Doniyor Nasriddinov

@doniyor_nasriddinov


Murojaat va takliflar uchun:
@NDR_adminbot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
https://taplink.cc/doniyor_nasriddinov

Doniyor Nasriddinov

23 Sep, 11:53


📣"VOLIDA KIDS" MTM
xususiy bolalar bog'chasiga o'z ishini sevuvchi TARBIYACHILARni ishga taklif qilamiz !!!

🖇 Talablar:

❇️ Bolajonlarni yaxshi ko'rish
❇️ Ishga mas'uliyat bilan yondashish
❇️ Bolalarga na'muna bo'la olish
❇️ Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash
❇️ Xush muomala va kirishimli bo'lishi
❇️ Bolalar psixologiyasini yaxshi bilish
❇️ Maktabgacha ta'lim sohasida kamida 2 yillik tajribasi bo'lishi shart
❇️ O'z ustida doimiy ishlovchi
❇️ Oliy ma'lumotli bo'lishi va til bilishi ustuvorlik beradi
❇️ 25-35 yoshdagi ayollar

📎Taklifimiz:

Ish haqqi- 4 mln so'mdan 8 mln so'mgacha
Qulay joylashuv- Shayxontohur tumani Oqtepa krugida (San'atkorlar chorraxasi)
Tushlik korxona hisobidan

Sizga yuqoridagi talablarimiz mos kelsa va jamoamizga qo'shilish istagingiz bo'lsa, havola orqali ro'yxatdan o'ting va biz siz bilan aloqaga chiqamiz!

🔗 https://forms.clickup.com/9008240922/f/8cexp8u-898/TP81K6NRRHSH8S54O7

Doniyor Nasriddinov

17 Sep, 07:43


🎉 Tabriklaymiz, Gulira'no!

Colba maktabining 10-sinf o'quvchisi Xakimova Gulira'no STEMCO olimpiadasida qatnashib, "chemistry" yo‘nalishida kumush medal sohibasiga aylandi! 🥈

Bu g'alaba Gulira'noning ilmga bo'lgan ishtiyoqi, oila a'zolarining qo'llab-quvvatlovi va ustozlarining mehnati natijasidir.

Colba maktabi jamoasi siz bilan faxrlanadi va bundan keyingi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilab qoladi! 👏

Sizning farzandingiz ham Gulira'no kabi o'quvchilar muhitida ta'lim olishini istasangiz, bizda faqatgina 6-sinflar uchun sanoqli joylar qoldi.

📞 Biz bilan bog‘lanish uchun: +998781137818

Doniyor Nasriddinov

17 Sep, 07:23


Ilm yo'lida yana bir g'alaba! 🏆

Colba maktabining 7-sinf o'quvchisi Abdulaziz Abdullayev STEMCO olimpiadasida ajoyib natija ko'rsatib, "science" yo'nalishida oltin medal sohibi bo'ldi! 🥇

📖 STEMCO (STEM Competition) - xalqaro olimpiada bo'lib, u o'quvchilarning STEM (Science, Technology, Engineering, and Mathematics - Fan, Texnologiya, Muhandislik va Matematika) yo'nalishidagi bilimlarini baholaydi.

Ushbu olimpiada o'quvchilarning muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash va ilmiy tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida o'tkaziladi.

Abdulazizga ilmiy izlanishlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🙌

Sizning farzandingiz ham Abdulaziz kabi o'quvchilar bilan birga o'qishini istasangiz, bizda faqatgina 6-sinflar uchun sanoqli joylar qoldi.

📞 Biz bilan bog‘lanish uchun: +998781137818

Doniyor Nasriddinov

06 Sep, 15:39


Tasavvur qiling

• Siz 1900-yilda tug‘ilgansiz. 14 yoshga to‘lganingizda Birinchi jahon urushi boshlanadi, 18 yoshingizda 22 million insonning o‘limiga guvoh bo‘lasiz.
• Ko‘p o‘tmay "Ispan grippi" deb nomlangan global pandemiyadan 50 million inson ko‘z yumadi. 20 yoshingizda pandemiyadan tirik chiqasiz.
• Siz Ikkinchi jahon urushi boshlanganda 39 yoshdasiz va 45 yoshga to‘lganingizda urush tugaydi. Hammasi bo‘lib 60 milliondan ortiq o‘lim bo‘ladi.
• 52 yoshingizda Koreya urushi boshlanadi.
• Vyetnam urushi 64 yoshingizda boshlanadi va 75 yoshingizda tugaydi.

1985-yilda tug‘ilgan inson buvisi va buvasi hayotning qanchalik qiyinligini bilmaydi, deb o‘ylaydi.

1995-yilda tug‘ilgan va bugungi kunda 25 yoshli yigit, Amazon buyurtmasi uch kundan ko‘proq vaqt o‘tgach kelmasa, Facebook yo Instagramda postidagi layklar soni 15 dan oshmasa, bu dunyoning oxiri deb o‘ylaydi.

Bugungi kunda ko‘pchiligimiz farovon hayot kechirmoqdamiz, uy o‘yin-kulgilarining turli manbalariga ega bo‘ldik va ko‘pincha bizda kerak bo‘lgandan ham ko‘proq narsalarimiz bor.

Ammo odamlar hamma narsadan shikoyat qiladilar. Bugun ko‘pchilikda elektr toki, telefon, oziq-ovqat, issiq suv va uy bor. Bularning hech biri oldin bo‘lmagan.

Ammo insoniyat bundan ham fojeali vaziyatlarni boshidan kechirdi va hayot quvonchini hech qachon yo‘qotmagan.

Shunchaki egoistlikdan voz kechish, shikoyat va yig‘lashni to‘xtatish vaqti kelmadimi?

Murat Azimov
Manba

Doniyor Nasriddinov

06 Sep, 06:31


🎓 Colba maktabida 100% grant va stipendiya olish imkoniyati!

Colba maktabi yangi o'quv yilida iqtidorli o'quvchilar uchun ajoyib grant va stipendiya tizimini taklif qiladi. Endi sizning farzandingiz 100% grant asosida tekinga ta'lim olish bilan birga 20% miqdorida stipendiyaga ham ega bo'lishi mumkin!

Grant olish shartlari:

🔹 Kimyo yoki biologiya fanidan milliy sertifikat olganlar uchun - 30% grant;

🔹 Ikkala fan bo'yicha milliy sertifikat olganlar uchun - 60% grant;

🔹 Qo'shimchasiga, IELTS yoki majburiy fanlardan milliy sertifikat olganlar uchun - 100% grant va 20% stipendiya.

Faqat, asosiy fanlar (kimyo, biologiya) dan sertifikat bo'lgandagina majburiy fanlar sertifikati amal qiladi.

Batafsil ma'lumot va grant tizimi haqidagi jadvalni ushbu post ostida qoldiramiz. 👇

📞 Tel: +998781137818

Doniyor Nasriddinov

03 Aug, 17:11


Colba maktabi ustozlari "Teledars" ko'rsatuvida

Colba maktabining kimyo fani ustozlari Ustoz Doniyor Nasriddinov boshchiligida "Renessans TV" telekanalining "Teledars" ko'rsatuviga mutaxassis sifatida tashrif buyurdilar.

🧪 Ko'rsatuv davomida ustozlarimiz o'quvchilarga tabiiy fanlarni sodda usulda o'rgatishga qaratilgan bir qancha tajribalarni namoyish etdilar.

📌 Ushbu teleko'rsatuv har juma kuni 16:20 da efirga uzatiladi.

Siz ham farzandingizni tabiiy fanlarni o'z sohasining haqiqiy mutaxassislaridan o'rganishini istasangiz, Colba maktabiga yangi o'quv yili uchun ro'yxatdan o'ting.

📞 +998781137818 | @Colba_manager

Doniyor Nasriddinov

30 Jul, 16:11


Colba maktabi umumiy qiymati 1 mlrd so'mlik Ta'lim granti e'lon qiladi!

⚡️Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan ilk xususiy maktab- Colba maktabi tabiiy fanlarga qiziqishi bor yigit-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida Grant e'lon qiladi.

Bundan ko'zlangan maqsad, jamiyatimizda iqtidori va qobiliyati yuqori bo'lgan o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, o'quvchilarni yuqori standartlarga muvofiq ta'lim olishga undashdan iborat.

🎉Unga ko'ra, Colba maktabida ayni paytda tahsil olayotgan va Colba maktabida o'qishni maqsad qilib qo'ygan yigit-qizlar Grant asosida o'qishlari mumkin bo'ladi.

Grant uchun nomzodlar maxsus ommaviy 2 bosqichli sinovdan o'tishlari kerak bo'ladi.

1- bosqichda o’quvchilar ma’lumotlarini ro’yxatdan o’tkazgandan so’ng, onlayn platforma orqali imtihon topshirishadi. 1-bosqichdan o’tgan o’quvchilar 2-bosqichda oflayn tarzda imtihon topshirib, suhbatdan o’tishadi.

🏆 Barcha sinovlardan o’tgan o’quvchilarning natijalariga qarab 10%, 20%, 25%, 40%, 50%, 60%, 75%, 80%, 90%, 100%lik grantlarni qo’lga kiritishlari mumkin.

(Colba maktabida ayni paytda tahsil olayotgan o'quvchilar ommaviy imtihonda qatnashmaydi. Grant uchun ulardan yakuniy imtihon natijasi bo'yicha ballari inobatga olinadi va shunga ichki tartibda grant taqdim etiladi.)

1-bosqichdagi imtihon matematika, ingliz tili, biologiya va kimyo fanlaridan tuzilgan test bo'yicha bo'lib o'tadi.

*Faqatgina 6-7-sinf o'quvchilari matematika va ingliz tilidan imtihon topshiradi.

📍Grant yutgan o'quvchilar uchun darslar oflayn formatda Toshkent shahridagi Colba maktabida bo'lib o'tadi.

🥳Siz ham bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Bu grantda taʼlim olishga loyiq ekanligingizni isbotlang va tibbiyot sohasi tomon qadam tashlang!

Colba grantida ishtirok etish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldirishingiz so'raladi👇

🔗Ariza to'ldirish uchun havola: https://bit.ly/3WHZFWu

Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 10-avgust sanasigacha davom etadi.

📞 Tel: +998781137818

Doniyor Nasriddinov

25 Jul, 08:58


Assalomu alaykum!

Bugungi kunda DTM imtihonida nazoratchilik qilgan Ustozning bildirgan iliq fikrlari meni juda quvontirdi. "Colba o'quvchilari o'zlarining odob-axloqi va bilim darajasi bilan barcha nazoratchilarni hayratda qoldirdi."

Har bir o'quvchimizga bilim va odob berishga intilamız. Colba ta'lim markazi sifatida, bizning asosiy maqsadimiz - shunday yuksak fazilatli yoshlarni tarbiyalashdir.

O'zining bilimi va odobi bilan atrofdagilarga namuna bo'layotgan, mehnatlarimiz mevasini o'zida aks ettirgan barcha o'quvchilarimizga alohida tashakkur aytaman. Siz, albatta, kelajak qahramonlarisiz!

Rahmat, aziz nazoratchi Onajon, bizga bildirgan iliq fikrlaringiz uchun, boshimiz ko'kka yetdi. Allohim farzandlaringizdan millatni yetaklaydigan olimlarni chiqarsin.

Hurmat va ehtirom ila,
@Doniyor_Nasriddinov

Doniyor Nasriddinov

18 Jul, 14:09


Colba jamoasiga qo'shilish uchun imkoniyat

Tabiiy fanlar sohasida 14 yillik tajribaga ega Colba jamoamizga malakali kimyo va biologiya ustozlarini taklif qilamiz!

Colba jamoasi siz uchun ushbu imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Raqobatdosh oylik;
- Samimiy va ahil jamoa;
• Tajribali ustozlar bilan hamkasb bo'lishingiz mumkin;
• Shaxsiy rivojlanishingiz uchun imkoniyat.

Agarda siz ham biz bilan bir maqsad yo'lida, ya'ni millat qahramonlarini tarbiyalashga xizmat qilishni xohlasangiz, izohda “Colba” so’zini yozib qoldiring.

Bog’lanish uchun: @Colba_HRM

Doniyor Nasriddinov

13 Jul, 00:09


Vaqting ketdi, naqding ketdi

Shubhasiz insondagi eng qimmatbaho narsalar — sog'lik hamda vaqtdir. Ammo hamma ham ularning qadriga yetmaydi.

🎯 Ushbu aktual mavzuda yoshlarga tajriba ulashish maqsadida "Colba" maktabi asoschisi Doniyor Nasriddinov bilan master-klass tashkil qilinmoqda.

📆 Qachon: 17-iyul, chorshanba, 10:30 da
📍 Manzil: «Najot Ta'lim», Xorazm filiali
🆓 Qatnashish: Bepul
🪙 Ishtirok uchun: 4 XP

🔗 Master-klassda qatnashish

Doniyor Nasriddinov

01 Jul, 12:38


📺 Yangilik! Colba maktabi ustozlari TVda!

Bizning 3 nafar ustozimiz 29-iyun kuni "Renessans TV" telekanalining "Teledars" ko'rsatuvida mehmon bo'ldilar. 🎉

🧪 Bu dasturda ustozlarimiz tabiat hodisalariga doir bir qancha qiziqarli tajribalar namoyish etib, kuzatuvchilarga jarayonlarni batafsil tushuntirdilar va tajribalar mohiyatini ochib berdilar.

Dastur davomida ko'plab foydali va qiziqarli ma'lumotlarni olishingiz mumkin.
Bu ajoyib tajribalar orqali ilm-fanga bo'lgan qiziqishni oshirish va yosh izlanuvchilarimizni rag'batlantirishni maqsad qilganmiz.

