Jomboy tumani hokimligi

@jomboy


Jomboy tumani hokimligi rasmiy telegram sahifasi

🌐 www.jomboy.uz

☞ https://www.facebook.com/jomboyhokimligi

☞ https://www.facebook.com/jomboypress

☞ https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati

📞 +998939432579

🤝 @jomboytongi

🤝 @jomboy_uz

Jomboy tumani hokimligi

22 Oct, 12:29


📌 O‘quvchilar hokim kubogi uchun dona suradi

Tumanimizdagi mumumta’lim maktablarida shaxmat bo‘yicha “Hokim kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Turli yosh toifalari bo‘yicha o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada iste’dodli yigit-qizlar saralanmoqda.

Ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport va jismoniy tarbiyaga qiziqtirish, bolalar sportini rivojlantirishdan iboratdir.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Jomboy tumani hokimligi

22 Oct, 12:18


📌 “Oq oltin zargarlari” rag‘batlantirildi

Tumanimizda paxta yig‘im-terimi mavsumi davom etmoqda. Ilg‘or terimchilar o‘z vaqtida qo‘shimcha rag‘batlantirib borilyapti. Bugun Tut mahallasida paxta terayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Jomboy tumani hokimligi

22 Oct, 11:24


📌 Qozog‘iston bilan hamkorlik kuchaytiriladi

Poytaxtimizda “O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumi davom etyapti. Nufuzli xalqaro tadbir ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Forumda “SOF CARB”, “MILK VILL”, “BRADJUS”,  “MOXSAR”, “JOMBOY OIL”, “ONE NON” mas’uliyati cheklangan jamiyati misolidagi 15 ta tadbirkorlik subyektlari ishtirok etmoqda.

Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi ishtirokida 3 ta yirik shartnoma imzolandi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Jomboy tumani hokimligi

22 Oct, 09:19


📌 Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi korrupsiya bilan kurashga chaqiradi

Agar sizda pensiya ta’minoti bilan bog‘liq, jumladan, pensiyalarni tayinlash va to‘lashda, tizim bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ijrosini ta’minlashda, hududiy pensiya bo‘limlariga murojaat qilganda ta’magirlik, poraxo‘rlik, xizmat va mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi salbiy holatlar, byurokratik to‘siqlar, umuman korrupsion vaziyatlar kuzatilsa pensiya jamg‘armasining quyidagi aloqa kanallariga xabar qiling:

➡️ telergamdagi @pensiyauzbot boti;
➡️ 12-71 ishonch raqami;
➡️ rasmiy veb-saytdagi maxsus platforma;
➡️ facebookdagi rasmiy kanal;
➡️ instagramdagi rasmiy kanal;
➡️ [email protected] elektron pochtasi.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Unutmang, sizning haq-huquqlaringiz qonun himoyasida.

Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram

Jomboy tumani hokimligi

22 Oct, 07:04


📌 “Shayman” bozori yanada zamonaviy qiyofada

Bozor – el rizqi ramzi. Shu jihatdan tadbirkor va xaridorlarga qulaylik yaratish, savdo hududlarini obodonlashtirish, yo‘laklarni betonlash muhim ahamiyatga ega.

“Jomboy dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati va uning joylardagi filiallarida betonlash va obodonchilik ishlari olib borilmoqda. Jarayonda 2200 kv.m maydon asfaltlandi, 1200 kv.m maydon betonlashtirildi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram