishlash mumkinligi, uni oʻquvchi yoshlarga yanada yaxshiroq yetkazib berish, ularda jahon darajasidagi sanoat korxonalarida ishlash boʻyicha qiziqishlarni uygʻotishga yordam berishi haqida aytib o'tdi.

🎓Sobiq o‘quvchilarning bugungi kunda nufuzli tashkilotlarda faoliyat olib borishi, ular orasida doktorlik darajasiga ega bo‘lganlar, ilm-fan va ishlab chiqarishda yetakchi lavozimlarda ishlayotganlarning bo‘lishi - ustozlarning mehnati va bilimini tasdiqlovchi natijalardir. Tadbirda ta'kidlanganidek, ta'limni rivojlantirishda davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va ustozlarning hissasi muhim ahamiyatga ega.O'quvchilarini bunday darajaga yetishganini ko'rgan ustozlar Karimjon Ismoilov va Vohidjon Mahmudovlar mehnatlari beiz ketmaganligiga amin bo'lishdi.

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

18 Oct, 07:14


#YANGILIKLAR

📢Diqqat!
🔵 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
!

🔹 Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida
“PEDAGOGLARNING EHTIYOJLARGA ASOSLANGAN UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI: ILG‘OR TAJRIBALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” mavzusida XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA o‘tkaziladi.

📢 Sizni mazkur konferensiyada o‘z maqolangiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz!

🗓 O‘tkazish sanasi: 2024-yil 7-8-noyabr kunlari
🕓Boshlanish vaqti: 10:00


‼️ Maqolalar quyidagi manzil orqali joriy yilning 31-oktabrga qadar qabul qilinadi: [email protected]
Konferensiya koordinatori: Yo‘ldoshev Abdurauf
+998(97)569-15-05.
Murojaat uchun telefonlar (telegram):
+998(97)569-15-05, (50) 900-91-87

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |▶️YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

15 Oct, 14:29


Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari B. Ismatov, MMTB boshlig‘i N. Xolboyeva hamda Pedagogik mahorat markazi direktori G. Berdaliyevalar A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdilar.

🌸Ular institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish uchun mo‘ljallangan media studiyasi hamda o‘quv xonalaridagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

🌸Shuningdek, mehmonlar zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona, STEAM laboratoriya va situatsion xonalar bilan ham yaqindan tanishdilar.

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

15 Oct, 09:01


Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokim o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiya A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan tanishdi

Bugun Jizzax, Sirdaryo viloyati hokim o‘rinbosarlari hamda Farg‘ona viloyati hokimligi taʼlim, qurilish va loyihalash bo‘yicha mutasaddi rahbarlari institutda bo‘lib, institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

🔰Malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi binosini ham ko‘rdilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

14 Oct, 04:52


💬Колбаса - so'zi aslida turkiy tildan olingan so'z ekanligini bilasizmi?

⚡️Mazkur videorolikda JAHON KEZAYOTGAN TURKIY SO'ZLAR haqida bilib olasiz.


🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube