Bexato

@bexato


@bexatobot rasmiy yangiliklar kanali.

Qo'llab-quvvatlash: https://tirikchilik.uz/bexatobot

Bexato

27 Apr, 09:13


Google'ning bestseller Smartfonlari bizning kanalda.

- So'nggi rusmdagi modellarni hamyonbop narxda va qulay takliflarda xarid qilishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting, boshqa modellarni ham tez orada joylab boramiz.

👉 @SmartphoneUz - sifatni tanlaganlar uchun.

Bexato

04 Feb, 06:09


🤔 Buni bilarmidingiz?

@bexatobot nafaqat tekstlarni, balki quyidagi fayllarni ham avtomatik lotindan krillga yoki krilldan lotinga o'girish funksiyalariga ega:

- .docx;
- .xls;
- .pptx;
- .pdf.

Siz buning uchun faylni @bexatobot'ga yuborsangiz kifoya. Qolgan ishni botga qo'yib bering.

Bizdan uzoqlashmang!

@bexatobot

Bexato

03 Feb, 12:03


#Bexatobot foydalanuvchilari soni ortishda davom etmoqda!

Ayni damda botimizdan foydalanuvchilar soni 100 000 dan oshdi🥳

Eʻtibor va faollik uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz!

botʻga /count buyrugʻini yuborib foydalanuvchilar sonini siz ham aniqlashingiz mumkin.

Bexato

14 Dec, 06:56


@bexatobot reklama berish narxi - 300’000 so‘m

Talablar:
- Rasm yoki Video(1 ta),
- Matn (Belgilar soni 1000tagacha)
- Tugma (2 tagacha)

Qo‘shimcha 📌PIN xizmati:
- bir kundan bir necha kungacha(24 soat 50ming so‘mdan)

Eslatma: Auditoriyamizga mos kelmaydigan reklamani qabul qilmaslik huquqiga egamiz.

Reklama natijasi: reklama postining sifati va auditoriyaning qanchalik qabul qilishiga bog‘liq.

@bexatobot’da ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni 94’000dan ortiq.

Bog‘lanish uchun
@Abdulloh0504 ga murojaat qiling.

Bexato

07 Oct, 12:31


Jami @bexatobot'dan roʻyxatgan oʻtganlar soni bugun ajoyib raqamlarni koʻrsatmoqda, barchangizga rahmat.

Siz ham tekshirsangiz boʻladi.

Bexato

16 Jun, 06:35


Bexatobot'da umumiy ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar
soni 80 000 dan oshdi!

Bunday muhim marraga erishishimizga sabab bo'lgan har bir foydalanuvchimizga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Bexato

02 Apr, 06:12


Assalomu alaykum qadrli #bexatobot foydalanuvchilari.

Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

Ushbu oyda qilgan ibodatlaringiz qabul bo‘lsin.

Bexato

16 Jun, 12:23


📌 #Bexatobot’ning barcha foydalanuvchilariga minnatdorchilik bildirib qolamiz!

⚡️ Ayni damda botimizdan foydalanuvchilar soni 50 000 dan oshdi🥳

E’tiboringiz va faolligingiz uchun katta rahmat😇

botʼga /count buyrugʻini yuborib foydalanuvchilar sonini siz ham tekshirishingiz mumkin.

Bexato

13 May, 03:41


Aссалому алайкум қадрли #bexatobot фойдаланувчилари!

Ҳайит айёмингиз муборак бўлсин!
Рамазон ойида қилган эзгу ният ва ибодатларингиз қабул бўлсин. Кейинги Рамазон Ҳайит байрамига тинч-омонликда, сиҳат-саломатликда етказсин😊

Bexato

27 Apr, 05:19


"Tarovih" va "Taroveh"

Bir so‘zning lug‘atlarda turlicha berilishi savodxonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlardan biridir. "Tarovih" so‘zi imlosida shunday muammo bor.

2013-yili nashr etilgan imlo lug‘ati, izohli lug‘at, etimologik lug‘at, Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati, "Boburnoma" uchun tuzilgan lug‘at, milliy ensiklopediyada bu so‘z "tarovih" shaklida berilgan.

Ammo 1976 yilgi va 1995 yilgi imlo lug‘atlarida "taroveh" shaklida yozilgan.

Ko‘p lug‘atlarda "tarovih" ko‘rinishida berilgani, bu tarzda yozish asliyatga ham mos kelishini inobatga olib va so‘nggi chiqqan imlo lug‘atlariga tayanib, so‘rovnomada tarovih varianti to‘g‘ri deb belgilangan edi.

