Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

@jurakulova_blog


• Respublika “Qizlar ovozi” klubi rahbari @qizlarovozi_uz
• “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sohibasi
• BMT Yoshlar Maslahat Kengashi vakili 🇺🇳
• Xotin-qizlarni ta’limga yo’naltiruvchi loyiha muallifi @kelajakqizlari_uz
🔗 @marjona_jurakulova

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

21 Oct, 19:04


Agar biror kiyimni tanlasangiz va Sizga bu kiyim yoqmasa, kiymasligingiz, kimgadir berib yuborishingiz mumkin. Biror yegulik buyurtma qilsangiz va bu yegulik ham sizga yoqmasa, shunchaki, chetga surib quyishingiz mumkin, lekin, hayotda Siz bilan biiiiiiiiiiir umr birga bo‘ladigan insonni tanlayotganingizda, Sizga bir marta va bir umrlik tanlov imkoni beriladi 😅 Eng asosiy hayot-mamot tanlovi!

Mening bir martalik va bir umrlik tanlovim, suyangan tog‘im, har qanday vaziyatda yagona ishona oladigan insonim bugun yana +1 👴🏻 ga qadam quydi. Ilohim, uzoq yillar 👴🏻👵🏻 bo’lib yuraylik)

❤️ Yaratgan Sizni men uchun tanlaganiga ming shukr, hayotimizning har bir sahifasini faqat va faqat baxt bilan bezaylik hayotim!

Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

21 Oct, 11:01


500 ta grantdan bittasi aynan sizni kutmoqda!

IT Park, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “MAAB” akademiyasi hamkorlikda  500 o’rinlik grant dasturini e’lon qiladi.

O’zbekistonda BI mutaxasislari o’rtacha oylik maoshi $1500-$3000 AQSH dollari, chet davlatlarda esa $5000 dan $7000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu sohada ishlash uchun sizdan faqatgina notebook va internet talab qilinadi.

Grant shartlari:

1-bosqich: Ingiliz tili va mantiqiy fikrlashdan test;
2-bosqich: 2 haftalik mustaqil ish;
3-bosqich: Ish beruvchi korxonalar bilan suhbat bo’lib o’tadi, talabgorlar oldindan o’z ish joylarini band qilishadi.

Grant dasturi o’quvchilari uchun imkoniyatlar:

- 50%dan 70%gacha grant evaziga Microsoft korxonasi bilan hamkorlikda ochilgan akademiyada o’qish.
- Barcha bosqichlardan mufaqqiyatli o’tganlarga jami 500 ta notebook IT Park tarafidan BEPUL beriladi.
- Oldindan IT Park tarafidan ish bilan ta’minlanadi.

📬 Ro’yhatdan o’tish: https://bit.ly/4f8LaB9

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

20 Oct, 14:47


Ingliz tilida Speaking ni yorvoradigan yigit va qizlarga audio recording proyekti bor. $30 olasiz proyekt uchun. Taxminan, 2.5 soatlik audio yozib berasiz va 30$ olasiz. WhatsApp orqali Fatimaga +92 315 5026768 audio xabar yozing;

"Hey there Fatima, my name is ___ and I am from Uzbekistan. I would like to participate in the audio recording project and this is a sample of my English speaking. Let me know if it suits your client and we can work together"

#talabauchunish #soqqanibos

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

20 Oct, 05:10


🎬 Korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘z hissangizni qo‘shishga tayyormisiz?

🏆Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMTTD korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida qisqa metrajli filmlar uchun ssenariylar tanlovi uchun ijodkorlarni izlamoqda!

🔑 Tanlovning asosiy takliflari:

• Ssenariy bo‘yicha mutaxassislardan mahurat darslarida qatnashish.
• G‘oliblar uchun o‘z ssenariylari asosida qisqa metrajli filmlar yaratish uchun grantlar.

👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin:
Jurnalistlar, blogerlar, ssenariy mualliflikka intiluvchi shaxslar, kino san’atiga qiziquvchi va korrupsiyaga qarshi kurashishga hissa qo‘shishni xohlovchilar.

📋 Ishtirok etish tartibi:
1. Tanlovning Konsepsiyasi va Nizomi bilan tanishib chiqish;
2. O‘z haqidagi ma’lumotlarni va ssenariyning qisqacha tavsifini (300 so‘zgacha) va zarur hujjatlarni ilova qilgan holda onlayn-arizani to‘ldirish.

