Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

@sharqfilologiyasiofficial


OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti rasmiy kanali!

@sharqfilologiyasimurojaatlarbot

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

22 Oct, 06:12


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

📚 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 📚Kitob mening doʻstim” Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

📝 Tanlov 4 bosqichda oʻtkaziladi:

— fakultetlararo (guruh) bosqichi;
— oliy ta’lim muassasasi (universitet) bosqichi;
— hududiy saralash bosqichi;
— yakuniy respublika bosqichi.

📄 Tanlovning fakultetlararo (guruh), oliy ta’lim muassasasi (universitet) va hududiy bosqichlari quyidagi 3 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi:

“Bilimdon kitobxon” sharti (test shaklida);
“Annotatsiya mahorati” sharti;
“Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish” sharti.

🎁 Tanlovning universitet va hududiy bosqichi gʻoliblari faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🏆 Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari esa quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-oʻrin - 8,000,000 (sakkiz million) so'm;

🥈-oʻrin - 6,000,000 (olti million) so'm;

🥉-oʻrin - 5,000,000 (besh million) so'm;

🏅-oʻrin - 3,000,000 (uch million) so'm;

🏅-oʻrin - 2,000,000 (ikki million) soʻm.

📊 Tanlovda ishtirok etish uchun siz fakultet bosqichida yuqori natija qayd etgan boʻlishingiz lozim.

🇺🇿 Universitet bosqichi 🗓25-oktyabr, juma kuni, 📍universitet bosh binosida (rektorat) boʻlib oʻtadi.

📑 Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun fakultetingizdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muoviniga murojaat qiling.

📚 Isteʼdodingizni koʻrsating!
💰 Gʻolib va sovrindorlar safida boʻling!

#kitob_mening_doʻstim #bilimdon_kitobxon #manaviyat_edu_uz #uzdjtu_yoshlari

🇺🇿 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi
📱@uzswlu_mmb

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

22 Oct, 03:55


📌Bugun Sharq filologiyasi fakulteti tyutori J.Ramazonov boshchiligida
🏀“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Shaxmat-shashka sport turlari bo’yicha 2408-2409 guruh talabalar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazildi.


🌐 Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook