Bo’lajak marketolog

@bolajak_marketer


Kanal muallifi: Shohrux, texnomart marketing menejeri.

Aloqa uchun: @saydshokh

Bo’lajak marketolog

12 Aug, 06:04


💸 Bitta yangi mijozni jalb qilish uchun qancha pul sarflayapsiz?

Bu savolga CAC (Customer Acquisition Cost) metrikasi yordamida javob topish mumkin.

CAC bu nima?

Kompaniya bir yangi mijozni jalb qilish uchun qancha xarajat qilayotganini ko'rsatadigan metrikadir.

Nima uchun kerak?

Marketing kanallarining samaradorligini baholash, byudjetni optimallashtirish va marketing xarajatlarini nazorat qilishga yordam beradi.

Misol

Agar Facebook reklamasiga $10 sarflanib, 10 ta mijoz jalb qilingan bo‘lsa, va bloger reklamasi uchun $20 sarflanib, faqat 2 ta mijoz jalb qilingan bo‘lsa, CAC birinchi kanalning samaraliroq ekanini ko‘rsatadi. Bu byudjetni qayta taqsimlash va natijalarni yaxshilash imkonini beradi.

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

29 Jul, 06:29


Assalomu alaykum!

Hurmatli _______________________

Sizni aziz kompaniyalaringiz texnomart 16 yoshga to'lganligi munosabati bilan yoziladigan 70% gacha chegirma dasturxonimizga taklif etamiz!

Hurmat bilan, texnomart, marketing bo’limi.

Manzil: barcha texnomart do'konlari
Sana: 1-11-avgustgacha

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

30 May, 10:00


🫨 Xaridorlaringizga yetkazmoqchi bo’lgan xabaringizni adaptatsiya qilishga alohida e’tibor bering.

Tasavvur qiling, bir reklama kampaniyasini yaratdingiz. Asosiy xabarlarni tayyorlab, endi turli xil reklama kanallarida e’lon bermoqchisiz. «Copy paste» qilib hamma joyda bitta gap, bitta rasm yoki video joylanadimi?

Albatta, yo’q. Tajribadan kelib chiqib bemalol aytishim mumkin: har bir kanalingizni konversiyasi balandroq bo’lishi uchun xabaringizni adaptatsiya qilishingiz kerak.

Masalan,

LED monitorlarda odamlar ko’ra oladigan darajada ovozsiz ro’lik. Qoraqalpoq telegram kanallarida Qoraqalpoq tilida post. SMS’larda qisqa matn, etibor torta oladigan. Saytda maqola yozmoqchi bo’lsangiz, kalit so’zlardan foydalangan holda (google tizimida yuqori o’rinlarda chiqish uchun) va hokazo.

Har bir kanalning o'z auditoriyasi va o'ziga xos xususiyatlari borligini unutmasligimiz kerak. Baland ROI barchamizga nasib qilsin!

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

25 May, 09:15


Kim mani qidiryapti ekan deb xayron qolibman. O’zimiz yozgan sms’ga o’zim tutildim.

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

26 Apr, 09:51


texnomart’da esa 006 missiyasini boshladik!

(Bilmaganlar bo’lsa, texnomart marketing bo’limida ishlayman)

Biz har bir inson eng yaxshisiga loyiq ekanligiga ishonamiz, shuning uchun "0-0-6" missiyasini e’lon qilamiz. Bu faqat raqamlar emas, bu yaxshi imkoniyat.

Barcha texnika:

0 - Ustamasiz
0 - Oldindan to’lovsiz
6 - Oylik muddatga.

Ya’ni, agar noutbuk naqdga 3 300 000 so’m bo’lsa, siz 3 300 000 so’mni 6 oy davomida to’laysiz. Xullaskalom, o’z narxida buyursin!

Agentlik: 605 Agency
Production: Convert Production

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

26 Apr, 07:45


Bo’lajak degustatorlar deb nomlaymizni kanalni? 🤑

Yaponamama degustator izlayapti. 3000$ oylik.

Majburiyatlar haqida qisqacha: Yaponamama’dan ovqat buyurtma qilish yoki restoranga borish. Barcha taomlarni tatib ko’rib hisobot tayyorlash.

Vakansiyaga havola: https://hh.uz/vacancy/97911324?from=share_ios

Kuniga nechta dona sushi degustatsiya qilib berardinglar?

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

07 Mar, 10:08


Tashqi reklama ishlaydimi va bunga shaxsiy ma'lumotingizning qanday aloqasi bor?

Ko'chada ketayotib, Yandex reklamasini bannerda ko'rib qoldim. "Qiziq" - dedim. "Texnologik kompaniya, hamma mahsulotlari onlaynda, internet orqali ishlaydi. Nega ular oflaynda, bo'lib ham traditsional bo'lgan bannerda reklama qilyapti?".

Shu savollar bilan bannerni rasmga oldim. Soat 12:54 edi. Bir qancha vaqt o'tib, aniqrog'i yarim soatdan keyin Facebookka kirdim. Soat 13:33. Lentamda Yandex reklamasi chiqib kelyapti. 🤔

Hayolimda aralash fikrlar - "wooooow, ko'chada reklamasini ko'rishim bilan menga onlaynda retargeting qilyaptimi, qanday qilib? To'xta! Nima? Shunda xatto shaxsiy fotoalbomim ham maxfiy emasmi? 🤯Tushunmadim". Haqiqatdan tushunish va aqlga sig'dirish qiyin.

Bu holatga menda ikkita javobim bor:

1) Ha, facebook, instagram kabi ilovalar shaxsiy albomimizni ham kuzata oladi. Bunga o'zimiz ruxsat berganmiz.

Demak, reklama texnologiyalari shunchalik rivojlanib ketdiki, hozirgina suratga olgan narsamni nimaligini aniqlay oladi va uning reklamasini menga onlaynda ko'rsatadi. Buni kompaniyangiz reklamasini yuritishda inobatga oling.

2) Bu holat tasodif bo'lishi ham mumkin. Ya'ni o'zi avval ham onlaynda Yandex reklamasi menga chiqqan, ammo men e'tibor bermagandirman, balki. Endi bugun ko'chada ko'rganim uchun, internetda ham payqay boshladim. Bo'lishi mumkin.

Ikki holatda ham, menda umumiy xulosa paydo bo'lyapti:

Oflayn reklama, xususan bannerlar bugungi kunda ishlaydimi? Ko'pchilikni qiziqtiradigan, baxsli savol.

Qisqa javob: ha! Masalan buning ishlashini yandex kabi to'liq texnologik kompaniya ko'ryapti va amalda qo'llayapti. Bugungi hodisa esa yuqoridagi javobni qo'llab-quvvatlaydi.

Texnologiyalar shunchalik rivojlanganmi yoki avval e'tibor bermagan onlayn reklamaga endi e'tibor berishni boshladimmi - ikkala holatda ham oflayn reklama ish berypati. Xulosa shu.

Qo'llang va Filip Kotlerni hayratda qoldiring ;)

Bo’lajak marketolog

01 Feb, 09:07


Marketingga kooooo’p pul tikilgani hamma sizni reklamangizni eslab qoladi degani emas 🤯

Okkam Creative hisobotiga ko'ra, media kanallariga ko’p investitsiya qilsangiz ham, оdamlar boshqa reklamani eslab qoladi (kamroq pul sarflagan kompaniya bo’lsa ham), yaʼni yirik media investitsiyalari har doim ham siz yaratgan rolik esda qoladi degani emas.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, qilayotgan reklamamizga ijodkorlik bilan ongli yondashsak, ROI’ni oshirishimiz mumkin, shuningdek marketing byudjetimizni ham tejab qolamiz. Aksincha - yomon ijodkorlik marketingga investitsiyalarni ko'paytiradi.

Tadqiqotga ko’ra, diqqatni tetiklashtiruvchi omillarni 10 ta asosiy guruhga bo'lish mumkin. Ulardan eng ommaboplari: suratga olish sifati, ranglar palitrasi, dizayn, animatsiya mavjudligi va boshqa atributlarni o'z ichiga olgan "Vizual va estetik jozibadorlik" bo'lib chiqdi.

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

02 Jan, 06:39


Ish stolimizni tark etaylik

Qiziq kuzatuv

Ustozlarimdan biri xodimlar «в теме» bo’lishi uchun doimiy ravishda do’konlarimizga yuboradi. Biroq, endi ishga kelgan xodimlar nega bunday qilinishini tushunmasdan, yuqoridan qarab «ofisda ishlashga kelganman» deydi. O’zimiz ham bazida ishlar bilan ovora bo’lib, «jang maydoni» ga oylab chiqmay qoyamiz.

Aslida esa, aynan maydonga chiqish orqaligina biz mahsulot va uning foydalanuvchilarga ta'sirini chinakam tushunishimiz mumkin. Siz o’zingiz yaratayotgan produktga bo’lgan his-tuyg'ularni ko'rasiz, sharhlarni eshitasiz. Hech qanday tahlil shaxsiy ta'sir o'rnini bosa olmaydi.

Shuning uchun ish stolimizni tark etishdan va mahsulot bilan tanishishdan qo'rqmasligimiz kerak ekan.

@bolajak_marketolog

Bo’lajak marketolog

23 Nov, 06:44


Samsung o'z smartfonlarini vakolatli hamkorlardan sotib olishga chaqiruvchi videoni taqdim etdi.

Nega? O'sha-o'sha smartfonlar bozorda arzonroqku?

Bu kompaniyaning xaridorlarining ishonchini mustahkamlash va ularning manfaatlarini himoya qilish strategiyasi. Biz, mijozlarga nima foyda?

"Seriy", ya'ni norasmiy smartfon olmasdan, texnomart kabi do'konga bemalol kirib, haqiqiy 1 yillik kafolatga esa smartfonni xarid qilib, xotirjamlikda ishlata olamiz. Ubu narsa bo'lsa, bemalol servisga murojaat qilamiz bepulga tuzatib olamiz.

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

22 Nov, 16:31


Marketolog bilish kerak bo'lgan “Sotib olishning 5 ta bosqichlari”.

Kecha o'tkazgan tadqiqotimizga asoslansak, deyarli 50% obunachilar bilmas ekan.

Shunday ekan, keling, xaridlar olamining parda orqasiga nazar tashlaylik va bu nima uchun marketologlar uchun muhimligi haqida gaplashamiz! 🌐

1️⃣ Mulohaza va izlanish:

Ushbu bosqichda iste'molchi o'ziga savol beradi: "Menga nima kerak?". Marketologlar qaysi so'rovlar faolligini o'rganadilar va shu daqiqalar atrofida o'z strategiyalarini quradilar.

2️⃣ Taqqoslash va baholash:

Iste'molchi variantlarni taqqoslaydi, sharhlarni o'rganadi va tanlov qiladi.
Marketologlar raqobatchilarni kuzatib boradilar, kontentni optimallashtiradilar va jozibali takliflar yaratadilar.

3️⃣ Sotib olish to'g'risida qaror:

Ushbu bosqichda ma'lum bir mahsulot yoki xizmat foydasiga yakuniy qaror qabul qilinadi.
Marketologlar ushbu qarorga ishontirish kampaniyalari va noyob mahsulot xususiyatlarini ta'kidlash orqali ta'sir qiladi.

4️⃣ Xarid qilish:

Bu erda xaridor oxirgi qadamni qo'yadi va bitimni yakunlaydi.
Marketologlar ushbu bosqichni qulay tajriba yaratish, sotib olish jarayonini optimallashtirish va rag'batlantirish orqali boshqaradi.

5️⃣ Sotishdan keyingi xizmat va sodiqlik:

Marketologlar sotib olishdan keyin haqiqiy sarguzasht boshlanishini bilishadi. Sotishdan keyingi mukammal xizmat va mijozlarga xizmat ko'rsatish sodiqlikni yaratadi. Ushbu bosqich kelajakdagi marketing strategiyalari uchun qimmatli ma'lumotlarni ham beradi.

Xarid qilish bosqichlarini bilish maqsadli kampaniyalarni yaratishga, kontentni auditoriya ehtiyojlariga moslashtirishga va marketing harakatlari samaradorligini oshirishga yordam beradi.

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

13 Oct, 17:58


Elektr energiya tariflari oshdi. LED monitorlar bozorida qanday holat?

Avvalroq, 15 sentabrda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yuridik shaxslarga energiya resurslar uchun tariflar oshirilgan edi.

Narxlar oshirilgani tufayli, hozir barcha LED kompaniyalar narxlarni boshqatdan ko’rib chiqmoqda, va 10-20-30%, bazi joylarda 50% gacha narxlar osishi kuzatilmoqda.

LED monitorga joylaydigan hamkasblarimiz uchun maslahat, hozir yil ohiriga kerakli monitorlarga shartnoma tuzib qo’ygan yaxshi. Birinchidan, yangi yilga LED larga talab ortib boradi va joy qolmasligi mumkin. Ikkinchidan, siz eski narxnomada olib qolishingiz mumkin.

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

30 Sep, 06:39


Savdoni 28%ga oshirgan marketing keysni ko'rib chiqamiz!

2014-yilda Under Armour sport kiyimlari brendi ayollar kolleksiyasini targ‘ib qilish maqsadida “I will what I want” kampaniyasini boshladi.

🚨 Muammo. 2013-yilda ayollar kiyimlari savdosi kompaniyaning umumiy daromadidan 17 foizini tashkil qilgan. Ayollar ushbu kompaniyani juda agressiv, faqat natijaga yo’naltirilgan, yani biz uchun emas deb hisoblashar edi.

Vazifa. Kompaniya pozitsiyasini o'zgartirish - birinchi o'rin uchun raqobatdan shaxsiy yutuqlarga e'tibor qaratishgacha. Reklama kampaniyasining g'oyasi shundan iborat ediki, ayollarga kim bo'lishlari va nima qilishlari kerakligi aytilgan madaniyatda o'zlarini ozod qilishning yagona yo'li - muvaffaqiyat to’g’risida shaxsiy tasavvurni shakllantirishdir.

💡 Yechim: Under Armour Amerika balet teatri balerinasi, boshida «Tanang to’g’ri kelmaydi» degan gaplarni eshitgan, Misty Copeland haqida rolik oldi. Har xil gaplarga qaramasdan, Amerika balet teatrining birinchi afro-amerikalik bosh raqqosasiga aylangan.

Rolikni havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=rtX91YGaBXw

📈 Kompaniya vakillarining so'zlariga ko'ra, brend onlayn tarzda 5 milliard marta eslatib o’tilgan va ayollar kolleksiyasi sotuvi 28 foizga oshgan.

@bolajak_marketer — Marketing Keyslar sarlavhasi

Bo’lajak marketolog

25 Sep, 16:23


2013 yilda British Airways kompaniyasidan Kanada va Qo'shma Shtatlarda yashovchi hindistonlik muhojirlarga qaratilgan «Oyijoningni ko’rib kel» reklama kampaniyasini boshladi.

🚨 Muammo. 2012 yilda British Airways'da, asosiy daromadni tashkil qiluvchi Shimoliy Amerikadan uchuvreyslar soni tushib ketgan.

