Abu Bakr Fozilov

@phaziloff


tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tahdid…

Tirikchilik.uz/phaziloff

Abu Bakr Fozilov

21 Oct, 19:07


Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov o‘zbekchada yaxshi gapirarkan.

P.S: Anaqqisa, til bayramimiz uchun nimadir yoqimli gap aytay, dedim-da)

Abu Bakr Fozilov

10 Oct, 16:44


Xuddi hayotimizda hammasi joyidadek, yetmaganiga futbolam ko‘ramiz, onasini emsin)

Abu Bakr Fozilov

04 Oct, 13:30


Sevaman deyilmaydi, yuborgan videolariga layk bosib qo‘yiladi

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

02 Oct, 03:14


Salom hammaga

Mening ismim Bekzod va men 24 yoshdaman. Hozirgi kunda Stand up bilan shug’ullanaman. Va o’zimning birinchi konsertimni syomka qilmoqchiman.

Konsert nomi GAPIR va nega GAPIR ekanligiga konsertda to’xtalamiz.

Agar sizda imkoniyat bo’lsa mana shu postni o’zingizni telegram kanalizda reklama qilib bering va menda ozroq obunachilar soni oshsin. Va sizni bu yordamingizni hech qachon esdan chiqarmayman

Chiptalar:
https://t.me/sahnastandup_bot?start=66fa88ff3f9db_uz

Abu Bakr Fozilov

01 Oct, 06:28


Bir oy davomida muntazam kontrast dush qilib kelganimning foydasini bugun issiq suv o‘chganda sezdim

Abu Bakr Fozilov

30 Sep, 19:25


“Indinga kim bor-kim yo‘q, ertadan qoldirmay bajarib qo‘yishim kerak”

Abu Bakr Fozilov

30 Sep, 03:01


10 yillik e’tiqodimga qarshi borib, Telegramimni “last seen recently”ga o‘tkazdim bugun)

Abu Bakr Fozilov

15 Sep, 10:39


Molbazar

Abu Bakr Fozilov

12 Sep, 12:12


здарова, ждули
со мной все в порядке, настроение бодрое, не переживайте
третьи сутки пошли, книг начитаюсь, стану умнее

Abu Bakr Fozilov

10 Sep, 18:02


Bratni qamab qo‘yishibdi

Yaqinda Rossiyaga qaytib, mamlakat bo‘ylab tur konsertlarini boshlagan Dimitriy Gavrilovni 8-sentyabr kuni Nijniy Novgoroddagi konserti oldidan hibsga olishibdi. Sud qaroriga ko‘ra, “mobilizatsiya paytida Gruziyaga ketib qolgan va u yerdagi chiqishlarida rusofobiya ruhidagi hazillar aytgan” stendap komikka “aybiga iqrorligi, afsusdaligi va pozitsiyasini qat’iy o‘zgartirganligini inobatga olib” 13 kunlik qamoq jazosi tayinlanibdi va barcha konsertlari bekor qilinibdi.

Shaxsan o‘zim Dima Gavrilovning muhlisiman. U haqida yozish orqali boshqalargayam tanishtirish fikri doim bo‘lgan manda. Lekin erinardim. Ana endi ayni vaqti!

Aka mani nigohimda ortiqcha haypga berilmagan, o‘z prinsiplari, fikri, obro’si va to‘lqiniga ega inson va yumorist. Birinchi konsertini “Stiv Jobsning Stenford bitiruvchilari qarshisidagi nutqi” deb nomlagani va bu haqida bittayam hazil aytmagani Dimaning qanchalik “прикольный парень”ligini ifodalaydi. Masalan, montajda videoning rangi yoqmagani uchun butun boshli konsertni oq-qora rangda bosvorgan Youtube’ga! Ikkinchi konsertining nomi — “Stendapokalipsis”. Ikkala konsertini ham bir nafasda ko‘rib chiqish qiyin emas! Youtube kanaliga o‘tib ko‘ringlar. “Dima Gavrilov o‘ylayapti” degan bir o‘zi qatnashadigan podkasti bor. Telegram kanali nomi “Dima Gavrilov yozyapti”)

Yuqoridagi sifatlar uning o‘ziga xos odamligini anglash va muhlislik qilish uchun yetarli, manimcha!

Bratning ta’qibga uchrashi katta yo‘qotishni ifodalaydi. Ya’ni, endilikda rus stendaperlari nafaqat isyonkor ruhdagi hazillar (shunaqa hazil qilganlar allaqachon xorijiy agent deb e’lon qilingan va mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘lgan), balki shunchaki tinchlik so‘rash ohangidagi fikrlari uchun ham qamalib ketishlari mumkin! Bu haqda ko‘plab “tashqaridagi komiklar” ham yozishyapti. Mamlakat ichidagi komiklar uchun esa har doimgidek jim qolishni “ma’qul ko‘rishmoqda”.

Xulosa yo‘q, shunchaki stendaperlik yurak xuruji va qamoq o‘rtasidagi dordan ehtiyot bo‘lib yurish kerak bo‘lgan qaltis soha ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik! Gavrilovga esa tezroq ozodlikka chiqishini tilab qolardim!

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

08 Sep, 18:40


Yaxshilab kuzatsam, manda har yilning birinchi 4 oyi muhim rejalar tuzish, keyingi 4 oyi ta’tilga chiqqandek issiqdan nolib yotish va soʻnggi 4 oyi muhim rejalarni keyingi yilga qoldirish haqidagj bahonalar oʻylab topish bilan oʻtarkan…

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

06 Sep, 17:47


Muyassar boʻldik tushishga

Abu Bakr Fozilov

02 Sep, 21:12


Million’ni konserti oldingilariga nisbatan ancha yaxshiroq chiqibdi

Abu Bakr Fozilov

23 Aug, 19:53


Choʻntak oʻylab topilishidan avval odamlar qoʻllarini ortiqcha his qilishmaganmi?

Abu Bakr Fozilov

13 Aug, 20:07


“Odamlarga qiziqman” deb o‘ylaysizmi? Adashayotgan bo‘lsangiz-chi?

Abu Bakr Fozilov

08 Aug, 21:08


Bir kunda ikkita oltin! Kontraktga kirgan o‘g‘ildek xursandman)

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

05 Aug, 20:04


Uzumni hech qachon toza yuvolmasligimiz nahotki bezovta qilmaydi sizlarni?

Abu Bakr Fozilov

02 Aug, 16:22


“Tragediya”

…va yakunda rostanam ular aqlli, faqat san nodon boʻlib chiqsang-chi…

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

01 Aug, 15:16


Barchasiga bittada a'zo bo'lish uchun esa ushbu havola ustiga bosing.