Toshkent shahar Kengashi

@ecopartytoshkent


O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashining telegramdagi rasmiy kanali.

Murojaat uchun: +99895 603 01 01
Ishonch telefon raqami: +99855 503 45 22

Toshkent shahar Kengashi

22 Oct, 21:23


#Выборы_2024
#Город_Ташкент

В столице продолжаются предвыборные мероприятия

https://t.me/ecopartytoshkent

Toshkent shahar Kengashi

22 Oct, 20:47


#Saylov_2024
#Toshkent_shahri

Kuni kecha O'zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga 17-Bunyodobod saylov okrugidan nomzod Nodirjon Yunusov Sergeli tumanidagi "Mehrigiyo" mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida nomzod N.Yunusov tomonidan oilalarda “yashil” iste’mol madaniyatini hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish, bog‘cha va maktablar o‘quv dasturlariga ekologiya fanini alohida fan (mashg‘ulot) sifatida kiritish, tegishli oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida ekologiya huquqi, ekologik jurnalistika, tashqi ekologik faoliyat ixtisosliklarini tashkil etish, kabi saylovoldi dasturidagi muhim vazifalarga to’xtalib o'tdi.

SOG'LOM KELAJAK UCHUN OVOZ BERING!

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi
https://t.me/ecopartytoshkent

Toshkent shahar Kengashi

22 Oct, 06:18


#Saylov_2024
#Toshkent_shahri
#Bektemir_tumani

O'zbekiston Ekologik partiyasidan xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputatligiga 5-Zilola saylov okrugidan nomzod Tatyana Yugay “Zilola” MFY da saylovchilar bilan uchrashdi.

Unda nomzod tomonidan an’anaviy yo‘lovchi tashish poyezdlarini zamonaviy tezyurar poyezdlarga almashtirish va tashish uchun yo‘l haqi narxlarini maqbullashtirish, temir yo‘llarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, yuk tashishni yirik yuk mashinalaridan temir yo‘llarga va atrof-muhitga kamroq ta’sir ko‘rsatadigan boshqa transport turlariga o‘zgartirish, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga kiradigan (yuqori darajada xavfli) faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ekologiya solig‘ini joriy qilish kabi maqsadlarni ilgari surish haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

SOG'LOM KELAJAK UCHUN OVOZ BERING!

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi
https://t.me/ecopartytoshkent