Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

@andijonvssb


Andijon VSSB

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

22 Oct, 08:41


Daxshatli yong'indan omon chiqqan Osiyoxon hikoyasi...

Live TV telekanalida yangi loyiha "Umid G'unchasi" hech kim e'tibordan chetda qolishi kerak emas!
Osiyoxonning bir kunini biroz boshqacharoq o'tkazishga harakat qildik!

To'liq video YouTubeda:

https://youtu.be/wvShOjEJKdU

Batafsil:
Live Tv

Obuna boʻling➡️
https://t.me/LiveTv_uz

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 21:30


7 KUN | TIBBIY KO'RIK. PAXTAOBOD TUMANI

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 21:30


ANDIJON AXBOROTI |TIBBIYOT HODIMLARI O'RTASIDA SHAXMAT MUSOBAQASI.

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 21:27


Andijon viloyati hokimi tabrigi
••••••••••••••
Shuhratbek Abdurahmonov “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrik yo’lladi.

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 21:27


"Яшил макон" лойиҳаси доирасида йил охиригача ва келгуси йилда бажарилиши лозим бўлган вазифалар белгилаб берилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 21:27


Президент: Она тилимизга эътибор кўрсатиш – миллий мустақиллигимизга, Ватанимизга меҳр ва эътибор кўрсатиш демакдир

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 21:27


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 12:13


#OITS_markazi
Andijon viloyat OITSga qarshi kurash markazi xodimlari tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga atalgan chellenji

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 11:35


Бахтли оналик саодатига етишиш йўлида.
Андижон туман тиббиёт бирлашмаси Марказий поликлиникаси.
@andijonvssb

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 03:33


📄 "ONA TILIM"

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

✍️ Muhammad Yusuf .
@andijonvssb

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 03:21


“BOLALAR XIRURGIYASI, ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

Andijon davlat tibbiyot institutida “Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda Rossiya, AQSH, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belorussiya, Tojikiston kabi davlatlardan olimlar hamda respublikamiz viloyatlaridan kelgan soha mutaxassislari, Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, klinik ordinatorlar, yuqori bosqich talabalari onlayn va oflayn (gibrid) tarzda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. A.Xudayarov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Plenar kengash davomida 11 ta ma’ruza tinglanib, unda “Bolalarda umumiy o‘t yo‘llarining kistoz transformatsiyalarida tashxislash va davolashga kompleks yondashuv”, “Bolalar anesteziologiyasida zamonaviy ingalyatsion anestetiklar”, “Bolalarda qorin aortasining kompression stenozi”, “Rejali bolalar jarrohligida laporoskopik tashrixlar” kabi mavzularda taqdimotlar olib borildi.

Shundan so‘ng, konferensiya 3 ta seksiyaga bo‘lingan holda davom etdi. 1-seksiyada “Anesteziologiya va reanimatologiya, rekonstruktiv-plastik xirurgiya, yuz-jag‘ xirurgiyasi, kardioxirurgiya” mavzularida 25 ta ma’ruza, 2-seksiyada “Uroginekologiya, Koloproktologiya” mavzularida 21 ta ma’ruza hamda 3-seksiyada “Torako-abdominal jarrohlik” mavzularida 27 ta ma’ruzalar olib borildi.
@andijonvssb

Андижон вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси

21 Oct, 03:21


@andijonvssb

2,338

subscribers

44,334

photos

4,119

videos