Dastur tez kunlarda efirga uzatiladi!

Telegram | Instagram | Youtube

Doniyor Nasriddinov

29 Jun, 00:11


Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Prezidentimiz shaxsan o'zlari Cambridge o'quv markazimizni va jamoamiz mehnatini e'tirof ettilar!

Bu Cambridge jamoasi va men uchun katta motivatsiya! O'ylaymanki loyihamiz sabab InShaaAllah millionlab yoshlar ilmli bo'lib hayotta o'z yo'llarini topishadi!

Biz aynan shu yo'lda mehnat qilib charchamaymiz, sababi insonlarga ilm ulashish bizning missiyamiz bir qismidir!

@jahongir_pulatov_blog

Doniyor Nasriddinov

16 Jun, 01:08


Qurbon Hayiti muborak bo'lsin!

🌙 Aziz yurtdoshlar, barchangizni Colba jamoasi nomidan saxovat va mehr-muruvvat ramzi bo'lgan Qurbon Hayiti bilan chin dildan tabriklaymiz.

🤲 Xonadonlaringizga iymon nurlari yog'ilsin. Ilm yo'lida qilayotgan mehnatlaringiz ortig'i bilan mukofotlansin. Barchangizga mustahkam iymon va oilangizga tinchlik, qut-baraka tilab qolamiz.

Ayyomingiz muborak bo'lsin!

Doniyor Nasriddinov

05 Jun, 11:51


Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Azizlar! Xabaringiz bor, biz uzoq kutilgan tabiatda ro’y beradigan voqea-hodisalarni mohiyatini ochib berishga qaratilgan tajribalarni sahifalarimizda ulashishni boshladik! 😊

Bu safar “zichlik” hayotimizda naqadar muhim ekanligi to’g’risida video ulashdik. Videomizga o’zingiz kirib baho berarsiz! Barchangizdan qo’llab-quvvatlov kutib qolamiz!

Ilmni tarqatishda o’z hissangizni qo’shasiz degan umiddamiz!

Instagram: https://www.instagram.com/reel/C71TFPetp-k/?igsh=MTE0MnBmbXBsaXJtbQ==

@Doniyor_Nasriddinov

Doniyor Nasriddinov

20 May, 11:38


Maktabga tayyorlov kurslariga qabul boshlandi!

Colba maktabida o'quvchilarni 2024-2025-o'quv yili qabul imtihoniga tayyorlash uchun maktabga tayyorlov kurslari ochilmoqda!

🔥 Ushbu kurs shifokor bo'lishni maqsad qilgan, tabiiy fanlar sohasiga qiziqqan va imtihonga avvaldan tayyorgarlik ko'rishni istagan 6-7-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

📚 Kurs davomida kimyo, biologiya va matematika kabi asosiy fanlardan kerakli bilimlar berib boriladi va kursni muvaffaqiyatli tugatganlar qabul imtihonidan o'tishlari oson bo'ladi.

P.S. Tayyorlov kursini tugatgan o'quvchilarning aksariyati hozir maktabimizda o'qimoqda.

Kelajak sari ilk qadamni biz bilan tashlang. Batafsil ma'lumot olish va kursga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi raqamga bog'laning:

📞 +998781137818

Telegram | Instagram | Youtube

Doniyor Nasriddinov

19 May, 13:34


"Biz doim orzu qilganmiz: Qani endi faqat tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktab bo'lsa-yu, bu maktabda hamma ilm-fanga, insonlarni davolashga, ixtirolar qilishga qiziqsa..." - Doniyor Nasriddinov

Har bir loyiha tashkil topayotganda o'z oldiga turli xil maqsad va missiyalar qo'yadi. Loyihaning qanchalik rivojlanib muvaffaqiyatga erishishi uning oliy maqsadi va qadriyatlariga chambarchas bog'liq.

Bugun sizlar bilan Colba tarixiga nazar tashlaymiz. Colba bir loyiha o’laroq, 14 yildan beri faoliyat yuritib kelar ekan, shu vaqtgacha qanday yo’llarni bosib o’tgani, ta’lim yo’lida boshdan kechirgan qiyinchiliklari haqida gaplashamiz.

Bundan tashqari, Colba maktabi nima uchun aynan tabiiy fanlarga ixtisoslashgani, maktabimiz missiyasi va oliy maqsadlari haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Bularning barchasi haqida Colba loyihasi asoschilari - Ustoz Doniyor Nasriddinov va Jahongir Nasriddinovlar hikoya qilib berdilar.

Videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

👉 Video: https://youtu.be/uIn1KamUaxk