🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

@ekonuruz


♻️"𝐄𝐤𝐨𝐍𝐮𝐫" 𝐞𝐤𝐨 𝐯𝐨𝐥𝐨𝐧𝐭𝐲𝐨𝐫𝐥𝐚𝐫 𝐡𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭𝐢
♻️"𝐄𝐤𝐨 𝐦𝐚𝐫𝐚𝐟𝐨𝐧" 𝐱𝐚𝐥𝐪𝐚𝐫𝐨 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐢
♻️"𝐓𝐚𝐛𝐢𝐚𝐭 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 10 𝐤𝐮𝐧" 𝐥𝐨𝐲𝐢𝐡𝐚𝐬𝐢
♻️"𝐄𝐤𝐨 𝐯𝐢𝐤𝐭𝐨𝐫𝐢𝐧𝐚" 𝐢𝐧𝐭𝐞𝐥𝐥𝐞𝐤𝐭𝐮𝐚𝐥 𝐥𝐨𝐲𝐢𝐡𝐚𝐬𝐢

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

17 Oct, 10:13


🪲 Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Ixtirolar tanloviga marhamat:

SIZDA:
Atrof-muhitni muhofaza qilish, havoning ifloslanish darajasini kamaytirish va resurslarni tejashga qaratilgan loyihalar,
Iqlim o‘zgarishining oldini olish yoki uning oqibatlariga moslashish bo‘yicha takliflar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlar,
Qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikni oshirish va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha innovatsion takliflar
mavjudmi? Unda ushbu tanlov sizlar uchun!

🌏 Kimlar ishtirok eta oladi?
Umumta’lim maktablarining
5-11-sinf o‘quvchilari mustaqil o‘zlari yoki jamoa (3 nafargacha) bo‘lib qatnashishlari mumkin.

🏆 Respublika bosqichida g‘olib bo‘lsangiz sizni nimalar kutmoqda?
🥇30 million
🥈20 million
🥉10 million
Qolaversa tanlovning eng yaxshi deb topilgan 10 TA LOYIHA
amaliyotga tadbiq etish uchun moliyalashtiriladi.

🧗Roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot uchun: http://ixtirochi.piima.uz

🪲 @ekonuruz 🪲

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

17 Oct, 09:05


🌿 USCHOOL Xalqaro Ekologik Olimpiadasi

Davlat: Rossiya
Moliyaviy ta'minot: To'liq
Yosh toifasi: 8-18

Ushbu dasturda ishtirok etgan g’oliblar xalqaro bolalar oromgohlariga yo’llanmalar va 48 nafar sovrindor zamonaviy gadjetlar bilan taqdirlanadi.

Imtiyozlari:
- Global muammolarga tengdoshlar bilan birga yechim topish
- Shaxsiy ekologik loyihani taqdim etish va mentorlardan maslahat olish
- Do'stlar orttirish
- Serifikat va boshqa bir imkoniyatlar

Ro’yxatdan o’tish uchun: Havola

Ariza topshirishning so'nggi muddati: 20-oktabr

@ekonuruz
@EduGrandsUz

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

13 Oct, 14:12


🌿7 Kun - 7 Yashil odat! 🌿

Har kuni qilinadigan kichik o‘zgarishlar sayyoramizga katta o‘zgarishlar keltirishi umkin. Biz bilan 7 kunlik yashil odatlar qabul qilishga tayyormisiz

1️⃣Plastmassani kamaytiring – qayta ishlatiladigan narsalardan foydalaning!

2️⃣Suvni tejashni odat qiling – kerak bo‘lmagan vaqtda kranlarni o‘chiring.

3️⃣Piyoda yuring yoki velosipedda harakatlaning – gaz chiqarilishini kamaytiring!

4️⃣Mahalliy mahsulotlar tanlang – ekologik toza xarid qiling.

5️⃣Energiyani tejashni odat qiling – elektrni keraksiz joyda o‘chiring.

6️⃣Chiqindilarni kamaytiring – kompost qilishni boshlang.

7️⃣Boshqalarni ilhomlantiring – yashil odatlaringizni do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

#GreenDiplomacyWeeks davomida siz ham o‘z hissangizni qo‘shing va o‘z odatlaringiz bilan bo‘lishing! 🌿

——

🌿7 дней – 7 зеленых привычек!🌿

Маленькие изменения каждый день могут привести к большим переменам для нашей планеты. Готовы принять 7 зеленых привычек вместе с нами

1️⃣Сократите использование пластика – используйте многоразовые вещи!

2️⃣ Приучитесь экономить воду – закрывайте кран, когда не пользуетесь.

3️⃣Ходите пешком или ездите на велосипеде – уменьшите выбросы газа!

4️⃣Выбирайте местные продукты – покупайте экологически чистые товары.

5️⃣Приучитесь экономить энергию – выключайте свет, когда он не нужен.

6️⃣Сократите количество отходов – начните компостирование.

7️⃣Вдохновляйте других – делитесь своими экологическими привычками с друзьями!

Присоединяйтесь к #GreenDiplomacyWeeks и делитесь своими привычками с нами! 🌿

#EU4GreenTransition

🌱𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑🌱

15 Sep, 13:18


🐱 Hayvonlarga mehr ulashish shart! Axir ular bunga tashna!

🐶 Hech e'tibor berganmisiz? Ko‘cha to‘la boshpanasiz it, hayvonlar va mushuklar! Ayniqsa:
Qishloqlarda qorni to‘ymay, egasiz yurgan itlar;
Go‘sht o‘g‘rilagani uchun uyidan quvilgan mushuklar;
Haftalab suv ichmay, quruq ajriq kemirgan ho‘tiklar;
Faqat qamalib turib, donga zor tovuqlar;
Uyi buzilgan qushlar haqida eshitsangiz yoki ularni real hayotda ko‘rsangiz, yuragingiz achinish hissiga limmo-lim bo‘ladi!

🥹 Achinmaysizmi?! Yo‘q-yo‘q! Achinasiz! Chunki EKONUR'ni tabiatga befarq emaslar kuzatadi! Biz ekomarafon davomida bu vaziyatni ham inobatga oldik! Shu sababli, "Hayvonlarga mehr ulashish" aksiyasini o‘tkazdik!

🐶 Ko‘chada qolgan hayvonlar yeyishi uchun idishlarda suv va ovqat qo‘ydik. Jarayon haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun mazkur suratlarni keltiramiz! Tabiatni, undagi jonzotlarni asrash — burchimizdir!

😊 @ekonuruz