Bu so‘z og‘zaki nutqda taroveh tarzida ko‘p ishlatiladi. Men shu shaklni ham tarovihning variantdoshi sifatida lug‘atlarga kiritish tarafdoriman.

Lug‘atshunoslar esa foydalanuvchilarni ikkilantiradigan bunday holatlarga barham berishlari zarur.

Tarovih arabcha "taravihu" – "tarviha" so‘zidan, o‘zbek tiliga tovush o‘zgarishiga uchragan holda o‘tgan. Asliyatonlarim olish, hordiq onlari" ma’nosini anglatadi. "Ibodat" ma’nosida esa asliyatda ham, o‘zbek tilida ham xufton namozidan keyin o‘qiladigan sunnat namozni anglatadi. To‘rt rakat o‘qib, ortidan dam olingani uchun bu namoz "tarovih" deb nomlangan.

© Orif Tolib

Bexato

25 Apr, 15:35


Yuziga qarama, fazilatiga qara

“Devonu lug‘atit turk” maqollaridan
 
Azgulukni suv azaqinda kemish bashinda tila – Xalqqa yaxshilik qil, uni suv tagiga tashlasang-da, suv ustida ko‘rasan. Boshqa ma’nosi – ovqat-nonni daryo tagiga tashlasang ham, ustida topasan.
 
Barig‘ o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas – Dasturxonga boringni qo‘ysang, mehmon yo‘qqa sanamas.
 
Tilin tugmishni tishin yazmas – Til bilan tugilganni tish bilan yechib bo‘lmaydi.
 
So‘kushub urushur, o‘rta to‘n titishur – So‘kishdan urishish boshlanadi. O‘rtada to‘n yirtiladi.
 
Ikki bug‘ra ikashur, o‘tra ko‘gakun yanchilur – Ikki ayg‘ir olishadi, oralarida so‘na halok bo‘ladi.
 
Kuch aldin kirsa, to‘ru tungluktan chiqar – Zulm eshikdan kirsa, insof tuynukdan chiqadi.
 
Evlik to‘yg‘ursa, ko‘zi yo‘lqa bo‘lur – Uy egasi mehmonni to‘ydirsa, mehmon ketishga otlanib, ko‘zi yo‘lda bo‘ladi.
 
Kichikda qatig‘lansa, ulg‘azu sevnur – Yoshlikda tirishib harakat qilgan odam ulg‘aygach sevinadi.
 
Bip qarg‘a bipla qish kelmas – Bir qarg‘a bilan qish kelmaydi.
 
Tutushmagincha tuzulmas, tubirmagincha achilmas – Urushmaguncha, qarshilashmaguncha yarash bo‘lmaydi, shamol qo‘zg‘olmaguncha havo ochilmaydi.
 
Elik tutg‘incha o‘t tut – Kafil bo‘lgandan olovni ushlagan yaxshidir. Chunki kafil bo‘lgan kishi so‘ng attang qiladi.
 
Evak evga tegmas – Shoshgan kishi uyiga yeta olmaydi.
 
Kuz keligi yazin belko‘rar – Kuzning kelishi yozda ma’lum bo‘ladi.
 
Ko‘kka sag‘ursa, yuzga tushur – Osmonga tupursa, yuzga tushar.
 
Mush yaqriqa tegishmas, ayur: “Kishi nengi yarashmas” – Mushuk mixga osilgan yog‘ga yetolmay: “Birovning moli yarashmaydi”, deydi.
 
Erdamsizdan qut chertilir – Odobsiz kishidan baxt va davlat ketadi.
 
Tag‘ tag‘qa qavushmas, kishi kishiga qavushur – Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi.
 
Tevey silkinsa, eshakka yo‘k chiqar – Tuya silkinsa, undan bir eshakning yuki chiqadi.
 
Yug‘urqanda ortuq ayaq kusulsa ushiyur – Odam oyog‘ini ko‘rpasidan ortiq uzatsa, oyog‘i uvishadi, sovuq qotadi.
 
Tayg‘an yugurganni tilku sevmas – Yugurik tozini tulki sevmaydi.
 
Evak singak sutka tushur – Shoshqaloq pashsha sutga tushadi.
 
Tatsiz turk bo‘lmas, bashsiz bo‘rk bo‘lmas – Boshsiz bo‘rk bo‘lmagani kabi forssiz turk bo‘lmaydi.
 
Yuzga ko‘rma, erdam tila – Yuziga qarama, fazilatiga qara.
 
Tikmagincha unmas, tilamagincha bo‘lmas – Ekilmaguncha hosil unmaydi, maqsad esa ketidan yurib istalmaguncha qo‘lga kirmaydi.
 
 
© Orif Tolib