DANGASA TADBIRKOR

@dangasa_tadbirkor


Dangasa inson ham ko’p narsaga erisha olishini shu blogda ko’rsatib beramiz

Avtor: Ibrohimjon Eminov

SMARTLIFE - O’zbekistondagi eng yirik Apple dokonlar tarmog’i asoschisi
(Hozircha 9ta filial)

Franshiza haqida batafsil👇
http://smartlife2024.tilda.ws/

DANGASA TADBIRKOR

21 Oct, 19:51


Chat GPT tayyorladi:

Mana, Smartlifening 10 yil keyingi holati haqida batafsil rasm. Bu kelajakdagi ultra-zamonaviy do’kon to’liq avtomatlashtirilgan tizimlar va sun’iy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko’rsatish bilan jihozlangan. Binoning dizayni zamonaviy arxitekturaga ega, shaffof oynalar va metall yuzalar bilan bezatilgan. Rasmda uchuvchi dronlar orqali yetkazib berish, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi robotlar va avtonom elektr transport vositalari ko‘rsatilgan. Shuningdek, mijozlar holografik mahsulot ekranlari bilan moslamalar orqali o’zaro aloqada bo‘lishadi.

Bu tasvir texnologiyalar bilan to‘liq uyg‘unlashgan kelajak shahrini aks ettiradi.

DANGASA TADBIRKOR

12 Oct, 06:57


Va nihoyat 10-filialimiz Navoiyda🎉

Ertaga 13-oktyabr 17:00 da ochilish marosimiga barchangizni taklif qilamiz

Manzil - https://t.me/smartlife_lokatsya

DANGASA TADBIRKOR

22 Sep, 15:37


Biz qilgan ishlarni doim takrorlashgan!

171.000 odam telegram kanalga olib kirildi!

Bu sxemani endi hamma ishlatsa kerak.

Eng muhimi Hech kim o’ylamagan paytda harakat qilib bozor qaymog’ini olish!

Hamma faqat chempionni eslab qoladi!

DANGASA TADBIRKOR

21 Sep, 21:57


Telegram kanalimiz 56.000 obunchidan 1kunda 124.000 obunchiga ko’paydi

150.000tagacha olib chiqmochimiz

Endi asosiy ish qoldi “Monetizatsya”

DANGASA TADBIRKOR

19 Sep, 16:23


iPhone 16 Max Butun dunyo bo’ylab ertaga sotuvga chiqadi

SMARTLIFEDA ESA HOZIRDAN SOTUVDA⚡️

Limited❗️

DANGASA TADBIRKOR

18 Sep, 13:31


Bir vaqtni o’zida juda ko’p insondan bir xil fikrni eshitish bu signalmi?

Smartlife mediasida ko’rinish bermay qo’yganimga 1yildan oshdi.

Qaytmoqchiman. Lekin qanday ? Qaysi pozitsyada? Qanday yangilik bilan bunisi jumboq!

DANGASA TADBIRKOR

17 Sep, 17:16


Navoiydagi dokon ochilishi haqida bosh qotiryapmiz.

Nima qilsakki Hamma kelgisi kelsin ochilishga?

Nima qilsak Do’konga kelganlar narsa olishni xohlaydi?

Nima qilsak Navoiy filianing instagram sahifaga obuna bo’lishadi?

Nima qilsak Hamma kelganlar hursand bo’lib ketishadi?

Shu kabi zadachalarni yechishimiz kerak!

DANGASA TADBIRKOR

15 Sep, 19:15


Yelkamdan tog’ ag’darilgandek bo’ldi.

Va nihoyat Gentra egasini aniqladik. Oltiariqlik Samandar ismli yigitga nasib qildi.

Niyyatimiz Smartlife mijozlarini hursand qilish edi. Bugün kelgan mehmonlar ko’zida quvonchni ko’rib o’zimni juda baxtli his qildim.

Biznes sherigim Ilhom akani bir gapi kompanya missiyasini topishga yordam bergan: “Bu dargohdan Hech kim norozi bo’lib ketmasligi kerak”

Shu gapdan ilhomlanib missiyamizni “Insonlarga quvonch ulashamiz” deb belgilaganmiz

Qolgan 8ta ishtrokchiga ham 2,5mln so’mlik vaucher va esdalik sovg’alarini topshirdik. Shuncha yo’l bosib kelishdi quruq qaytishlarini istamadik😊

Tadbirga kelganlar o’rtasida ham konkurslar o’tkazib sovg’alar ulashdik.

Bugungi kun xursandchilik bilan o’tdi🤩 Alhamdulillah

DANGASA TADBIRKOR

15 Sep, 09:03


Kimgadir aza
Kimgadir maza

Har ishda hikmat bor!

DANGASA TADBIRKOR

13 Sep, 11:42


Va nihoyat 10-filial Navoiyda

Tez kunda ochilish marosimi

Batafsil shu profilda

https://www.instagram.com/smartlife_navoiy?igsh=cWY3cmNyczB4eGp3

DANGASA TADBIRKOR

10 Sep, 14:12


Bolalik, biznesning kattalashishi, oila, shaxmat

Juda ko’p savollarga javob berilgan podkast Youtubega joylandi.

Humoyun Sobirov Youtube Kanalida tomosha qilishingiz mumkin 👇

https://youtu.be/ApIalCjBarc?si=YeIFX6JmCXbos4J9

DANGASA TADBIRKOR

10 Sep, 07:46


Klublar biznesmenga nima foyda beradi?

Agar sizning maqsadingizga o’xshash maqsadli odamlar bilan bir klubga yeg’ila olsangiz:

▫️Qiyinchiliklar osonlashadi
▫️Oson yechimlar topiladi
▫️Sizni qo’llab-quvvatlashadi
▫️Sizga ishonishadi
▫️Charchagan paytiz ham harakatlanishga undashadi
▫️O’z natijalari bilan motivatsya berishadi
▫️Fokusingiz chalg’iganda yo’lingizga qaytarib qo’yishadi v.h.k

4 Yildan beri “Oqibat99” klubida va 3 oydan beri “Quant” klubida yurib shuni his qildimki:

“Atrofingizdagi kuchli odamlar sizni faqat kuchliroq qiladi”

DANGASA TADBIRKOR

05 Sep, 01:33


MediaLiganing 2-turi Youtubega joylandi

IELTS mutaxasisi Bekzod aka bilan bahslashdik

https://youtu.be/xsKpVrRJYJE?si=OsQKFXv3vd45LAXO

DANGASA TADBIRKOR

04 Sep, 08:41


Marketing - Hozirgi zamonning eng kuchli qurollaridan biri!

Uni yaxshilikka ishlatadiganlar soni 10% desak 90%i g’arazli yo’llarda foydalaniladi.

Odamlarni zamonaviy qullik girdobiga tortadigan narsa ham shu

Insonlikdan chiqarib yuboradigan darajadagi propogondalar ustida ham kuchli marketologlar turadi!

Tuzoqqa tushib umrni behuda sarflamaslik uchun ham marketingni tushunishimiz kerak!

DANGASA TADBIRKOR

02 Sep, 21:38


QASOS OLING!

- Bo’xton, Tuxmat qiladiganlar
- Ko’ra olmaydiganlar
- G’iybat qiladiganlar
- Sizni yaqinlaringiz bilan o’rtangizga nizo solishga urinadiganlar
- Yuzingizga jilmayib ortingizdan xiyonat qiladiganlar

Bir so’z bilan aytganda HASADGO’Y laringiz bo’lsa shunday qasos oling.

Sohangizda shunday muvaffaqqiyatga erishingki o’zlarini butun umr siz bilan solishtirishda davom etaverishsin.

Siz esa ularga e’tibor bermay cho’qqilarni zabt etavering.

Hasadgoylardan qasos olish - ularni o’z hollariga qo’yib yo’limizda davom etishda.

Ularga vaqt hayf, ular o’z ichini o’zi yeydi!

DANGASA TADBIRKOR

01 Sep, 14:01


2turli odamlar mavjud Farosatli va Farosatsiz

Ba’zida Farosatsiz odamlar farosat egalarini befarosatlikda ayblashadi.

Farosatli odamlar esa hech qachon hech kimni ayblamaydilar.

Sababi Farosat bu yaqin kelajakda bo’lishi mumkin o’zgarishlarni anglagan holda harakatlanishdir.

Inson o’zgarishi uchun esa lahzalar kifoya. Chunki qalblar Alloh iznida.

Xulosam shuki:
1. Insonlarni ayblash va yomon ko’rish befoyda va zararli odat!
2. Farosat yuqadigan ilm. Atrofimizni farosatli odamlarga boyitishimiz farosat ilmining yo’li.

DANGASA TADBIRKOR

01 Sep, 03:44


Sherikchilik yaxshimi yoki yakka biznes qilish?

Ikkalasining ham o’ziga yarasha plus va minuslari bor.

Ikkalasini ham sinab ko’rish kerak. Qaysi birida o’zingizni yaxshi his qilsangiz o’sha siz uchun afzal.

Biznesda eng muximi ko’p pul topish emas. Osha davr ichida o’zingizni hotirjam va baxtiyor his qilishingizda.

DANGASA TADBIRKOR

31 Aug, 14:24


Shaxmat bo’yicha MediaLigada qatnashganimni aytgandim

1-o’yinni Youtubega joylashibdi. ISOM TV bilan juda murosasiz o’yin bo’ldi

https://youtu.be/o07dxexaJPs?si=fO8qv4d4uSfPKGmF

DANGASA TADBIRKOR

29 Aug, 16:44


Safar qilmagan zafar qilmaydi.