🌏 Numon Nasrullayev

@numonnasrullayev


Marmara universiteti magistri, xalqaro turk tili oʻqituvchisi Nu'mon Nasrullayevning shaxsiy kanali.

• Shaxsiy fikrlar
• Tarjimalar
• Oʻzbek tilini oʻzga til vakillariga oʻqitish
(Til ta'limi)
• Turkiyada taʼlim
• Turk tili onlayn kursları

🌏 Numon Nasrullayev

22 Oct, 13:04


Bizning qishloq togʻ bagʻrida,
Togʻ bagʻrida bogʻ bagʻrida

Maktab vaqtida shunday she'r boʻlar edimi?

Qishlogʻimizda kuzning bir kuni 😍

@NumonNasrullayev

🌏 Numon Nasrullayev

21 Oct, 01:52


Assalomu alaykum

Kechagi suhbatdan olganlarim bir olam!

Esimda qolganlari:

-Ilm ikki xil boʻladi: diniy va dunyoviy;

-Diniy ilm ham oʻz ichida ikkiga boʻlinadi: Farzi Ayn va Farzi Kifoya. Hamma bilishi kerak boʻlganlari Farzi Ayn - namozning ruknlari. Boshqa qilsa ham sizdan soqit boʻladiganlari - janoza namozi;

- Dunyoviy ilm ham ikkiga boʻlinadi: Farzi Ayn va Farzi Kifoya. Tish doktori boʻlish men uchun Farzi Kifoya, ammo, universitetga aynan tish doktori boʻlish uchun oʻqishga kirsam Farzi Aynga aylanadi;

- Ilm oʻrganish talabida yoʻlga chiqqan tolibning har qadamiga farishtalar qanotini yozib turar ekan;

- Ilm sharafli - tolibi ilm sharafli;

- Alloh Qurʼonda hamma narsani soʻrashni oʻrgatgan, soʻralgan narsalarning bittasini koʻp soʻrashni aytgan. Ilmni;

- Alloh oʻzi yaratgan narsalarga guvoh qilib Jabroil alayhissalom va farishtalardan keyin ilm ahlini keltirar ekan. Ilm ahlining darajasi naqadar yuqori;

- Alloh taolo agar kim ishini, amalini maromiga yetkazib, yurakdan, sitqi dildan qilsa oʻsha odamni yaxshi koʻrar ekan;

- Alloh taolo jannat yoʻlini inson nafsiga va tabiatiga yoqmaydigan narsalar bilan oʻrab qoʻyar ekan. Ammo, ilm yoʻlini mahkam tutgan tolibi ilm uchun oson qilib qoʻyar ekan!


Yuqoridagi fikrlarning har biriga alohida toʻxtalib oʻtildi, mushohada uchun sizda ham vaqt bor. Bir oʻylab oʻqib koʻring. Balki nega oʻqishingiz kerak va nimani oʻqishingiz kerak ekanligi haqida qarorga kelib olarsiz.
Kechagi suhbatdan haqiqatan ham ancha narsa oldim, oʻzimdagi birgina iqror boʻlsin uni sizlarga yetqazib bera olgan boʻlsam, manfaatli boʻlsa juda xursandman.

Universitetda oʻqiyotganlar, biror kasb egalari uchun shuni aytmoqchimanki: bejiz aytilmagan Imom Buxoriy, "Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagʻay" - deb. Balki hayotning zalvori sizni ezib qoʻyayotgandir, nafsingizga xush kelmaydigan narsalar bilan sinalmoqdasiz. Demak, siz togʻri yoʻldasiz!

Kuningiz va tongingiz xayrli boʻlsin! 🤲👍

Ushbu postni manfaatli boʻladi deb hisoblaydigan doʻstingizga yuborib qoʻying!

@NumonNasrullayev

🌏 Numon Nasrullayev

20 Oct, 13:42


Assalomu alaykum

Kanalni bitta "tinkillatib qoʻyay". 😁

Batafsil yozaman❗️

Kanaldan uzoqlashmang😉

@NumonNasrullayev

🌏 Numon Nasrullayev

14 Oct, 10:35


Assalomu alaykum
Judayam kech qolingan mutolaa

Martin Iden haqli edi, biz buni bugungi kunda ham yashayapmiz! Asar haqida taqriz yozishga hech boʻlmasa men jazm qilmay.

Ammo, Jek Londonni kechirmayman. Martin oʻlishi kerak emas edi. Balki, Londonning kuchi shundadir. Immuniteti boʻlmagan odam shundoq ham chirib borayotgan jamiyat ichida yanada yashashga qiynalib qoladi asardan keyin. Oʻqiganlardan ikki ogʻiz soʻz kutaman izohlarda!

P.S: Asarni, albatta, oʻqishlaringizni tavsiya qilaman.

@NumonNasrullayev

🌏 Numon Nasrullayev

12 Oct, 10:12


Assalomu aleykum

Dushanba kuni universitetimizda xorijlik talabalarga xos oshxonadan arzonlashtirilgan chegirmali ovqatlanish uchun "yemek karti" olishga navbatda turibman. Bu karta sizga nima beradi? Universitet oshxonasidan arzonroq ovqatlanish imkoni beradi, köchadan 150 liraga yeydigan ovqatingizni 25 liraga yeysiz. 

Shu navbatda orqamdan kelib navbatda turgan rus qizlari bilan ukrayin qizlarning suhbatiga ister istamas quloq misafiri böldim.

Senin sevgilin var mı?
Evet, var

Siz sevgili misiniz, yoksa flört mü ediyorsunuz?
Biz sevgiliyiz.


Men esa bu suhbatga guvoh bölganim uchun özimni kechira olmay yotibman. Besh yil bölibdi Turkiyaga kelganimga. Tilim, yashash tarzım, ovqatlanish zavqim ,hatto, madaniyatim ham qorishib bormoqda kun ötgan sari. Ammo, sevgi munosabatidagi qarashlarim örgana olmadi. Örganmasin hameee.

Aytgancha , juft kunlari 20:00'dagi A1 daraja guruhimiz uchun qabullar hali ham davom etayapdi. Bugun 2-darsimizni ötamiz.
Kurs uchun
@NUMONNASR manziliga yozing!

@NumonNasrullayev

🌏 Numon Nasrullayev

11 Oct, 19:30


Assalomu alaykum

Allohning izni bilan hadya kitoblarimizning yana bir qanchasi oʻz egalariga yetib boribdi. Kitob javonlarining toʻridan joy olganidan juda xursandmiz. Bularning barchasi Allohdan, biz shunchaki sababchimiz. Bizni vasila qilgani uchun Alhamdulillah. 🤲

Kitoblarni bittalab buyurtma qilib olish, Oʻzbekistonga yuborish, manzillarga bittalab toʻgʻri taqsimlash, topilmagan kitoblarni ikkinchi qoʻldan boʻlsa ham topish, nashrda yoʻq kitoblarning eski variyantlarini topishda bizga eng yaqindan, yurakdan yordam bergan @bookexpress_uz dagilarga kattakon rahmat. Oʻz ishlarim bilan boʻlib yurganimda ham ishlarini a'lo darajada bajarishdi. Bajarishda davom etib kelishmoqda. Vaqtingizga, mehnatingizga rozi boʻling. Juda minnatdorman. 🤝🫂

Sizga ham Turkiyadan badiiy, ilmiy, ensiklopedik kitoblar va kitob bilan bogʻliq buyumlar kerak boʻlsa bemalol ularga murojaat qolishingiz mumkin. Hech ikkilanmay @bookexpress_uz deya olaman.❤️
Kamina @NumonNasrullayev nomidan borsangiz 10% chegirmalari ham tayyor!

🌏 Numon Nasrullayev

10 Oct, 05:19


Assalomu alaykum

Allohning izni ila bugun (10.10.2024) soat 19:00'da A1 daraja (noldan) yangi guruhimiz bilan birinchi "probniy" darsimiz boshlanadi. Kursga yozilmoqchi va probniy darsda ishtirok etish istagida boʻlsangiz, @NUMONNASR manziliga yozishingiz mumkin.

Iltimos, sizga yuborilgan maʼlumotlarni yaxshilab, oxirigacha oʻqib chiqing! U yerda hammasi batafsil tushuntirilgan. Probniy darsimizning zoom linki sinov dars guruhiga yuboriladi. Sinov dars guruhining linki esa sizga yuboril(adi)gan maʼlumotlar ichida bor.

Ushbu xabarni yaqin doʻstingizga ham yuborib qoʻyishni unutmang!

@NumonNasrullayev

🌏 Numon Nasrullayev

09 Oct, 10:28


Kurs haqida toʻliq maʼlumot uchun @NUMONNASR manziliga yozishingiz mumkin!

@NumonNasrullayev

🌏 Numon Nasrullayev

09 Oct, 10:27


@NumonNasrullayev

@Ochopat_book

Kanallarini kuzatishda davom eting!

1,452

subscribers

601

photos

56

videos