BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

@booklovercouple


📚 Kitoblar dunyosi bizni birlashtirdi



-Bizga murojaat @booklovercouplee_bot

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

20 Oct, 06:08


Talaba - Tara Westover

Navbatdagi mutolaani ham boshlab yubordik. Ko'rib turganingizdek keyingi kitob ham @asaxiybooks nashriyoti tomonidan nashr qilingan asar hisoblanadi.

Asar o'zing yozilish uslubi va real voqealarga asoslanib yozilganligi bilan ajralib turadi.

Muallif hayotida boshidan kechirgan sinovlarni aniq va tiniq yoritib bergan. Bilim olish yo'lidagi kurash, oiladagi qarshi muhit, din, zamonaviy olamga qarshi zo'ravonlik - barchasi shu asarda mujassamlashgan.

@booklovercuple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

19 Oct, 15:29


Little Prince: My rose 🌹She is just a common rose? But she told me she was the only one of her kind in the whole universe.

Fox : But she is not a common rose. She is your rose. It’s the time you devoted to her that makes your rose so important.

Little Prince: She is my Rose.

Instagram sahifamizga o'tib new reels ga ❤️ bosib kelamiz.
http://Instagram.com/book.lovercouple

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

16 Oct, 16:41


#Review

Kichkina shahzoda - Antuan de Sent - Ekzyuperi


Uzoq kutilgan review va nihoyat yozilmoqda... Bu asarni oldin mutolaa qilganim , kanalni ochishga sabab bo'lgani haqida bu yerda yozib o'tgandik.

Toʻgʻri oldin o'qigandirman ammo u paytda bolalarcha his qilganman go'yo... Bu safar menda boshqa o'ylar, o'zga taassurotlar qoldirdi.

Asar bir qarashda bolalar uchun yozilgandek go'yo. Ammo u kattalar uchun .Sababi kattalar ham qachonlardir qalbi orzularga toʻla bolakay bo'lgan. O'z orzulari va maqsadlariga erishish yo'lida koʻplab yo'llarni bosib o'tgan. Muallif buni Kichkina shahzoda sayyoralararo qilgan sayohati misolida tasvirlagan. Yaʼniki o'sha sayyoralarda koʻplab insonlar bilan uchrashdi. Bu xuddi hayotimiz davomida koʻplab yo'llarni bosib o'tishimiz , son-sanoqsiz insonlar bilan muloqot qilishimizdek go'yo.

Zamonaviy madaniyatda “Kichkina shahzoda” ko‘p davlatlarning o‘rta ta’limida qabul qilingan. Yaponiyada esa hatto syujet qahramoni uchun muzey qurilgan.

Yozuvchi asarda bosh qahramonlardan biriga aylanadi. U hikoyachi bo‘lish bilan bir qatorda asardagi uchuvchi hamdir.
Muallif kichkina doʻsti bilan cho'ldagi sarguzashtlari davomida koʻplab ajoyib xodisalarga guvoh boʻladi.Shu bilan birga kichkina doʻstidan koʻplab saboqlar oladi.

Asarni har bir yoshdagi inson o'qib chiqishi kerak. Sabab uni o'qish bilan yuragingizda mitti yulduz porlaydi. Hayotga beg'ubor bolalardek boqishni boshlaysiz. Qalbingizdagi muzliklar eriy boshlaydi.Albatta o'qib chiqing.

Asardagi ajoyib satrlarni Instagram sahifamizda ulashib boramiz.
Shu yerda ko'rishingiz mumkin.

Kitobni @asaxiybooks kitob do'konidan topishingiz mumkin.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

15 Oct, 07:06


Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Osiyo vakiliga berildi!

2024 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Ganga berildi. Bu haqda bugun, 10 oktyabr kuni Shvetsiya akademiyasi a’zolarining qarori e’lon qilindi.

Xan Gan 1970 yilda Kvanju shahrida tug‘ilgan. Uning go‘sht iste’mol qilishni to‘xtatishga qaror qilgan ayol haqida yozilgan “Vegetarian” romani 2016 yilda “Man Booker” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.

"Vegetarian" romani – bu ruhning og‘riqli metamorfozalari haqida tashvishli kitob. Asar qahramoni Yonxe dahshatli tushlar ko‘radi. Fikrini tozalash uchun u go‘shtdan butunlay voz kechadi. O‘zgarish g‘alati voqealar zanjirini keltirib chiqaradi.

Bu kitob nafaqat vegetarianizm, balki tashqarida ham, ichkarida ham zo‘ravonlikdan xalos bo‘lishni istagan ayolning kurashi haqida.

Xan Ganning yana bir “Inson harakatlari” romani talabalar tartibsizliklari avjida vafot etgan 15 yoshli bolaning hikoyasidir. Uning o‘limi yaqinlari taqdirida o‘chmas iz qoldirdi. Ushbu kitob o‘sha falokatning oqibatlarini hujjatlashtirishning bir usuli: o‘lik jasadni tashish bilan bog‘liq muammolardan tortib, og‘riq va g‘azabni bostirishga urinishlargacha.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti miqdori 11 million shved kronasini (taxminan 970 ming yevroga teng) tashkil etadi.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

15 Oct, 04:54


"Jinoyat va Jazo" romani asosida film suratga olinganligidan albatta xabar topgan bo'lsangiz kerak.

Bosh rol ijrochisi albatta - Ivan Yankovskiy. Ha, o'sha biz bilgan "Вова Адидас" film premyerasi 26 - oktyabrda bo'lib o'tadi
.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

14 Oct, 14:29


2-qism.

5. Empatiya va tushunishni oshirish: O'qish orqali boshqalar hayotini, his-tuyg'ularini va tajribalarini tushunish imkoniyatiga ega bo'lasiz, bu esa empatiya hissini oshiradi.

6. O'z-o'zini rivojlantirish: O'z-o'zini rivojlantirish va motivatsiya beruvchi kitoblar insonlarni o'z maqsadlariga erishishga undaydi.

7. Qiziqarli va zavqli vaqt o'tkazish: Kitob o'qish ko'plab insonlar uchun qiziqarli va zavqli faoliyatdir. Har bir sahifa yangi sarguzasht va kashfiyotlarni taqdim etadi.

8. Tarix va madaniyatni o'rganish: Tarixiy va madaniy kitoblar orqali o'z xalqingiz va boshqa xalqlarning tarixini, urf-odatlarini o'rganishingiz mumkin.

9. Fikrlarni shakllantirish: Kitoblar orqali turli fikrlar va nuqtai nazarlarni o'rganish, o'z fikrlaringizni shakllantirishga yordam beradi.

10. Ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish: Kitoblar haqida suhbatlashish va o'z fikrlaringizni baham ko'rish orqali yangi do'stlar orttirishingiz mumkin.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

14 Oct, 14:28


Nima uchun kitob o'qish kerak?

Kitob o'qishning bir qancha sabablari bor, va har bir inson uchun bu sabablar turlicha bo'lishi mumkin. Quyida kitob o'qishning ba'zi asosiy sabablarini keltiramiz.

1. Bilim olish: Kitoblar yangi bilim va ma'lumotlarni o'rganish uchun ajoyib manba hisoblanadi. Ular turli mavzularni, tarixni, fanlarni va boshqalarni o'z ichiga oladi.

2. Tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish: O'qish tasavvurni kengaytiradi va ijodiy fikrlashni rag'batlantiradi. Yangi dunyolar va xarakterlar orqali o'z tasavvuringizni rivojlantirishingiz mumkin.

3. Stressni kamaytirish: Kitob o'qish ko'plab insonlar uchun dam olish va stressni kamaytirish usuli hisoblanadi. O'qish orqali boshqa bir dunyoga kirib, kundalik tashvishlardan qochishingiz mumkin.

4. Til va kommunikatsiya ko'nikmalarini yaxshilash: Kitoblar orqali yangi so'zlar, iboralar va til qoidalarini o'rganish mumkin, bu esa yozish va gapirish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

12 Oct, 14:50


Kichkina shahzoda 🤴🌠

Asarni maktab davrida ba'zi bir qismlarni o'qib yoqtirib qolganim esimda...

Kanalni ochishimizga ham aynan shu asar sababchi bo'lgan. Undagi olam-olam maʼno beruvchi jumlalarni boshqalarga ham ulashgim kelgandi.

Bahorda "Kichkina shahzodaning" yangi nashri haqida eshitgandim. Qisqa fursatda @asaxiybooks nashriyotida sotuvga chiqarildi. Ko'rib turganingizdek asar qo'limizda asarni bir o'tirishda o'qib qoʻydik. Ammo oxirgi qismi tugallanmadi. Kitobxonlarda o'zi shunaqa odat bor "Yaxshi ko'rgan asaringizni tugatgingiz kemaydi" .Erta - indin asar uchun #fullreview kuting.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

12 Oct, 08:52


Biz Berlindamiz 🇩🇪

Faoliyatimiz yangi muhitga, yangi hayotga ko'nikgunimizcha ancha vaqt to'xtab qoldi. Bir boshlagandigu yana orada to'xtatdik. Buning uchun hammadan uzr so'raymiz va yana bizni qo'llaysiz degan umid ila sizlar bilan yana

"Kitob sevuvchi juftlik
"

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

01 Sep, 04:37


🇺🇿 Qadrli kitobxonlar, aziz yurtdoshlar! 🇺🇿

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 🇺🇿yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Bu damda yurtimizga tinchlik omonlik tilagan holda, mustaqil vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shishda kuch quvvat tilaymiz. Bayram muborak bo‘lsin.

Ona diyorimizning erkinligi bardavom bo‘lsin, hayotimiz esa ma’naviyat va bilim bilan boyib borsin.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

11 Aug, 07:54


#Review

Shukur Xolmirzayev - O'n sakkizga kirmagan kim bor


Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub boʻlgan ushbu “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor?” asari qissa janrida, 1964-yilda yozilgan. Ushbu asar oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida yozilgan oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Qissa yigirma besh yoshli yozuvchiga oʻzbek kitobxonlari orasida katta shuhrat keltirgan.

Ushbu mashhur sevgi qissasi 20 asr kitobxonlarini ko'nglidan chuqur joy olgan. Shuningdek haligacha zamonamiz kitobsevarlari miriqib mutolaa qilmoqda.

Asarda bosh qahramon tushunchasi turlicha. Asar boshida bir qarashda bosh qahramon Jamshid degan qarorga kelasiz. Ammo qissa o'rtasiga kelib asosiy qahramon Umida ekanligiga amin bo'ldim.

Asarda uchlik (Jamshid, Tilov va Umida ) o'rtasidagi muhabbat tasvirlangan. Qahramonlarimiz (aka- ukalar) bir qizga ko'ngil berishadi.
Ammo Jamshid sevgisini tan olmay keyinchalik afsus chekadi. Tilov sevgisiga erishdi . Lekin uning sevgilisi (xotinining ) ko'ngli Jamshidda edi. Umida Jamishda achchiq qilib o'zi va Tilov hayotini barbod qiladi. Keyinchalik afsus chekadi. Ammo vaqt o'tib ketgandi.

O'smirlik davri har bir inson hayotidagi eng yorqin, suronli, jo'shqin davr hisoblanadi. Sevgi, ayriliq, hissiyotlarga berishilish.... hamma - hammasi...

O'smirlik yoshidagi har bir inson ushbu asarni o'qib o'ziga xulosa qilishi kerak deb o'ylayman. Zero asar unga hayotida yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatolarga to'siq vazifasini oʻtaydi.

Yoqimli mutolaa!

@booklovercouple