Fan olimpiadalari

@olimpdep


🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Fan olimpiadalari

22 Oct, 06:03


Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi qizgʻin pallaga kirdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 11-oktabrdagi tegishli buyrugʻiga asosan, joriy yilning 21-25-oktabr kunlari umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi oʻtkazilmoqda.

Asosiy olimpiada maktablarning 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida quyidagi fanlar oʻrtasida tashkil etiladi:

Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti — (21-oktabrda boʻlib oʻtdi);
Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari — (bugun boʻlib oʻtmoqda);
Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili — 23-oktabr;
Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari — 24-oktabr;
Matematika, Ona tili va adabiyoti, Oʻzbek tili — 25-oktabr.

👉 Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichiga Respublika boʻyicha 450 ming nafardan ortiq oʻquvchilar qamrab olingan. Bellashuv ishtirokchilariga 30 tadan test topshiriqlari beriladi hamda ularni bajarish uchun 90 daqiqa ajratiladi. Test natijalarining eng yuqori koʻrsatkichi — 50 ball.

Foto: joylarda o‘tkazilayotgan olimpiada jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Fan olimpiadalari

19 Oct, 14:09


🟦🟦🟦

Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi qayerda tashkil qilinmoqda
?

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-25-oktabr kunlari Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi tashkil etiladi. Sizning hududingizda tuman bosqichi qayerda o’tkazilishini yuqorida bilib olishingiz mumkin.

Ommaviy axborot vositalarini hamda blogerlarni asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi jarayonlarida jamoatchilik nazoratini o’rnatish bo’yicha taklif etib qolamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Fan olimpiadalari

14 Oct, 06:19


Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi va quyida keltirilgan kunlarda tashkil etilishi belgilandi.

▶️21-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
▶️22-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
▶️23-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
▶️24-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
▶️25-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Fan olimpiadalari

13 Oct, 14:11


21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHI YAKUNIGA YETDI.

Saralash bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra joriy yilda tashkil etiladigan 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etuvchi 6 nafar O’zbekiston terma jamoasi a'zolari saralab olindi.

Terma jamoa a'zolari bilan tanishing:
Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;
Toshtemirov Hushnudbek  Xasanovich - Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-sonli maktab, 9-sinf o‘quvchisi;
Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI, 9-sinf o‘quvchisi;
Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar   11-sonli AFChO‘IM   9-sinf o‘quvchisi;
Asrorov Adham Asqar o‘g‘li - Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;
Yuldashov Murodbek Uktam o‘g‘li - Toshkent shahar, Uchtepa tumani   74-sonli maktab   9-sinf o‘quvchisi.

Eslatib o'tamiz, 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO-2024) 2024-yil 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida bo'lib o'tadi.

O'quvchilarimizga omad tilab qolamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Fan olimpiadalari

13 Oct, 04:55


21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHI DAVOM ETMOQDA.

Bugun ishtirokchilarga test nazorat topshiriqlari taqdim etildi va topshiriqlarni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratildi

Quyidagi telegram guruh orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
👉 @IJSO2024saralash


🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Fan olimpiadalari

12 Oct, 04:59


21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHIGA START BERILDI.

Quyidagi telegram guruh orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
👉 @IJSO2024saralash


🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Fan olimpiadalari

10 Oct, 12:30


21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHI.

Saralash olimpiadasi Toshkent viloyati o'qituvchilar malaka oshirish institutida tashkil etiladi.

📍https://yandex.uz/maps/-/CDT8QR1B

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram