BFAUZ

@bfauz


Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

LEARN, CHANGE, BE THE LEADER!

Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma

www.bfa.uz

BFAUZ

21 Oct, 14:53


✍️ 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Akademiya rektori Elmurod Hoshimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari – Halima Ahmedova va Nargiza Asadova so‘zga chiqib, o‘zbek tilining qadr-qimmati, uning davlat tili sifatidagi ahamiyati haqida gapirib o‘tdilar. Til – davlat timsoli, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligini alohida qayd etdilar.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Akademiya axborot-resurs markaziga yangi nashr etilgan kitoblar taqdim qilindi.

Estrada xonandasi Behruz Tohirov ijrosidagi Vatanni madh etuvchi va dillarga bayramona kayfiyat ulashuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirning yanada ko‘tarinki o‘tishini ta’minladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in