Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

@pmm_uz


Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

👉https://piima.uz/
👉https://www.instagram.com/pmm_uz
👉https://www.facebook.com/mahoratmarkaz
👉 t.me/piimasavollar_bot

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:42


21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan qutlaymiz.

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi. Bu esa ajdodlarimiz orzu qilgan milliy o‘zlik, hurlik uchun tashlangan ilk qadam bo‘ldi. Mana 35 yildirki, ona tilimiz millat ma’naviyatimizning mustahkam poydevoriga aylandi. Zero, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir”.

Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimiz bo‘lishi kerak.

Azizlar! Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:34


#Kun_hikmati

🔷Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil.

✍️Alisher Navoiy

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:32


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:32


#iqtibos

Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillarni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir.

Ishoqxon Ibrat

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

19 Oct, 08:44


#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar
bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

16 Oct, 06:39


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan 10-11 hamda 14-15-oktyabr kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida "Mezonlarga asoslangan baholash" va "Zamonaviy ta'lim" mavzularida seminar-treninglar o'tkazildi. Seminarning birinchi kuni mezonlarga asoslangan baholash tizimining an'anaviy baholashdan farqli tomonlari, formativ hamda summativ baholashning maqsad va vazifalari haqida qatnashchilarga batafsil ma'lumotlar berildi. Seminarning ikkinchi kuni esa zamonaviy ta'lim berish orqali o'quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil bilim olish, loyiha ishini hamkorlikda bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

11 Oct, 05:13


📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);
Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);
Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);
Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);
Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);
Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);
Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);
Jismoniy tarbiya, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog, Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);

Shuningdek, Musiqa adabiyoti va tarixi, Musiqa nazariyasi, Sanʻat tarixi, Amaliy sanʻat, Etika va estetika, Akademik xonandalik, Anʻanaviy ijrochilik (cholgʻu ijrochiligi, xonandalik), Anʼanaviy cholgʻular ijrochiligi, Arxitektura dizayni, Axborot texnologiyalari asoslari, Badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi, Badiiy kashtachilik usta-rassomi, Badiiy kulolchilik usta-rassomi, Badiiy naqqoshlik usta-rassomi, Badiiy yogʻoch oʻymakorligi usta-rassomi, Baxshichilik sanʼati, Charm buyumlari dizayneri, Damli cholgʻular ijrochiligi, Damli va zarbli cholgʻular (gaboy, fagot, tuba , trombon), Dastgohli rangtasvir rassomi, Drama teatri va kino aktyorligi, Estrada cholgʻulari ijrochiligi, Estrada xonandaligi, Folklor ijrochilik sanʼati, Fortepiano ijrochiligi, Grafika rassomi, Haykaltaroshlik, Interyer dizayni, Kino va televideniya rassomi, Kompozitsiya, Kompyuter grafikasi va dizayn, Konsertmeyster (Joʻrnavoz), Lak miniatyurasi rassomi, Landshaftlar va atrof muhit dizayneri, Liboslar dizayni, Mahobatli rangtasvir rassomi, Musiqiy teatr aktyorligi, Mutaxassislikka kirish, Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissori, Qalamtasvir, Rangtasvir, Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi, Rangtasvir va amaliy sanʼat asarlarini qayta tiklash rassomi, Rassom-fotograf, Sanoat dizayni, Sirk sanʼati (jismoniy yoʻnalish), Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Tarixiy teatr liboslari sanʼati rassomi, Tasviriy sanʻat (chizmatasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik), Teatr sanʻati, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi, Teatr sanʼati butafori rassomi, Texnogen sanʼati, Torli cholgʻular ijrochiligi, Umumiy fortepiano, Vokal sanʻati, Xalq cholgʻulari ansambli, Xalq raqsi ijrochisi, Xonandalik, Xor dirijyorligi, Xoreografiya (Xalq sahna raqsi), Zarbli cholgʻular fanlaridan — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

08 Oct, 13:50


#xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi malaka oshirish uchun Buyuk Britaniyada bo’lib turibdi.

Mazkur tashrif davomida delegatsiya a’zolari OxfordAQA hamda Cambridje International Assessment tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan dasturlarda ishtirok etib, xalqaro tajribani o'rganishadi, baholash tizimini yaratish, milliy baholash tizimi dasturni ishlab chiqish, takomillashtirish va rejalashtirish bo’yicha malaka oshiradilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube