SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

@ibtido_tarix


Chiroyli ta'rifga hojat bo'lmagan tarixiy kanal. Shunchaki biz bilan bo'ling va tarixning o'zingiz bilmagan sirlarini biz bilan oching.
Kanaldan post olinganda manbasi ko'rsatilishi shart!


Murojaat uchun: @Tarixchi_Historiy

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:26


Manba:

M.Ya. Olshevskiy "1841 yildan 1866 yilgacha Kavkaz" kitobidan.  1893 yil iyul.  Nashr qilinganining yigirma to'rtinchi yili.  Yetmish to‘qqizinchi jild” (Sankt-Peterburg Podyach., 39. 1893).  Sahifa  92.


@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


Ammo 1920 yilda Sovet hukumati eski nomda knyazlik familiyasi mavjudligi sababli Botashevo qishlog'ini Planovskoye deb o'zgartirdi.

O'z ma'lumotlarida FSB ma'lumotlaridan foydalanadigan "O'lmas kazarma", shuningdek, "SSSR siyosiy terrori qurbonlari" va "Memorial" ma'lumotlar bazalariga ko'ra, Botashevoda 103 kishi qatag'on qilingan (3- fotosurat)

Masalan, Betrozov Aslangiri Danilyanovich ismli kabardiyaliklardan biri faqat kabardin tilida gapirgani uchun hibsga olinib, 10 yilga majburiy mehnat lageriga jo'natilgan. Dastlab uni va uning o'rtog'ini otib tashlamoqchi bo'lishgan. Bunda unga dushman tomonga oʻtib ketish degan tuhmat qoʻyilgan. Lekin keyinroq uning voyaga etmaganligini hisobga olib, jazo 10 yil mehnat lagerida ishlash bilan almashtirildi (4- fotosurat)

@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


Bu suratlarda Kabardiyaning Botashevo qishlog‘i aholisi tasvirlangan. Terek viloyati, 1898 yil

Terek daryosi vodiysi bo'ylab joylashgan bu qishloq kazaklar bilan janglar va turli to'qnashuvlar paytida vayronagarchiliklar tufayli bir necha marta o'z joyini o'zgartirdi. 1848 yilda qishloq aholisi nihoyat Terekning o'ng qirg'og'ida, Kabardino-Sunzhenskaya tog'ining shimolida joylashdilar.

@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


Bu "imperiya" Kavkaz xalqlariga olib kelgan sivilizatsiya turidir. Ular hanuzgacha o‘z muzeylarida kavkazliklarning kesilgan bosh suyaklarini gʻalaba ramzi sifatida saqlashadi.

Avar noibi Hojimurodning bosh suyagi Sankt-Peterburgda saqlanadi.

O‘ldirilgan Hojimurodning bosh suyagi 1852 yil may oyidan shu kungacha Sankt-Peterburgdagi muzeylardan birining omborxonalarida saqlanmoqda. O'zini madaniyatli deb e'lon qilgan jamiyat odamning bosh suyagini muzeyda saqlashga ruxsat bera olmaydi. Hojimurodning bosh suyagi Xunzaxdagi oilaviy qabristonga dafn etish uchun vataniga qaytarilishi kerak va hozirda mahalliy xalq bu uchun harakat qilmoqda ekan


@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


https://t.me/Buyuk1ar_bilan

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


Sivilizatsiya va Muhojirlar. Gʻarb sivilizatsiyalasi. Qiziq fikrlar?!



Tarixda hech qanday sivilizatsiya yo'qki, uning shakllanishida muhojirlar rol o'ynamasa.

Tarix davomida muhojirlarni o'sha sivilizatsiyada topilgan boyliklar o'ziga tortgan. Bu holda ular tark etgunga qadar yoki shu yerda muqim o'rnashib ketguncha mahalliy jamiyat va uning madaniyati bilan integratsiyalashgan.

G'arb sivilizatsiyasidan tashqari barcha joyda shunday. G'arb davlatlari esa butun qit'alarning tub aholisini qirib tashlab, ularni yangi immigrantlarni qabul qilishga tayyorlagan. Soʻngra, rivojlanishda butunlay muhojirlarga tayangan va hokimiyatni koʻp holda muhojirlar egallagan.


Sababi, nazarimizda, tushunarli, ya’ni muhojir shu yerlik yurt ahlidan farqli o’laroq, pul va hokimiyatga sodiq bo’ladi. Mahalliy o’lka ahli esa dinga, madaniyatga, jamiyatga, qabila va yerga,sharafga sodiqdir.

Shuning uchun muhojir qul kabi(qul deganda pul uchun hamma narsaga rozi boʻlgan, har qanday tuzum va qarashlarni qabul qila oladigan odam nazarda tutilgan)bo'lib ishlashga,yaxshi va yomon ishlarni bemalol bajarishga tom ma'noda va axloqiy jihatdan eng yaqindir.


Shimoliy Amerika va Avstraliya aholisining yo'q qilinishi ham aynan shu sabab yuz berdi. Chunki tub aholi orasida hozirgi madaniyatsizliklar, tizim hech qachon sodir bo'lmagan bo'lishi mumkin edi. Muhojir esa hokimiyat buyurgan va jozibador rag'bat hamda mukofotlar bo'lsa, har qanday harakatni amalga oshirishi mumkin.


Amerika(AQSh), Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlar hatto ommaviy axborot vositalarida shikoyat qilishsa ham immigratsiya eshigini yopmagan va yopmaydi ham.


Agar immigratsiya ular uchun jinoyat va muammolarni keltirib chiqarsa, immigratsiya va fuqarolikka kirish eshigini yopishdan osonroq narsa yo'q.

Ammo bu mumkin emas. Chunki jamiyat qanchalik barqaror bo‘lib, zaminda ildiz otgan bo‘lsa, uni nazorat qilish shunchalik qiyin bo‘ladi. Yaʼni agar bir tub aholi doimiy boʻlsa, ular yillar oʻtib birlasha oladi. Bu esa rahbariyatga birlashgan jamiyatni boshqarishga qiyinchilik tugʻdiradi. Ammo agar migrantlar kelib tursa, fikrlar,qarashlar, nizolar,ziddiyatlar yuz berishi, hokimiyat esa bularga hakamlik orqali jamiyatni boshqarishi mumkin. Hatto, fikrlar,qarashlar va gʻoyalar asosida "boʻlib tashlab hukmronlik qil" qoidasi yaxshi ishlashi ham mumkin.

Sizningcha, Amerikada kim fermer yoki chorvador bo'lishga yaqinroq, beshinchi avlod oq tanli yoki olti yil oldin kelgan misrlik muhojirmi?

Sizningcha, Kanadada pornografiyada kim ko'proq ishlaydi, Ukrainadan kelgan yangi muhojirmi yoki Irlandiyadan bir vaqtlar kelib allaqachonlar mahalliylashgan oltinchi avlod kanadalik immigrantmi?

G'arbga hunarmandchilik bilan shug'ullanish, minimal maosh uchun ishlash, liberal kun tartibini qo'llab-quvvatlash va allaqachon kelib o'rnashib qolgan Gʻarbliklar qilolmaydigan eng past deb bilinadigan ishlarni bajarish uchun muhojirlar kerak. Bu holat xuddi shunday Rossiyaga uchun ham amal qilishi mumkin.

Bizningcha, G‘arb o‘zining muhojirlariga o‘zining bizning qarashlarimizga mos boʻlmagan madaniyatini oʻtkazishga urunish o‘rniga, barcha muhojirlarni haydab chiqarsa yaxshi boʻladigandek. Ammo bu 1 tomondan oʻzining oilasini boqish uchun borgan migrantlar uchun zararli boʻlsa, boshqa tomondan muhojirlarsiz G‘arb ham bo‘lmaydi. Shu sababli Gʻarb ularning doimiy kirib kelishiga kafolat beradi. Bu uchun Gʻarb davlatlari Muhojirlarning mamlakatlari kambag'al yoki uzoq davom etadigan to'qnashuv va urushlarda qolishini kafolatlash uchun harakat qiladi. Yaʼni urushlar,nizolar,fuqarolar urushi uyushtirishga harakatlar qilishadi. Turli gʻoyalar bilan bu xalqlarni 2 ga boʻlib,orasiga nizolar solishga harakat qiladi. Natijada esa bu davlatlarda nizolar yuz beradi. Nizoga botgan, urush maydoni boʻlgan, kambagʻal mamlakatlardagi Aqlli va ishchan, hayot uchun kurashayotgan odamlar natijada, Gʻarbga koʻchib borishga majbur boʻladi.



@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


Mahalliy,oʻz yurtida yashovchi xalq uchun tepada aytilganidek, din,madaniyat, maʼnaviyat, sharaf muhim. Muhojir uchun esa koʻproq pul va hokimiyatdan boshqa sadoqat yoʻq. U oʻziga pul uchun ish qiladigan yollanma ishchi sifatida muomala qiladi. Boshqa yerlik ekanini his qilib oʻzi koʻchib borgan davlat qonunlariga soʻzsiz amal qilishga harakat qiladi. Hokimiyatga boʻsyunadi.


Agar muhojirlarning oʻz yurti boy boʻlsa, dasturxoni chetga bormasdan ham toʻkin boʻlsa, rivojlangan davlatlardan ilgarilab ketsa, u uchun samolyotga o‘tirib, o‘z yurtiga hijrat qilib, ota-bobolar yurtiga qaytishdan osoni bo‘lmaydi.

Isroilning qilayotgan vahshiylik va qirgʻinlari ham aynan chet eldan kelgan muhojirlarning ishi. Ular Falastinlik emaslar. Ular uchun bu qirgʻinlarni uyushtirish ham qiyin emas. Aynan Isroil ham shu sababli Migrant yahudiylarni, nafaqat yahudiy migrantlar balkim, boshqa xalqlardan migrantlarni qabul qiladi.

