Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

@sariosiyohokimligi


Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali

Web site: http://sariosiyo.uz/

Elektron pochta: [email protected]

Ishonch telefoni: +998 (76) 487-64-44, 1088

Yuridik manzili: Sariosiyo tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi 1-uy.

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


📊 Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) qanchaga o‘sdi?

📈2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining YAHM hajmi 6,2 foizga o‘sdi va 38 732,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


Maktab o‘quvchilariga ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rgatilmoqda

Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi raisi S.Qosimov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamkorlikda tumanning 54-umumta’lim maktabida “Ikki til va bir kasb” tamoyili bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar faoliyati bilan tanishildi.

O‘quvchilarning kasb yo‘nalishi hamda ingliz va rus tillari bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi. Bu yoshlarning bilimga bo‘lgan shijoati va intilishini ko‘rib ko‘zingiz quvonadi. Har bir yoshga ustozlari tomonidan o‘rgatilayotgan kasb-hunar kelajakda bu yoshlarga o‘z yo‘lini va o‘z kasbini egallashda yordam beradi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


🎤 Aziz va muhtarama opa-singillar “Yil ayoli” milliy tanloviga marhamat!

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovini e’lon qiladi!

📝 Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

🔊 Tanlov joriy yilning 29-oktabr kuni Sariosiyo tumani Madaniyat markazida soat 10:00 da bo'lib o'tadi.

Tanlovga 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


#saylov_2024

✔️ Har bir ovoz muhim!

Saylovda ishtirok eting!


|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 4 kun qoldi

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


#iqtibos

🔹Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur.
🔹Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur.

✍️Abdulla Avloniy

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


Konstitutsiyani o‘rganamiz!

XIV bob. Oila, bolalar va yoshlar

78-modda.

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:26


Bugun, Seshanba 22-oktabr
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani


📆 22-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
8:02 GMT+05:00 holatiga


🌤 16°...29°, Bulutli havo

Hozir:  23°, ↗️ 2.0 m/s

Tong: 🌤 16°
Kun: 🌤 29°
Oqshom: 🌤 15°
Namlik: 31%
Shamol: G'arbiy, 6 m/s
Bosim: 1010.8 mb.

Quyosh chiqishi: 06:44
Quyosh botishi: 17:40

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:25


Prezident: Ona tilimizga e’tibor ko‘rsatish – milliy mustaqilligimizga, Vatanimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish demakdir

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:25


🎤 Aziz va muhtarama opa-singillar!

Mamlakatimizdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta‘sis etilgan.

📌Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralashning tuman bosqichi joriy yilning 30-oktabr kuni Sariosiyo tumani Madaniyat markazida soat 10:00 da o‘tkaziladi.

📝 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, bilim va salohiyatini mamlakat rivojiga safarbar etadigan o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi, noyob iste’dodi, yetakchiligi bilan ajralib turadigan xotin-qizlar orasidan tanlab olinadi.

Barcha ishtirokchilar va nomzodlarni tadbirga chorlab qolamiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:25


✈️G‘olib sportchilar munosib kutib olindi

🔹Xabaringiz bor, Joriy yilning 7-16 oktabr kunlari Buxoro shahri sportning Penchak Silat turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

▫️Mazkur, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan Sariosiyo tuman sport maktabi hamda tumandagi “Ziynat” sport maktabi sportchi yoshlari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.

📌Bugun, Sariosiyo tuman sport maktabi hamda tumandagi “Ziynat” sport maktabi sportchi yoshlarining erishilgan yuqori natijalari bois, g‘olib sportchilar tantanali kutib olindi.

👏 Sovrindorlarimizni ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklab, kelgusida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:22


🖼 Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Sanoat yarmarkasida respublikamiz hududlari va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz hamda yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin.

Yarmarkada tashkil etiladigan yo‘nalishlar:
qishloq xo‘jaligi;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
kimyo sanoati;
charm-poyabzal va to‘qimachilik;
qurilish materiallari;
oziq-ovqat sanoati.

🟠 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Airitom Free Zone”

📍 Lokatsiya

Qo‘shimchalar ma’lumot uchun telefon:
☎️ +9976-228-01-90 (2026).

Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Jan, 00:22


Subhidam mahallasida tuman hokimi aholi va yoshlar bilan uchrashdi

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Subhidam mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Subhidam mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X