FUTGOL

@futgol_uz


Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

FUTGOL

22 Oct, 08:57


Bugun ko‘ngillaring nimani tusasa, shunga yarasha o‘yinlar bor:

Masalan, Ronalduning “An-Nassr”i Tehronda Jaloliddin Masharipovning “Istiqlol”i mehmoni bo‘ladi (21:00 da).

Shu o‘yin birinchi taymi tugashi bilan esa sizda YCHL doirasida bir emas, ikki o‘yinni ko‘rish imkoni bor (21:45 da):

“Milan”—“Bryugge”
“Monako”—“Srvena Zvezda”

Gazakka bo‘lsa 22:45 dan Abbos Fayzullayevning “SSKA”si va Chechenistonning “Axmat”i o‘rtasidagi o‘yin bor.

00:00 da siz intiqib kutgan o‘yinlar. Men ham siz kabi “Real”—“Borussiya D” uchrashuvni ko‘raman. Kimdir ko‘raman desa, “PSJ”, “Arsenal”, “Yuventus”ning o‘yinlarini ham ko‘rishi mumkin. Bunga qarshiligimiz yo‘q😊

@futgol_uz

FUTGOL

21 Oct, 08:30


Kloppdan keyin “Liverpul”ni qayta qurish kutayotgani haqida juda ko‘p yozilgandi. Lekin hozircha Arne Slot nemis murabbiyining o‘rnini bildirayotgani yo‘q.

Slot “Liverpul” bilan barcha turnirlar doirasida 10 ta g‘alabasini 11 ta uchrashuvda qo‘lga kiritdi. Undan yaxshiroq natijani esa APL murabbiylari orasida faqat Pep Gvardiola uddalagan. “Man.Siti” bilan 10 ta o‘yin va 10 ta g‘alaba.

Biroq mavsum endi boshlaganini hali oldinda uzoq yo‘l turganini ham unutmaymiz. Zero o‘tgan mavsum “Tottenhem” yangi murabbiy qo‘l ostida zo‘r start olib, yakunda qoqilib tushgandi…

@futgol_uz

FUTGOL

21 Oct, 06:43


“El-Klasiko” haftasi

“El-Klasiko” bu yil boshqacha bo‘lishi kerak. Har holda men avvalgilaridan ko‘ra ko‘proq intriga kutyapman.

Raqamlarga qarang: La Liga 10-turidan so‘ng “Barsa” 27 ochko bilan peshqadam. “Real” esa 24 ochko bilan 2-o‘rinda. Katalonlar 1 ta o‘yinni yutqazgan, “Real”da mag‘lubiyat yo‘q, 3 ta durang. Flik jamoasi “Qirollik klubi”dan 12 ta ko‘proq gol urgan. Anchelotti shogirdlari esa 3 ta kam gol o‘tkazgan.

Ikkalasi ham hafta boshida nemis grandlariga qarshi o‘ynaydi. “Real” “Borussiya D”ni, “Barsa” esa “Bavariya”ni mehmon qiladi.

Flik “Barsa”da dahshatli trioni vujudga keltira oldi — Rafinya, Yamal va 36 yoshida ikkinchi yoshligini boshlagan Levandovski. Anchelotti esa Mbappe sabab ishlab turgan mexanizmni o‘zgartirishga majbur bo‘layotgani sir emas.

Ikkala jamoaning “El-Klasiko”da qanday holatda bo‘lishi qiziq. Asosiysi, jarohatlarsiz yetib borishsin.

@futgol_uz

FUTGOL

20 Oct, 19:59


🇪🇸Lamin Yamal o‘tgan mavsumda La Ligada 37 ta uchrashuvda qilgan natijasini joriy mavsum 10 ta o‘yindayoq takrorlab qo‘ydi

2023/24:
◎ O‘yinlar: 37
◎ Gol+pas: 10

2024/25:
◎ O‘yinlar: 10
◎ Gol+pas: 10

“Barsa” hozir “Sevilya”ni kaltaklayapti. Levangolskidan 2 ta gol, Yamal esa Pedrining goliga assistent bo‘ldi. Aytgancha, maydonda “Barsa”ning avvalgi “javohiri” Fati ham bor.

@futgol_uz

FUTGOL

17 Oct, 11:51


Ism-shariflarsiz o‘yinlarni sharhlay olasizmi?

Xayrulla aka: Albatta, qo‘shiqchilar so‘zlarsiz qo‘shiq aytayotganda nega endi biz ismlarsiz sharhlay olmas ekanmiz!?

@futgol_uz

FUTGOL

17 Oct, 11:50


Xayrulla va Davron akalarga ham qiyin, hozir umuman tanimaydigan blogerlaridan iborat jamoalar o‘yinini sharhlab o‘tiribdi)

@futgol_uz

FUTGOL

16 Oct, 08:36


🇩🇪Tuxelni Angliyada qilgan ishlaridan xabardorsiz, endi shu ishlarini mamlakat bosh jamoasi bilan amalga oshirishga harakat qiladi

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 16:04


Mundial yo‘lida oson o‘yinlar bo‘lmasligini tanamizda his qilishda davom etamiz. BAAdan har qanaqasiga ustun edik. Faqat to‘p o‘lgur ham “ha” deganda darvozaga kirishni xohlamadi. Bugun hech bir futbolchini ajratib ko‘rsatib bo‘lmaydi. Jamoa g‘alaba qozondi. O‘zbekiston yutdi. Eng asosiysi shu.

Rahmat, yigitlar!

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 16:01


Bo‘ldi-ye

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 05:27


Uzr, bugun betimni yuvmagandim)

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 05:22


O‘sha gap)

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 16:15


Ha, Abbos zo‘r o‘yinchi. Bunga gap bo‘lishi mumkin emas. Biroq birinchi bo‘limda “bahaybat eronliklar” uni butkul yopib tashlay oldi. Bu butun bo‘lim davomida bitta qanot deyarli yo‘q degani edi. Evaziga Eldor ko‘proq yugurishiga to‘g‘ri keldi. Jalol esa ko‘proq to‘psiz harakatlanishga majbur bo‘ldi.

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 16:11


Ha, Eron jiddiy raqib. Jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada. Bir kishi kam bo‘lib qolsa-da, charchagani deyarli bilinmadi. Faqat biroz charchoq kuzatilganlari vaqtida zaxiraga olindi. Lekin bugun Eronni yutish mumkin edi. Qizil kartochkadan so‘ng to‘p nazoratini oldik, biroq nega ko‘proq bosim qilinmadi — shunisi biroz tushunarsiz bo‘ldi. Himoyamiz esa bugun ideal o‘yin ko‘rsatdi. Rustamni sariq kartochkasini hisobga olmasak.

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 16:07


Yutish uchun hamma narsa berildi bugun. Faqat o‘zimiz foydalana olmadik, xolos.

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 08:21


😁😁🤣

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 05:42


Bugun ko‘p narsa o‘zgarishi kerak, faqat o‘yindan keyin guruhdagi o‘rnimiz o‘zgarmasa bo‘ldi

Maydonda bo‘ladigan boshqa hammasiga roziman)

@futgol_uz