Siz ko'rib turgan narsa, Gʻazodagi ishlar bosqinchi G'arb qo'lida Yer atrofida yuzlab odamlar bilan sodir bo'lgan voqealarning bir nusxasi xolos.



@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


🇺🇿Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Siyosat , Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga 30 dan ortiq kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz.

Siz ushbu "Ilmiy" jildimiz orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.

Kanallarga a'zo boʻlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing.

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:25


Oq tanli o'smirlar 1963-yilda Alabama shtatining Montgomeri shahrida irqiy bagʻrikenglikka norozilik bildirishadi.



🔥‌‌@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:24


Oʻzbek tilini qadrlash kuni bilan tabriklaymiz


Ammo oʻzbek tilini bir kun emas. Har kun,har vaqt qadrlash kerakligini unutmang. Toʻgʻri,biz Musulmonmiz, biz uchun millat,elat,xalq, odamlar ajratish yoʻq. Ammo oʻz tilimizni sevish bor. Uning uchun mutassib holda kurashmasakda sevish,uning rivoji uchun harakat qilish burchimizdir

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:24


Balfur Deklaratsiyasi bilan bogʻliq baʼzi postlarimiz:


Gitlerning arab "doʻsti"


1-Jahon urushidan keyin Britaniya Falastinda mandat olishi haqida


Balfur Deklaratsiyasi 1915-yilda Makka Sharifi Husayn bilan tuzilgan shartnomaga zid edi



@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:23


Rossiya, AQSh, Ukraina va Buyuk Britaniya rahbarlari tomonidan Budapesht memorandumini imzolash. Vengriya, 1994 yil.

Ushbu hujjat yadroviy quroldan voz kechish evaziga Ukrainaning hududiy yaxlitligini kafolatlashni nazarda tutgan.

🔥‌‌ @Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:23


📆 🇲🇳 1258 yil Musulmonlar uchun fojiali yil bo'lib, Islom dunyosi rasman siyosiy jihatdan birlashishni to'xtatgan. Shuningdek,Arab-Musulmonlari asta-sekin o'zining sobiq imperiya maqomini va fanda jahon ustuvorligini yo'qotgan. Keyin mo'g'ullar Bag'dodni kutubxonalari bilan birga yoqib yuborishdi va bir vaqtning o'zida aholining to'rtdan bir qismini o'ldirishdi. Tarixchilar o'sha kunlarda shaharning daryo qirg'og'i kitoblarga to'lib,daryo esa siyoh rangiga toʻlib ketganligini aytishadi.

🇫🇷🇬🇧 Mo'g'ullarni Iroqqa Angliya-Amerika istilosi ostida harbiy missiyani o'tashga taklif qilish Qo'shma Shtatlar tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, Iroq xalqiga va printsipial jihatdan barcha musulmonlarga nisbatan qo'shimcha haqorat bo'ldi. Bu xuddiki, oʻsha moʻgʻullarning yana bir bor Bagʻdodni egallashi kabi qabul qilingan

🇹🇷🇹🇷 Aytgancha, arablar ko'pincha turklarni ham, Usmonlilar imperiyasini ham "mo'g'ullar" deb atashadi. Bu esa qiziq.

🇮🇶 20-asrda Moʻgʻuliston ustidan egaligini rasmiylashtirgan Sovet Ittifoqi arab dunyosi bilan munosabatlarni mustahkamlash istagida, Moʻgʻulistondan boʻlgan general Abdulkarim Qosim boshchiligida moʻgʻul hukumatiga oʻsha paytdagi inqilobiy yosh Iroq Respublikasi bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishni soʻraydi. Mo'g'ullarga bu haqda so'rov shaxsan SSSR KGB raisi Aleksandr Nikolaevich Shelepindan Misr rahbari Jamal Abdul Nosir bilan stol suhbatidan so'ng, Nosir orqali Iroq rahbarlariga yetkazilgan. Natijada, 1962 yilda Mo'g'uliston Xalq Respublikasi (MXR) nafaqat Iroq bilan aloqalar o'rnatgan, balki 1258 yilda Hulagu qo'shinlari tomonidan Bag'dodni bosib olgani uchun Iroqdan rasmiy va ramziy ravishda uzr so'raydi.




@Ibtido_Tarix

SIRLI DUNYO TARIXI 🇺🇿☪️🇵🇸

21 Jan, 00:23


🇮🇶🇫🇷🇲🇳 📸 Rasmda Mo'g'ul qo'shinlari(umuman Moʻgʻulistondan kelgan qoʻshinlar) Amerika-Britaniya bosqinchilari homiyligida Iroqdagi xalqaro missiyaning bir qismi sifatida, 2007 yil.

Bu 1258-yildan so‘ng mo‘g‘ullar(Moʻgʻulistondan kelgan qoʻshinlar)ning Bag‘dodga ikkinchi bor kirishi bo‘ladi.

Hulagu o‘z qo‘shinlari bilan arab dunyosining o‘sha paytdagi poytaxti, o‘sha davrda dunyoning madaniy va ilmiy markazini talon-taroj qilib, yoqib yuborgan edi.



@Ibtido_Tarix