SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

@qonun_va_huquq


Samarqand viloyat adliya boshqarmasining telegram kanali.

Бизни кузатинг:
http://youtube.com/channel/UCfrxZAwBsy74sDdZG2OcMMQ

https://www.facebook.com/groups/1845889768777670

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

22 Oct, 18:26


"Mening birinchi ovozim!"

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

22 Oct, 12:21


Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar uchun yaxshi yangilik!

📱 my.gov.uz da joriy qilingan yangi xizmat tufayli endi nogironligi boʻlgan shaxs va uning oila aʼzolariga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.

👉 Buning uchun quyidagi mezonlarga javob berish kerak:

⏺️Oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi;
⏺️Yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;
⏺️Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan boʻlishi.

💰Bir martalik toʻlov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 13:47


"Mening birinchi ovozim!"

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 10:07


📢 Yangi xizmatlar!

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-son qaroriga muvofiq, quyidagi hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron tarzda olishingiz mumkin bo‘ladi:

✈️ Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma;
✈️ Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati;
✈️ Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi;
✈️ Uchishga yaroqlilik sertifikati;
✈️ Shovqinlarga oid sertifikat;
✈️ Radio jihozlar sertifikati;
✈️ Texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati;
✈️ Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa.

Ma’lumot uchun, ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach (2025-yil 15-yanvar) kuchga kiradi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 09:16


Савол: 2 нафар ўғил ва 1 нафар қиз фарзандим бор. Номимда бўлган уй-жойни ўғилларимдан бирига унинг оиласини сақлаб қолиш мақсадида ҳадя қилган эдим. Ҳозирда ўғлим келиним билан мени уйдан чиқариш ниятида. Мен ҳадя шартномасини бекор қила оламанми?

Эсперт: Булунғур туманида хусусий амалиёт билан шуғулланувчи нотариус Элёр Абдураҳмонов жавоб берди.

Каналга уланиш👉 https://t.me/qonun_va_huquq

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 07:42


Меҳнатга ҳақ тўлаш: муҳим 8 саволга жавоб

Иш ҳақининг асосий (базавий) қисми ушбу иш берувчида амалда бўлган меҳнатга ҳақ тўлаш тизими асосида белгиланади ва меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдоридан кам бўлмаслиги керак.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 07:42


Ўриндошлар ҳам  “декрет пули” олишадими?

Соғлиқни сақлаш муассасаси томонидан берилган меҳнатга лаёқатсизлик варақасининг белгиланган тартибда тасдиқланган нусхаси ўриндошлик асосидаги иш жойидан нафақа олиш учун асос ҳисобланади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official