📅 Arizalar 2024-yilning 23-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil: https://go.undp.org/oAU

📺📱📱 @jurakulova_blog

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

18 Oct, 18:32


Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿 pinned « Nomli davlat stipendiyasi, “Yil talabasi” ko’rik-tanlovlariga tayyorlovchi 2 kunlik vebinar 18-19 noyabr kuni. 🟢Vebinar davomida barcha hujjatlar namunalari beriladi va birgalikda tayyorlanadi. Yopiq guruhga 10 kishi qabul qilinadi. 🟢Ishtirok etish narxi…»

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

18 Oct, 18:32


2 soat tinimsiz @kelajakqizlari_uz da gapirib dars o’tib, ertangi vebinarimga infolar va pptni tayyorlab, tongda tg kanalimga yuklash uchun postni tahrirlab bo’ldim!

Endi uxlagani ketdim! Mana shu gapni kuchi bilan chala qoldirmay ishlarimni deb, hammasini bajardim-da! Manda o’qishidan avval, o’quvchilarim mani yaxshi ko’radi, darslarimdan keyin sevadi 🫠

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

17 Oct, 17:40


😅 Mani sevadigan dugoshlarimda mana shunday imkoniyat bo’lsa, bormi? Chuchvarani xom sanabsizlar)

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

16 Oct, 05:56


Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿 pinned « Nomli davlat stipendiyasi, “Yil talabasi” ko’rik-tanlovlariga tayyorlovchi 2 kunlik vebinar 18-19 noyabr kuni. 🟢Vebinar davomida barcha hujjatlar namunalari beriladi va birgalikda tayyorlanadi. Yopiq guruhga 10 kishi qabul qilinadi. 🟢Ishtirok etish narxi…»

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

15 Oct, 21:53


Nomli davlat stipendiyasi, “Yil talabasi” ko’rik-tanlovlariga tayyorlovchi 2 kunlik vebinar 18-19 noyabr kuni.

🟢Vebinar davomida barcha hujjatlar namunalari beriladi va birgalikda tayyorlanadi. Yopiq guruhga 10 kishi qabul qilinadi.

🟢Ishtirok etish narxi 99.000 ming, qabul uchun @marjona_jurakulova “stipendiya” so’zini yozib qoldiring!

#tongniimkoniyatbilanboshla

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

15 Oct, 02:28


Xalqaro universitetlarga hujjat topshirish uchun qanday hujjatlar kerak?

CV? Insho? Diplom/Transcript? Yana nima?!

Batafsil ular haqida
bu yerdan bilib olasiz)

📱📱📺@jurakulova_blog

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

14 Oct, 18:13


2024-yil. Talabalik yillarimning yakuni, oliygohimda yoshlar yetakchisi sifatidagi oxirgi yilim. Har yangi o’quv yilida, yangi “lider” larni kashf etish imkoni beriladi. Endi bittasini yo’lga solib, tilingni tushunadigan qilganingda, u bilan xayrlashasan va boshqa biriga imkon berasan!

❤️‍🩹 Eski bolalar qalbimda, 2023-yilgi jamoam zo’r edi, 2024-yilgi bolalarimga ham borimni beraman, o’rgataman 🙏🏻 Ishonchim, komil ular ham uddalaydi!

#hayotingnitahlilqil

Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿

14 Oct, 18:09


🙋‍♂️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar kengashi hamda fakultet yoshlar yetakchilari a'zolari bilan tanishing:

📎Institut Yoshlar yetakchisi:
Jo‘raqulova Marjona Sadriddin qizi

📎 Intellektual loyihalar yo‘nalishi koordinatori:
Lutfullayeva Dilsoʻz Jamshid qizi

📎 “Besh tashabbus” loyihalari yo‘nalishi koordinatori:
Toshpoʻlotova Marjona Nuriddin qizi

📎Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori:
Abdishukurov Parviz Shuhrat oʻgʻli

📎Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori:
Bozorova Sevinch Shonazar qizi

📎“Yoshlar daftari” va metsenatlik loyihalari koordinatori:
Yoqubov Xayrullo Nurillo oʻgʻli

📎 Talaba-qizlar koordinatori:
Toshtemirova Nodira Shokir qizi

Fakultet Yoshlar yetakchilari:

📎Tillar fakulteti koordinatori:
Soatov Alisher Iskandar o’g’li

📎 Pedagogika fakulteti koordinatori:
Usmonova Shahina Xudoynazar qizi

📎 Ijtimoiy fanlar fakulteti koordinatori:
Abdullayeva Dilovar Sobirovna

📱🕊📱Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | You tube