SamDAQU │ Rasmiy kanal

@samdaqueduuz


© SamDAQU Axborot xizmati

SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

💻 Rasmiy veb-sayt: samdaqu.edu.uz
📲 instagram.com/samdaqueduuz
📲 facebook.com/samdaqueduuz
📲 twitter.com/samdaqueduuz
📲 youtube.com/@samdaqueduuz

SamDAQU │ Rasmiy kanal

22 Oct, 12:30


O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
#21oct #BadiiyTadbir

Kuni kecha universitet katta faollar zalida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzokov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Talaba klublari bo‘limi boshlig'i Charos Xushmurodova hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Shahriyor Jo‘rayev o‘zbek tili haqida allomalarning fikrlari, she’rlar va bayram tabrigini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasida ishtirok etib, 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Kafedra o‘qituvchilariga esa bayram munosabati bilan universitet ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shundan so‘ng navbat badiiy qismga berildi. Unda “Ulug‘bek yulduzlari” vokal ansambli a’zolarining kuy-qo‘shiqlari, raqslar, ayniqsa, “Vazirlarning shohga tayyorlangan til go‘shtidan taomi” (shirin va achchiq) nomli sahna ko‘rinishi barchaga manzur bo‘ldi.

Yakunda barcha ishtirokchi talabalar tomonidan “O‘zbekiston yoshlari” qo‘shig'i jo‘rlikda ijro etildi.

#SamDAQU #TilBayrami


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz