Nota bene!

@nota_bene1


Bizdagi ma'lumotlar:
— hamma ham bilmaydigan;
— dunyoqarashingizni o'stiradigan;

Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/mad_max93

Aloqa uchun: @nota_bene_bot

Muhokama uchun guruh: @notabene_group

Nota bene!

01 Oct, 01:57


Bayramingiz muborak bo'lsin!

Nota bene!📜

Nota bene!

27 Sep, 13:40


Garri Potter "Klub 27"si a'zolari soni 2 kishiga yetdi...

Bir yil avval 27-sentyabr kuni Albus Dambldor roli ijrochisi Maykl Gambon vafot etgandi. Bu yil esa Minerva Makgonagall roli bilan mashxur Meggi Smit...

Nota bene!📜

Nota bene!

26 Sep, 09:39


"Roll Over Beethoven" Chak Berrining rok-n-roll uslubidagi eng mashxur qo'shiqlaridan biri. 1956-yil mayda chiqqan.

Berri ushbu qo'shiqni opasi Lyusiga kinoya sifatida yozgan. Sababi, Lyusi Chak uydagi pianinoda qandaydir mashxur musiqani chalmoqchi bo'lsa, bunga qarshilik qilar va klassik musiqa chala boshlardi.

Berrining biografi Bryus Peggning aytishicha, qo'shiq klassik musiqani o'rgangan opa hamda mustaqil musiqachi uka o'rtasidagi qarama-qarshilik mevasi bo'lgan.

Qo'shiq 1956-yil oxirida chiqqan "Rok, rok, rok" filmining saundtreklaridan biriga aylangan.

"Rolling Stone" jurnali tomonidan 2004-yilda e'lon qilingan "Barcha davrlarning eng yaxshi 500 qo'shig'i" reytingida ushbu qo'shiq 97-o'ringa loyiq ko'rilgan.

1967-yilda Berri "Roll Over Beethoven"ning lirik varianti bo'lmish "Check Me Out" qo'shig'ini yozgan.

Qo'shiqning Jerri Li Lyuis, shuningdek "The Beatles" hamda "Electric Light Orchestra" guruhlari tomonidan kuylangan versiyalari ham ancha mashxur.

Nota bene!📜

Nota bene!

25 Sep, 11:53


Adolf Sprekkels (05.01.1857-28.06.1924) — kaliforniyalik tadbirkor. "Spreckels Sugar Company" asoschisi. U 1924-yilda Kaliforniyadagi qasrini San Fransisko san'at muzeyiga sovg'a qilgani bilan ham mashxur. Uning xotini Alma de Brittevillni "San Fransisko buvisi" deb atashlari ham bejiz emas.

Adolf Almaga 1908-yil 11-may kuni uylangan. O'sha vaqtda Adolf 51 yoshda, Alma esa 27 yoshda bo'lgan. Shu sababli Alma o'z erini biznesiga ishora qilib "sugar daddy" deb chaqirishga odatlangandi.

Keyinchalik bu termin yoshi katta bo'lishiga qaramay moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli odam bilan munosabatga kirishishni ifodalovchi "sugar dating" ("sugaring") termini paydo bo'lishiga sabab bo'lgan.

Bormi shunaqalar :)

Nota bene!📜

Nota bene!

23 Sep, 11:53


Bu klip emas!

Jaxongir Otajonov tomonidan kecha "Foniy dunyo" nomli yangi tarona va klip taqdim qilindi. Maxtumquli g'azaliga asoslangan ushbu klipda Rene Magritt asarlariga ham ishora qilib ketilgandek.

Lekin qo'shiq mazmuni zo'r. Klassik adabiyotga murojaat qilgan holda ijod qilish (hozirgi zamonda) hammaga ham emas!

Nota bene!📜

Nota bene!

05 Sep, 11:51


"Oltin parashyut" — kompaniya va hodim (aksar hollarda CEO) bilan tuziladigan kelishuv bo'lib, u ma'lum bir sabab (kompaniyaning boshqa odamga sotilishi yoki egasi o'zgarishi) bilan ishdan bo'shatilgan yoki o'z tashabbusi bilan iste'foga chiqqan taqdirda to'lanadigan kompensatsiyalarni belgilaydi.

Termin ilk bor 1961-yilda bankrot bo'lish arafasida turgan "Trans World Airlines" kompaniyasi menejer lavozimiga Charlz Tillingastni taklif etilganida qo'llangan. O'shanda unga, agar ishdan bo'shatiladigan bo'lsa, ko'rsatadigan natijasidan qat'iy nazar ma'lum miqdorda pul olishi va'da qilingandi.

