GulDU.uz | Rasmiy kanal

@gulduuz


Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: [email protected]
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:26


Diyor Yangiliklari||

#19oktabr
#Sirdaryo

📡 @Sirdaryo_Mtrk

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:26


Diyor Yangiliklari||

#21oktabr
#Sirdaryo

📡 @Sirdaryo_Mtrk

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:26


#guldu #chellenj #Stop_korrupsiya

🎗Guliston davlat universiteti #stop_korrupsiya chellenjini davom ettirmoqda.

🕊@gulduuz

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:26


#psixolog_xizmati

Guliston davlat universiteti psixologi M.Karimova tomonidan Axborot texnologiyalar fakultetining 1- kursga qabul qilingan talabalari bilan G.Yu.Ayzenkning "Temperamentni o'rganish" testi olinishiga start berildi. Test olinishidan oldin talabalarga Temperament – odamning individual xatti-harakatlarini ifodalab turuvchi tug‘ma va turg‘un psixofiziologik xususiyatlar yig‘indisi.

Barcha temperament vakillari ichida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish mumkin ekanligi tushuntirildi,har qanday temperament vakillari bilan faoliyatga yo'nalgan natijadorlikka erishish mumkinligi aytib o'tildi.

@gulduuz

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:26


#talim_integratsiyasi

🔹 21.10.2024 kuni Guliston davlat universiteti "Buxgalteriya hisobi va moliya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari "Guliston agrotexnologiyalar" texnikumida tashkil qilingan kafedra filialida bo‘lishdi. U yerda texnikum professor-o‘qituvchilari va “Buxgalteriya hisobi” ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlari bilan birgalikda davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbatida talaba-yoshlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kengroq ma’lumotlar berildi:
🔹Prezidentimiz 2019 yil 6-sentyabrdagi PF-5812 son farmoni va Vazirlar maxkamasining 2022 yil 11-yanvardagi dagi 17-son qarori "Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish” tartibi haqida;
🔹Universitet va texnikum o‘rtasida o‘quv, ilmiy soxada hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish, birgalikda darslik, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy moqala va tezislarni tayyorlash va nashrdan chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi;
🔹 Talaba-yoshlarga faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan zamonaviy dasturlar "1C dasturi", “Uzasbo”dan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ular haqida malumotga ega bo‘lish;
🔹Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga professor-o‘qituvchilar tomonidan yetarlicha javob olishdi.

😎@gulduuz

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:26


#profilaktika
#psixolog_xizmati

TTJda profilaktika tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 3/’21-QQ-sonli “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishni yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ilovasiga binoan, Guliston Davlat universiteti XQMB inspektori S.Tursunboyeva hamda universitet psixologi M.Karimovalar tomonidan 2-TTJda istiqomat qiluvchi talaba qizlarning yashash sharoitlari o’rganildi.

O’rganish davomida bir xonada yashovchi qizlarga o’zaro hamjihatlikda va ahillikda yashashlari, bir birlarining buyumlarga xiyonat qilmasliklari va buning oqibatida turli xil ma’muriy jinoiy huquqbuzarliklar kelib chiqish oqibatlari tushuntirib o’tildi. Talabalarni o’zaro bir birlariga ma’sul ekanliklari haqida aloxida ta’kidlab o’tdilar, shu bilan bir qatorda, talabalarga:
- TTJ ichki tartib qoidalariga bo’ysuntshlari
- har qanday turdagi huquqbuzarlik sodir etmaslik;
- tazyiq va zo‘ravonlik, tamagirlik holatlariga duch kelishganda xabar qilishlari hamda bir qator dolzarb mavzular muhokama qilindi. Talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni olishdi.

✈️ @gulduuz

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:26


#OAV
#UzA
#til_bayrami

📺📺

OAV biz haqimizda...

✉️ 2024-yil 21-oktabr kunli Guliston davlat universitetida "O'zbek tili bayrami" kuniga bag'ishlab o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir to'g'risida Oʻzbekiston Milliy Axborot Agentligi (UzA) rasmiy veb sahifasida “Til--millat mulki, boyligi" mavzusida tahliliy maqola chop etildi.

🔗Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin:
👉 https://uza.uz/oz/posts/til-millat-mulki-boyligi_648121

✈️@gulduuz

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:25


Axborot 24 | 21-oktabr - O`zbek tili bayrami kuni
#21oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

GulDU.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 00:25


#21oktabr
#til_bayrami

🖌 Qadring baland bo‘lsin-ona tilim!

2024-yilning 21-oktabr sanasida Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “21-oktabr-O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori professor M.Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi J.Abdullayev “O‘zbek tilining taraqqiyoti va Davlat maqomiga ega bo‘lishi” mavzusida chiqish qildi.

Bayram tadbirida muvaffaqiyatlarga erishgan bir guruh talaba-yoshlar bayram sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirning badiiy qismida universitetning ijodkor talaba-yoshlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va she’rlar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari va milliy raqslar namoyish etildi.

🔗 @gulduuz