Dengizga ketamiz...

@dengizgaketamiz


Ba'zan qayergadir ketging kelsa, yaxshisi yur, Dengizga ketamiz...

https://instagram.com/dengizgaketamiz?igshid=jml6vomdfksv

📮 Aloqa: @dengizga_ketamiz_bot

Dengizga ketamiz...

29 Sep, 06:26


To’ygunimcha bo’sa olib,
Bahra qo’shay bahringizga...

Oshiq Erkin


@dengizgaketamiz

Dengizga ketamiz...

25 Sep, 05:44


So‘ngsiz uzoq xayolga botib,
O‘ylamoqlik men uchun mahol.
Yana xayol suvida qalqib
Telbalardek yurmoqlik na hol.

Sen uchun men yashirdim yolg‘iz
Ajoyib keng o‘tli muhabbat.
Ey, dilrabo, baxtli go‘zal qiz
Ko‘ngil, yurak bizgadir faqat.

Yuragimdan chiqguvchi sazo
Qog‘ozimda tebranib ketdi.
Olmoq bo‘lgan nafasim hatto
Qalbim ichra bo‘linib ketdi.

Kechir meni, kechirgin do‘stim,
Ezma gapga bo‘lding xo‘b xunob.
Oh, eslarsan, eslamoq uchun
Kamlik qilmas senga shu kitob.


Rauf Parfi

🆔----> @dengizgaketamiz

Dengizga ketamiz...

10 Sep, 06:22


Hayot ertalab maktabga bormasa boʻladigan bir necha yillik pauzalardan iborat ekan.

Mirshakar

t.me/dengizgaketamiz

Dengizga ketamiz...

05 Sep, 13:00


Учрашувга янги курткам йўқ эди. Укамникини кийиб чиққандим.

Тўйдан кейин хотин:
- Ҳалиги курткез кўринмади?
- А, эски кийимларимни укамга бервордим🙄

📌 Ramush

t.me/dengizgaketamiz

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:23


Eng go’zal she’r matematikadir, yer yuzida shu paytgacha ”ikki kara ikki to’rt bo’ladi” dan go’zalroq bir jumla yozilmagan deb o’ylayman.

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:23


Xalqimni sevmaganimdan bu xalqning o’zgarishini istayman, xalqimni sevsam nima uchun uning o’zgarishini istashim kerak

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:23


Ishning qiyinini qil, har doim o’zingni qiyinlarda sina, mushkullarni bajara olmasangda, mushkullarda sinalib, qulaylarni qila olasan.

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:22


Tamballarning ish kuni doim ertaga.

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:22


Yupunning birgina quroli mehnatdir.

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:22


Inson, inson kabi, insonday hur bo’lishni bilmasa, hur bo’la olmasa, unda u o’zini qashqirlarday, qushlarday ozodman deb hisoblaydi.

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:22


Eskisi bo’lmaganning yangisi ham bo’lmaydi.

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:22


Tor yerdan chiqqanlar keng joylarga sig’ishmaydi.

Dengizga ketamiz...

14 Aug, 10:22


Aziz Nesin

Dengizga ketamiz...

13 Aug, 06:49


Senda ayb yo’q, bilaman,
ketmoqchi emasding qoshimdan.
Seni avrab olib ketdi yo’l,
laganbardor yo’l.

Faxriyor


🆔----> @dengizgaketamiz

Dengizga ketamiz...

13 Aug, 06:49


Siz uni ko’klarga ko’tarmang buncha,
nima ham qilasiz gunohga botib.
Sabri chidamayin uchguncha,
Istashib parvozni,
uchaman, do-od, deb
Zaminga qaytolmay yurganlar ozmi?

Faxriyor

🆔----> @dengizgaketamiz

Dengizga ketamiz...

13 Aug, 06:48


Bahor hech narsani esdan chiqarmas.
Har safar gul qo’yar
har bir qabr poyiga.

Faxriyor

🆔----> @dengizgaketamiz

Dengizga ketamiz...

06 Aug, 05:27


Bandada qusur bo‘ladi, Xudoyim hammani bir yomon fe’l bilan siylagan. Deydilarki, insonning fe’li qismatini belgilaydi. Fe’l bu – imtihondir, asli.

📘 Xurshid Abdurashid: Dardisar