🔎 Tadqiqotlar. Kompaniya bir qancha mamlakatlarni o‘rgana boshladi. Biroq, etiborini bozor salohiyati 2 milliardga teng bo'lgan Hindistonga qaratdi.

Keyin Hindistonliklar orasida o’tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, British Airways Shimoliy Amerika va Hindiston o'rtasida parvoz qilishning asosiy sababi — ota-onalar bilan uchrashish ekanligini bilib oldi.

💡 Yechim. Yo'lovchilarga boshqa aviakompaniyalarga o'xshab yaxshiroq tushlik va'da qilmasdan, balki parvozni ona bilan uchrashish usuli sifatida taqdim etdi. Shu maqsadda British Airways aviakompaniyasi o‘g‘lini uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan ona haqida besh daqiqalik film yaratdi.

📈 Natijalar. Reklama kampaniyasi natijasida British Airways Shimoliy Amerika va Hindiston o'rtasidagi bozor ulushini 2012 yildagi 7,1 foizdan 2013 yilda 10,4 foizgacha oshirdi.

Filmni havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=WPcfJuk1t8s

@bolajak_marketer — Marketing Keyslar sarlavhasi

Bo’lajak marketolog

25 Sep, 15:52


Kanalimizda yangi sarlavha - «MARKETING KEYSLAR»

Marketing qanday ishlashini yaxshiroq bilib olish uchun, yangi go’yalar paydo bo’lishi uchun ko’proq keyslar tomosha qilish kerak deb 605 agentlikni asoschisi, Otabek Sharapov ustozim aytkanlar edi. Shunday ekan, «Keyslar» sarlavhasini elon qilamiz!

*KEYS - bu bajarilgan ishlar bo'yicha hisobot. Quruq hisobot emas, albatta. Keysda vazifalar, taklif qilingan yechim, ish bosqichlari, to'siqlar va natijalar tasvirlangan bo’lishi kerak.

Tez orada «Oyijoningni ko’rib kel» degan birinchi keysni o’rganib chiqamiz.

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

21 Sep, 09:40


Hammamizni yakuniy mahsulotimiz bor!

Endi batafsilroq. Qiymatli yakuniy mahsulot - bu xodim, bo’lim yoki kompaniya faoliyatining natijasidir. Yani, katta kompaniya bo’lsa, uning ichidagi barcha bo’limlarning va bo’limdagi xodimlarning yakuniy mahsuloti bor.

Misollarda ko’rib chiqsak:

Savdo bo'limining QYM (qiymatlik yakuniy mahsulot) - sotuvlarni amalga oshirish;
Marketing bo'limining QYM - sotuvlar bo'limiga lidlar olib kelish;
HR bo’limining QYM - ishlashga tayyor xodimlar;
Yuridik bo'limning QYM - bu qonuniy himoyalangan kompaniya.

Nima uchun qiymatli deyiladi?

Chunki kompaniya aynan kerak bo’lgan yakuniy mahsulotga pul to'lashga tayyor.

Barcha bo’limlar qiymatli yakuniy mahsulot chiqarsagina kompaniyaning maqsadiga erisha oladi. Agar bir bo’lim yakuniy mahsulotini chiqara olmasa, butun kompaniya azob chekadi. Shunday gaplar :))

Sizning qiymatli yakuniy mahsulotingiz nima? Izohlarda qoldiring 👇

@bolajak_marketer

Bo’lajak marketolog

11 Aug, 14:15


Sir emas, har bir kompaniya rivoji ortida insonlar turadi. Jamoa, hamkorlar va albatta, xaridorlar!

Bu yili texnomart 15 yoshga to'ldi. Buning eng katta sababchisi esa - xaridorlarimiz. Shuning uchun barcha xaridorlarga rahmat deymiz 🧡

Ayrim xaridorlarimizning iliq hikoyalarini video tasvirga oldik va rasmiy sahifalarimizda joylab boramiz. Tomosha qiling :))

@bolajak_marketer