Eng yirik oltin parashyutlardan biri "General Electric" kompaniyasini 2001-yilda "100 yillikning eng yaxshi menedjeri" maqomida tark etgan Jek Uelchga to'lab berilgan — 417 mln AQSh dollari.

Rossiyaning "Nornikel" kompaniyasi rahbari bo'lgan Vladimir Strjalkovskiy ham ishdan bo'shatilganida 100 mln AQSh dollari miqdorida kompensatsiya olgan.

Nota bene!📜

Nota bene!

01 Sep, 04:12


Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!

Nota bene!📜

Nota bene!

01 Jul, 06:12


XaumeaQuyosh tizimidagi karlik sayyora.

2005-yil 29-iyulda bir-biridan bexabar holda 2 tadqiqotchi — Xose Luis Ortis (Ispaniya) hamda Maykl Braun (AQSh) tomonidan ochilgan.

Ispanlar dastlab obyektni nomlash uchun "K40506A" kodidan foydalanishgan. Biroq o'zaro suhbatlarda unga "Santa" nomini berishgan. Chunki sayyora 2004-yilgi rojdestvodan keyin ilk bor ko'zga tashlangandi.

2006-yil 7-sentyabrda u Pluton hamda Erida bilan birga "Kichik sayyoralar katalogi"ga kiritilgan.

Keyinroq ispanlar sayyorani Iberiya bahor ilohasi sharafiga "Ataetsina" (Rim mifologiyasidagi Prozerpina) deb nomlamoqchi bo'lgan. Biroq, bu variant "yer osti xudolari nomlari boshqa obyektlar uchun zahiraga olingani" sababli rad etiladi.

Shundan keyin Devid Rabinovits uni Gavayi tug'ilish ilohasi sharafiga "Xaumea" deb nomlashni taklif qiladi.

Xaumeaning 2 ta yo'ldoshi bor: Xiiaka (dastlab Santaning kiyiklaridan biri sharafiga "Rudolf" deb nomlangan) va Namaka (dastlab "Blitzen" deb nomlangan).

Nota bene!📜

Nota bene!

29 Jun, 07:12


Guantanamo kundaligi — AQSh hukumati tomonidan biror asossiz 14 yil davomida Guantanamo qamoqxonasida ushlab turilgan va qiynoqqa solingan maxbus — Muhammad Uld Slahi tomonidan yozilgan xotira kitobi.

Uld Slahi AQSh maxsus xizmati tomonidan 11-sentyabr voqealaridan ko'p o'tmay Mavritaniyada qo'lga olingan va 2002-yil avgustidan to 2016-yil 17-oktyabriga qadar Guantanamo qamoqxonasida saqlangan. Qiziq tomoni, unga nisbatan ayblov e'lon qilinmagan.

Advokat Nensi Xollanderning so'zlariga ko'ra, AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld Muhammadga qarshi "maxsus so‘roq usullari"ni qo'llashni buyurgan.

Qamoqdalik paytida Slahi ingliz tilini o'rganib, 466 sahifalik kitob yozgan. Advokatlari kitobni jurnalist Larri Simsga berishga. Biroq AQSh rasmiylari bir necha yil davomida kitobning nashr etilishini ta'qiqlashgan. U 2015-yilga kelibgina nashr etilgan.

Ushbu kitob asosida "Mavritaniyalik" filmi suratga olingan.

Nota bene!📜

Nota bene!

28 Jun, 11:19


Komil Xorazmiy (asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o'g'li, 1825-1899) — shoir, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi.

Yoshligidan yaxshi ilm olgan Komil Xorazmiy arab va fors tillarini mukammal bilgan, sharq adabiyoti namoyondalari ijodi, mumtoz musiqa, xattotlik sirlarini qunt bilan o'rgangan.

Keyinchalik u Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II esa Komilni mirzaboshilikka ko'targan. Rossiya va Xiva xonligi o'rtasida imzolangan "Gandimiyon shartnomasi" (1873) ham aynan Komil Xorazmiy tomonidan yozilgan. Shuningdek, u saroyda devonbegi lavozimida ham ishlagan.

Komil Xorazmiy o'zbek kuylarini yozib olish uchun "Tanbur chizig'i" nomli nota tizimini joriy etgan. Bu o'ziga xos notada "Rost" maqomining bosh qismini yozgan. O'g'li Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni davom ettirib, Xorazm "Shashmaqom"ining qolgan ashula va cholg'u yo'llarini to'la notaga olgan.

