Adliya xabarlari

@namanganadliya


Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot

Adliya xabarlari

21 Jan, 00:26


#Adliya_xabari

🔰 “Inson va qonun” gazetasining navbatdagi sonida Namangan tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi O.Homiddinovning "Avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun... " nomli maqolasi chop etildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.me/namanganadliya

Adliya xabarlari

21 Jan, 00:26


#Adliya_xabari

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.


Mingbuloq tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar murojaatlarining har biri batafsil tinglanib, tegishli choralar ko‘rdi.

Xususan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov tomonidan fuqarolarning ish joyida keltirilgan zararni qoplash, o‘lim guvohnomasini takroran olish, kadastr kabi masalalar yuzasidan 10 ta murojaati tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 2 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 8 ta fuqaroning murojaati koʻrib chiqish va hal etish uchun adliya boʻlimi ish yurituvga olindi. 

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.me/namanganadliya

Adliya xabarlari

21 Jan, 00:26


"Vatan sizga omonat"

27 oktabr kuni Saylovda ishtirok eting!

https://t.me/namanganadliya/31575

Adliya xabarlari

21 Jan, 00:26


Oʻquvchilar oʻrtasida “Huquqiy zakovat”ning hududiy bosqichi davom etmoqda

Avval xabar berilganidek, ayni vaqtda maktab hamda kasb-hunar taʼlim makbati oʻquvchilari oʻrtasida Adliya boʻlimlari tomonidan “Huquqiy zakovat” oʻyinlarining tuman (shahar) bosqichlari oʻtkazilmoqda.

2024-yil davomida yoshlar bilan ishlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining muhim yoʻnalishlaridan biri ham aslida shu. Joriy yilning 21 oktabr kuni yana toʻrtta hududda, Namangan shahar, Chortoq, Norin va Uchqoʻrgʻon tumanlarida hamda Yuridik texnikum talabalari o’rtasida oʻtkazildi.

Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda jamoaviy ishlash koʻnikmasini shakllantirish maqsadida oʻtkazilayotgan bu kabi oʻyinlarda Adliya idoralarining ham oʻz oʻrni bor.

Quyida siz hududiy oʻyinlardan fotolavhalarni koʻrishingiz mumkin. 👆👆👆

Adliya xabarlari

21 Jan, 00:25


#Saylov_2024

⚡️O'zbekistonda saylov tizimi

Intervyu:
Dilmurod Ergashev, Namangan viloyati adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👉https://t.me/namanganadliya

Adliya xabarlari

21 Jan, 00:25


#Vazir_tabrigi

Oʻzbek tili bayrami — bu yurtimizda soʻnggi bir necha yillardan beri oʻzgacha shukuh bilan nishonlanib kelayotgan, qonun bilan belgilangan bayramdir. Ushbu kunda xalqimizning maʼnaviy birdamligi va hamjihatligi ramzi boʻlgan oʻzbek tilining ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz va u bilan faxrlanamiz.

Ming yillik tarixga ega va bugungi kundan dunyoda 50 milliondan ortiq inson gaplashadigan oʻzbek tiliga Oʻzbekistonda davlat tili maqomi berilgan. Bu yil ushbu sanaga ham 35-yil toʻldi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat tilining qadri va nufuzini oshirish borasidagi jiddiy va ilgʻor qadamlar tashlandi, muhim ishlar amalga oshirildi, oʻzbek tilini jahon miqyosida ommalashtirish borasidagi saʼy-harakatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Buning tasdigʻini davlat tilining maqomi va nufuzini tubdan oshirish boʻyicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin.

Xususan, davlat idoralari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritilishini taʼminlashda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Qonunchilik hujjatlari loyihalarini davlat tilida tayyorlash va qabul qilish, idoraviy-normativ hujjatlarni davlat tiliga oʻtkazish, lotin alifbosida ish yuritishga oʻtish kabi sohalarda katta oʻzgarishlar boʻldi.

Adliya vazirligida ham ish yuritish davlat tilida amalga oshiriladi. Boshqaruvdan tortib eng quyi boʻgʻinlargacha ish yurituvni lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek tilida olib borishga jiddiy eʼtibor qaratiladi.

Adliya organlari va tashkilotlaridagi barcha rasmiy tadbirlar va tantanalar davlat tilida yoki davlat tiliga tarjimasi taʼminlangan sharoitda oʻtkaziladi.

Shuningdek, davlat tiliga oid qonunchilik normalarini aholiga tushuntirish borasida huquqiy targʻibot olib boriladi. Oʻzbek tilining tarixiy va umummilliy birlashtiruvchi ahamiyatini taʼkidlash maqsadida turli ijtimoiy roliklar, viktorina va testlar oʻtkazildi.

Adliya organlari tomonidan oʻzbek tilining boy merosini saqlash va avlodlarga koʻpaytirib, tizimlashtirib yetkazish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Oʻzbek ismlari izohli imlo lugʻati” yaratildi, “Yuridik atamalar elektron tezaurusi” loyihasi amalga oshirildi.

Bugun dunyoda mavjud yuzlab tillar orasida oʻzbek tilining oʻz oʻrni va ahamiyati bor. Oʻzbek tili koʻp marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarlarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab kelmoqda. Tilimiz tinchlik, doʻstlik va hamkorlik vositasiga aylanib boryapti — bu barchamizga gʻurur va faxr-iftixor tuygʻularini bagʻishlaydi.

Ming yillik tarixga ega zabardast va goʻzal tilimiz yanada taraqqiy etib, qadri tobora oshaversin!

Qadrli yurtdoshlar, barchangizni Adliya vazirligi nomidan 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman! Ona tilimizga boʻlgan hurmat-ehtirom, eʼtibor doimiy boʻlsin.

Akbar Toshqulov,
adliya vaziri


📌 Kanalga ulanish