Qarshi xalqaro universiteti

@kiu_uz


💰Rektor va ta’sischilar granti
📖 12 ta bakalavr yoʻnalishi
🎓 3 ta magistr yoʻnalishi
🇹🇷🇵🇱🇸🇬 Xalqaro shartnomalar
🏢🧑‍🏫 Zamonaviy kampus va professional ustozlar
📑 Litsenziya (№327633 29.07.2022)

Qarshi xalqaro universiteti

22 Oct, 10:40


Qarshi xalqaro universitetida mini futbol

5️⃣5️⃣5️⃣ Bizning tinib tinchimas Ustozlar boshchiligida tashkil etilgan sport oʻyinlarida qatnashgan talabalarimiz endi katta maydonda toʻp surdilar.

🎓 Bu boʻyicha I-10-24, D-87-24, I-214-24, I-12-24 guruhlar ishtirok etib, mini futboldan finalga chiqdi

Qarshi xalqaro universiteti

22 Oct, 07:43


Qarshi xalqaro universiteti "Neft va gaz ishi" talim yo'nalishidagi talabalarimiz "O'zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Sho'rtan 416 gaz konida ekskursiyalar oʻtkazishdi.

😍 Amaliyot davomida talabalarimiz gaz konining ish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va energetika sohasidagi innovatsiyalar bilan tanishdilar.

😍 Energiya sohasidagi bilimlarni kengaytirish va tajriba oshirish uchun bunday ekskursiyalar muhim ahamiyatga ega.

Qarshi xalqaro universiteti

22 Oct, 03:28


8️⃣8️⃣8️⃣ Qarshi xalqaro universitetida "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🧑‍💻 Yuqori saviyada o'tgan tadbir davomida jamoalar o'rtasida bellashuvlar o'tkazildi. Iqtidorli talabalar ijrosidagi kuy qo'shiqlar, raqslar va sahna ko'rinishlari tadbirga o'zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Qarshi xalqaro universiteti

21 Oct, 04:29


21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Til – millat ko‘zgusi va ma’naviy boyligidir. Til bor ekan, millat barhayot! Bugun dunyoning qadimiy va go‘zal tillaridan biri sanaluvchi hamda kundan-kunga shuhrati ortib borayotgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘ldi.

Qarshi xalqaro universiteti jamoasi yurtdoshlarimizni o‘zligimizni anglatuvchi—Ona tilimiz bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Istagimiz, xalqimizni birlashtirib, milliy urf-odat, an’ana va madaniyatimizni  saqlab kelayotgan ona tilimizning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, nufuzi ortib boraversin!

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
🌐 Sayt 🧑‍💻 Telegram 📸 Instagram
🖼️ Facebook  📺YouTube  📹 TikTok