Nota bene!📜

Nota bene!

28 Jun, 06:12


Solijon Sharipov 2004-yilda NASA astronavti Leroy Chiao bilan birgalikda Boykonur kosmodromidan "Soyuz TMA-5" kosmik kemasida fazoga ko'tariladi.

U 201 kunlik fazoviy missiyasi davomida eshitish uchun Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarini ham o‘zi bilan olib olgandi.

O'sha kunlarning birida maxsus bog'lanish qurilmasi yordamida Sherali Jo'rayevga qo'ng‘iroq qilgan kosmonavt uning "Oltin qanot" qo'shig'i kosmosda yangrayotganini aytadi.

Shu tariqa Sherali Jo'rayev kosmosda qo‘shiqlari yangragan birinchi o'zbek san'atkoriga aylangan.

Aytgancha, hujjatlarda xofizning 1947-yil 12-aprelda tug'ilgani aytilsa-da, uning aynan qaysi sanada tug'ilgani noma'lum. O'zining aytishicha u 12-aprelni ramziy ravishda tug'ilgan kun sifatida nishonlaydi.

Bunga aynan shu sanada Yuriy Gagarinning kosmosga chiqqani sabab bo'lgan. Shuningdek, aynan 12-aprel tanlanishiga Sherali Jo'rayev o'quvchilik davrida shu sanada bo‘lib o‘tgan velopoygada g‘olib bo‘lgani va aynan shu sanada Haj ziyoratini ado etgani ham sabab ekan
.

Nota bene!📜

Nota bene!

27 Jun, 11:16


​​"Tim Taler yohud sotilgan kulgu" — nemis yozuvchisi Jeyms Kryus tomonidan yozilgan falsafiy ertak. Ushbu ertakni yozishda muallif o'z qalbini iblisga sotgan doktor Faust haqidagi afsonadan ilhomlangan.

Asar syujetiga ko'ra, 1930-yillarda Gamburgda yashovchi 3 yoshli bolakay Tim Talerning quvnoq va mehribon onasi vafot etadi. Oradan biroz o'tgach otasi yana uylanadi. O'gay ona esa Timga juda ham shafqatsiz munosabatda bo'la boshlaydi.

Tim 5 yoshga kirganida otasi ham vafot etadi. Dafn marosimi kuni ippodromga kelgan Tim bashang kiyingan Chezare Lefuet ismli odamga duch keladi. U bolakayga g'alati bitim taklif qiladi: Tim har qanday garovda g'alaba qozonish qobiliyatiga ega bo'ladi, biroq buning evaziga Lefuet Timning baxtli kulgisini tortib oladi.

Tim kelishuvga bajonidil rozi bo'ladi. Ammo, uning qobiliyatidan xabar topgan o'gay onasi bundan boylik orttirish maqsadida foydalanib, uni ippodromlarga olib bora boshlaydi. Natijada oilaning hayoti tez orada ancha yaxshilanadi.

Lekin, Tim bundan xursand bo'lmas, kula olmasdi. Uning sirini bilmagan yaqin do'stlari esa Tim endi boyib ketgani uchun bizni mensimayapti deb o'ylay boshlaydi.

14 yoshida maktabni tugatgan Tim bunday hayotga ortiq bardosh berolmasligini anglaydi va kulgisini qaytarish uchun uydan qochib ketadi. Avvaliga u eng xavfli narsalarga pul tikib ko'radi. Chunki, bitim shartlaridan biriga ko'ra, Tim qachondir yutqazsa, kulgisi qaytib kelishi kerak edi. Biroq, hattoki eng aqlbovar qilmas garovlar ham uning g'alabasi bilan yakunlanadi.

Tez orada Chezare Lefuetning vafot etgani va bor boyligini Timga meros qoldirgani ma'lum bo'ladi. Keyinchalik Tim bitimning asl mohiyatini anglay boshlaydi: baron aslida Timning kulgisini sotib olgandi, chunki kulishni bilgan boy odam boshqalarning qalbini osongina egallab olar va undan foydalanardi. Shunda Tim "Lefuet" ismini teskari o'qib ko'radi va... baronning aslida "Teufel" (nemischa "Iblis") ekanini anglaydi.

Asar oxirida Tim do'stlari yordami bitimdan bo'shliq topadi va o'zining kula olishiga 1 tanga tikib, yutqazadi hamda kulgisini qaytarib oladi.

Nota bene!📜