HR MKBANK

@hrmkbank


Mikrokreditbank ATB HR rasmiy kanali
Официальный HR канал АКБ Микрокредитбанк

HR MKBANK

21 Oct, 15:33


#onatilim_MKBANK_tadbir

🇺🇿 Til - davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, urf-odati, tarixidir.

⭐️ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan MKBANK bosh ofis xodimlari uchun “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

✔️ Mazkur tadbirda Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Mamajonov, Filologiya fanlari doktori, professor va tarjimon Uzoq Jo‘raqulov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Fahriddin Hayit ishtirok etishdi.

✏️ Tadbirda o‘zbek tilining ahamiyati, har bir inson o‘z ona tilini bilishi, uni kelajak avlodga yetkazishda oiladagi maʼnaviy muhitning ahamiyati to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

👏 Ayniqsa, shoir Fahriddin Hayitning ona tili haqidagi she’rlari bank xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

🗣 Tilni e'zozlash, uning mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash esa har birimizning ma’naviy burchimizdir.

🎉 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

21 Oct, 05:54


⭐️ MKBANKda o‘tkazilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostidagi “To‘g‘ri yozamiz” nomli chellenjdan fotolavhalar

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

19 Oct, 08:50


#MKBANK_book_challenge

🥳 “Bankir kitobxon” g‘oliblari aniqlandi!

✔️ Xabaringiz bor, avgust oyida “Eng yaxshi kitobxon" tanlovi uchun o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri boʻlgan Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani tanlangan edi.

🗣 Navbatdagi tanlov ham 2 bosqichda tashkil qilinib, onlayn test va savol-javob tarzida o‘tkazildi. Unda jami 350 nafardan ortiq bank xodimlari ishtirok etishdi. 1-bosqichdan jami 24 nafar xodim 2-bosqichga yo'l olishdi.

⭐️ Ikkala bosqichdan ham muvaffaqqiyatli o‘tgan va “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarimiz bilan tanishing:

🥇 1-o‘rin Matyaqubova Luiza - Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Buxgаlteriya hisobi vа hisoboti boʼlimi yetakchi mutaxassis (arxivarius)
🥈2-o‘rin Karimjonov Nodirbek - Andijon viloyati Buloqboshi bank xizmatlari markazi Kassir-operator
🥉 3-o‘rin Маyliyeva Madina - Bosh ofis Ijro apparati Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassis

G'oliblar O‘zbek tili bayrami kuni belgilangan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

👏 Barcha ishtirokchilarni yutuq bilan tabriklaymiz!

📚 Kitob o‘qing va o‘zingizga eng yaxshi do‘st orttiring!

HR MKBANK

17 Oct, 08:05


🎉 MKBANK Call Center xizmati reytingida kuchli 5talikdan joy oldi

⭐️ "SNS RATINGS" Reyting agentligi respublika tijorat banklarining Call-markazlariga xizmat koʻrsatish darajasi reytingi natijalarini yangiladi.

Mazkur reytingda respublikamizda faoliyat olib borayotgan 35 ta tijorat banklarining 31 tasi ishtirok etdi. Ular orasida MKBANK Call-markazi yuqori natijalar bilan faxrli 4-oʻrinni egalladi.

🔗 Mazkur eʼtirof, bugungi telekommunikatsiya sohasida ish hajmining ortib borayotganiga qaramay, har bir mijozga eng yaxshi xizmatni koʻrsatishda tinimsiz mehnat qilayotgan operatorlarimizning zukkoligi va tezkorligiga bildirilgan munosib baho desak, adashmagan boʻlamiz.

Bu, albatta, boshlanishi! Biz mijozlarimizga sifatli va tezkor xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirishga harakat qilamiz.

👏 Bizni eʼtirof etganingiz va bildirgan ishonchingiz uchun minnatdormiz!

🌐 Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

15 Oct, 08:23


🎉 UZCARD kompaniyasini 20 yiilik ishonch bilan qutlaymiz!

⭐️ Bugun Uzcard nafaqat millionlab foydalanuvchilarning ishonchli toʻlov vositasi, yurtdoshlarimizning moliyaviy munosabatlariga yengillik va olib innovatsiya olib kirgan ilgʻor platformadir.

Biz fursatdan foydalanib, doim oʻzaro manfaatli hamkorlikka hamda kelajakda ham birgalikdagi loyihalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshirishga ishonch bildiramiz.

👍 UZCARDning kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyat va ishonchli yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan
MKBANK jamoasi!




🎉 Поздравляем компанию UZCARD с 20-летием доверия!

⭐️ Сегодня Uzcard – это не только надёжное платёжное средство для миллионов пользователей, но и передовая платформа, которая внесла лёгкость и инновации в финансовые отношения наших соотечественников.

Мы хотим воспользоваться возможностью выразить уверенность в дальнейшем взаимовыгодном сотрудничестве и успешной реализации совместных проектов в будущем.

👍 Желаем компании UZCARD больших успехов и заслуженных достижений в её дальнейшей деятельности!

С уважением,
коллектив MKBANK!


Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz

HR MKBANK

10 Oct, 13:27


#MKBANK_book_challenge

🔈 “Bankir kitobxon” tanlovining 1-bosqich g'oliblari aniqlandi!

⭐️ Xabaringiz bor, avgust oyida o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan biri Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asari asosida “Eng yaxshi kitobxon" tanloviga start berilgan edi.

🔘 Ushbu tanlovda jami 450 nafardan ziyod bankimiz xodimlari ishtirok etishdi.

✔️ 1-bosqichdan esa 23 nafar xodim 2-bosqichga yo'l olishdi.

➡️ 2-bosqich 14-oktabr kuni xodimlar o‘rtasida onlayn savol-javob tarzida o‘tkaziladi.

👏 G'oliblar Davlat tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin 5 million so‘m
🥈 2-o‘rin 3 million so‘m
🥉 3-o‘rin 2 million so‘m.

🎉 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

HR MKBANK

04 Oct, 08:04


➡️ Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash - davr talabi

Ilmsiz taraqqiyot boʻlmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʻkidlaganidek, “Jaholatga qarshi – maʻrifat”ni qurol qilsakkina maʻrifatli, saodatli boʻlib, jaholatga qarshi kurasha olamiz.

MKBANKning Bosh ofis binosida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash - davr talabi” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Bank Boshqaruv raisi va Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari, Bosh ofis xodimlari, hududiy boshqarmalar va filiallari xodimlari ishtirok etishdi.

👏 Mazkur davra suhbatida Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining matbuot kotibi – Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Ilhom Maʻrupov oʻz maʻruzasi bilan qatnashdi.

Batafsil

На русском языке

Veb-sayt | 📱 MAVRID | 📱 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 YouTube | ☎️ Call-markaz